Валюта UZS
  • USD

    12 320.3417.18

  • EUR

    14 614.39106.5

  • RUB

    159.36-0.4

+13C

+13C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Суратлар сўзлаганда...
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+13c

  • Hozir

    +13 C

  • 16:00

    +12 C

  • 17:00

    +11 C

  • 18:00

    +10 C

  • 19:00

    +10 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +9 C

  • 22:00

    +9 C

  • 23:00

    +9 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 10-February

+13C

  • Hozir

    +13 C

  • 16:00

    +12 C

  • 17:00

    +11 C

  • 18:00

    +10 C

  • 19:00

    +10 C

  • 20:00

    +10 C

  • 21:00

    +9 C

  • 22:00

    +9 C

  • 23:00

    +9 C

  • Seshanba, 10

    +13 +20

  • Chorshanba, 11

    +5 +20

  • Payshanba, 12

    +6 +20

  • Juma, 13

    +9 +20

  • Shanba, 14

    +12 +20

  • Yakshanba, 15

    +17 +20

  • Dushanba, 16

    +13 +20

  • Seshanba, 17

    +14 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mehnat ta'tilini pulli kompensatsiyaga almashtirish bilan bog'liq 4 muhim savolga javob

Bugungi kunda mehnat munosabatlarida xodimlar eng ko'p qiziqadigan masalalardan biri — mehnat ta'tilini pulli kompensatsiyaga almashtirish tartibidir.
Jamiyat
19 17:30 | 10.02.2026 17:30

Ayrim holatlarda ish beruvchi yoki xodim tashabbusi bilan ta'tildan foydalanmasdan, uning o'rniga pul to'lanishi mumkin. Biroq bu amaliyot barcha holatlarda ham qonuniy emas va aniq shartlar asosida amalga oshiriladi. Mazkur masala yuzasidan kelib tushayotgan savollarga aniq va huquqiy javob berish maqsadida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi yetakchi maslahatchisi Nargiza Sharipova ishonch.uz nashriga tushuntirish berdi.


– Har yilgi mehnat ta'tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish tartibi qanday?


– Xodimlar uchun har yilgi mehnat ta'tilining eng kam davomiyligi 21 kalendar' kun etib belgilangan. Xodimning xohishiga ko'ra, mehnat davrida mehnat ta'tilining mazkur eng kam davomiyligidan tashqari qismi pulli kompensatsiyaga almashtirilishi mumkin.


Mehnat qonunchiligida ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning mehnat vazifasi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, uzaytirilgan mehnat ta'tillari berilishi belgilangan. Masalan, pedagog xodimlar uchun har yilgi uzaytirilgan mehnat ta'tilining davomiyligi 56 kalendar' kunni tashkil etadi. Mazkur holatda pedagoglar har yilgi ta'tilining 21 kalendar' qismidan asl holicha foydalanib, qolgan 35 kalendar' qismini ish beruvchi bilan kelishgan holatda pulli kompensatsiya bilan almashtirishlari mumkin.


– Qanday ta'tillarni pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkin emas?


– Mehnat qonunchiligida har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillarini pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkinligi belgilangan. Biroq, ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan har yilgi uzaytirilgan mehnat ta'tillarini mehnat davrida pulli kompensatsiya bilan almashtirishda cheklovlar mavjud. Masalan, o'n sakkiz yoshga to'lmagan, I va II guruh nogironligi bor shaxslar uchun 30 kalendar' kundan iborat uzaytirilgan mehnat ta'tili beriladi. Ular ta'tilning 21 kalendar' kun qismidan foydalanib, qolgan 9 kalendar' kun qismini pulli kompensatsiyaga almashtirishga haqli emas. Ular mazkur ta'tildan asl holicha foydalanishlari lozim.


Shuningdek, noqulay mehnat sharoitlari hamda noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlovchi xodimlar uchun ham mehnat sharoitlarining zararlilik darajasidan kelib chiqib qo'shimcha ta'tillar beriladi. Mazkur ta'tillarni ham mehnat davrida pulli kompensatsiyaga almashtirish mumkin emas.


Bundan tashqari, mehnat qonunchiligida belgilangan ijtimiy ta'tillar, masalan, homiladorlik va tug'ish, bola parvarishlash, ijodiy va o'quv ta'tillarini ham pulli kompensatsiyaga almashtirib bo'lmaydi.


– Xodim 5 yil davomida ta'tilga chiqmasdan ishlagan. Ishdan bo'shayotganda foydalanilmagan ta'tillari uchun pulli kompensatsiya olishi mumkinmi?


– Aslida xodimga bir ish yili davomida har yilgi mehnat ta'tilini berish ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Agar ish beruvchi tomonidan bir ish yili davomida xodimga har yilgi ta'tili berilmasa, bu ish beruvchini ma'muriy javobgarlikka tortilishiga ham sabab bo'lishi mumkin. Biroq, ushbu holatda ham xodimning foydalanilmagan mehnat ta'tillari “kuyib ketmaydi”. Mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda, shartnomani bekor qilish asosidan qat'i nazar, ish beruvchi xodim bilan hisob-kitob qilishi hamda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillari uchun pulli kompensatsiya to'lab berishi lozim.


Yuqorida 18 yoshga to'lmagan, I va II guruh nogironligi bor xodimlar uchun beriladigan uzaytirilgan mehnat ta'tillari, noqulay mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlaridagi xodimlar uchun beriladigan qo'shimcha ta'tillardan mehnat davrida asl holicha foydalanilishi mumkinligi keltirib o'tildi. Lekin mazkur ta'tillarni faqatgina mehnat davrida pulli kompensatsiya bilan almashtirib bo'lmaydi. Agar xodim ushbu ta'tillaridan mehnat davrida foydalanmagan taqdirda, mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda ish beruvchi tomonidan, mazkur ta'tillar uchun, albatta, pulli kompensatsiya to'lab berilishi lozim.


– Xodim mehnat davrida ham ish beruvchidan mazkur foydalanilmagan mehnat ta'tillari uchun biryo'la pulli kompensatsiya berishni talab qilishi mumkinmi?


– Mehnat qonunchiligida foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo'shimcha ta'tillar uchun faqatgina mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda pulli kompensatsiya to'lab berish nazarda tutilgan. Shu sababli, xodim mehnat davrida foydalanilmagan ta'tilni biryo'la pulli kompensatsiyaga almashtirishni talab qilishga haqli emas. Shunki bu mehnat qonunchiligi buzilishi hisoblanadi.


Feruza Rahimova


Ishonch.uz


Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 5850 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat