Валюта UZS
  • USD

    12 179.81-30.05

  • EUR

    14 139.54-31.22

  • RUB

    156.73-0.8

+5C

+5C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Суратлар сўзлаганда...
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+5c

  • Hozir

    +5 C

  • 10:00

    +5 C

  • 11:00

    +6 C

  • 12:00

    +6 C

  • 13:00

    +6 C

  • 14:00

    +6 C

  • 15:00

    +6 C

  • 16:00

    +6 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +5 C

  • 20:00

    +5 C

  • 21:00

    +4 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 05-March

+5C

  • Hozir

    +5 C

  • 10:00

    +5 C

  • 11:00

    +6 C

  • 12:00

    +6 C

  • 13:00

    +6 C

  • 14:00

    +6 C

  • 15:00

    +6 C

  • 16:00

    +6 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +5 C

  • 20:00

    +5 C

  • 21:00

    +4 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • Payshanba, 05

    +5 +20

  • Juma, 06

    +4 +20

  • Shanba, 07

    +6 +20

  • Yakshanba, 08

    +10 +20

  • Dushanba, 09

    +9 +20

  • Seshanba, 10

    +3 +20

  • Chorshanba, 11

    0 +20

  • Payshanba, 12

    +0 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qurilish ko'p, lekin ko'chmas mulk qimmat: 10 ta sabab

Millionlab yurtdoshlarimiz uy-joyni “kichik vatan” deb biladi. Shunki bir umr ijarada yashab o'tib ketish o'zbek mentalitetiga xos emas. O'zbek borki, tirashadi, tirmashadi, kichkina bo'lsa-da, uy-joy qilishga harakat qiladi. Shu sababdan bizda uylar, umuman, ko'chmas mulk masalasi doimo dolzarb. Lekin bir yoki ikkita ko'chmas mulkni qo'lga kiritish uchun yillar, hatto umrlar sarf bo'ladi. Nega shunday?
Jamiyat
60 09:34 | 05.03.2026 09:34

Quyida shaxsiy qarashlarimiz asosida mavzuni tahlil qilishga harakat qilamiz.


1. Ko'pchilik uy-joy narxlari haqida gap ochilsa, “insofsiz sotuvchi va quruvchilar”dan yozg'iradi. Ammo vaziyatning e'tibor qaratishimiz kerak bo'lgan tomonlari ham bor. Avvalo, O'zbekiston – aholisi shiddat bilan ko'payib borayotgan, ko'payganda ham, uy-joyga muhtoj yoshlar qatlami ulkan mamlakat. 1991 yilda mamlakatimiz aholisi 20 mln. kishi atrofida edi (hozir esa 38,2 mln. atrofida). Yana 3-4 yilda nufusimiz 40 milliondan oshadi. Bunday o'sish sur'atlari jahonning aksar davlatlarida kuzatilgani yo'q. Demografik o'sish past ba'zi Yevropa davlatlarida chetroq hududlarda yerlar va uylar deyarli tekinga berilayotgani haqida xabarlar chiqadi. Yoki Rossiyaga o'xshash davlatlarni olaylik. Uzoq Sharq va Sibir' hududlariga ko'chuvchilar yoki 2-3 ta farzandga ega oilalar uchun arzon ipoteka dasturlari mavjud.


Bizda esa vaziyat boshqacha. Har yili 800 ming yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Yerlarimiz shunga yarasha kengayib qolayotgani yo'q. Tabiiyki, yerlar va qurilayotgan uylar narxi ko'tariladi.


2. Ikkinchi omil – yoshlarning alohida yashashga intilishi. Dunyo o'zgaryapti, O'zbekiston yoshlarining fikrashi, dunyoqarashi ham. O'tgan asrning 90-yillarigacha, hatto asr boshida ham bir hovlida 3-4 talab oila istiqomat qilishiga tabiiy qaralardi. Ammo hozir bunday emas. Yoshlar ko'proq alohida yashashni istamoqda. Hatto bitta o'g'il farzandi bor oilalarning ham ota uyini tark etishi holatlari uchramoqda. Buni, ayniqsa, shahar hududlarida kuzatish mumkin.


3. Keyingi omil – yerlarning qimmatlashuvi. Ushbu holat Toshkent va boshqa markaziy shaharlarda yaqqol sezilmoqda. Poytaxtning ba'zi hududlarida bir sotix yerning bahosi 80-100 ming dollargacha baholangan davrlarga yetib keldik. Kuzatuvlarga ko'ra, hatto olis viloyatlardagi qishloqlarda ham yer narxi oshgan. Ko'pqavatli uy qurmoqchi bo'lgan tadbirkor yerni qimmatga sotib olsa, quriladigan kvartiralar ham shunga yarasha baholanadi. Qimmat yerlar ustida hamyonbop uylar qurilishini kutish esa na sog'lom aqlga, na bozor qonuniyatlariga to'g'ri keladi.


4. Turarjoylar narxiga qurilish materiallari ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Tsement, qum, g'isht, pardozlash mahsulotlari hammaga birdek kerak. Talab yuqori joyda narxning ko'tarilishi – oddiy holat. Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda 2025 yilda jami 313,8 trln. so'mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko'rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga o'sgan. Raqamlar 2021 yilda 130 trln. so'mdan oshiqroqni tashkil etgan. Tafovutni sezgan bo'lsangiz kerak?


5. Qurilish jarayonidagi korruptsiyaviy omillar ham uy-joylar narxiga ta'sir qiladi. Yodingizda bo'lsa, 2025 yil sentyabrida qurilish qilmoqchi bo'lgan tadbirkor 200 ming dollargacha xarajat qilishi kerakligi haqida gapirgan Usmonjon Abdusamatov ishi muhokamalarga sabab bo'lgandi. O'shanda qurilish vazirligi uning ustidan IIvga shikoyat arizasi ham kiritdi. Ammo bu ishning oxiri nima bilan tugagani yoritilmay qoldi. Qurilish sohasidagi oldi-berdilar ko'p ekani, quruvchilar ushbu yashirin xarajatlarni qoplash uchun narxni ko'tarishi ham hech kimga sir emas.


6. Ipoteka osonlashgani bilan arzonlashmayapti. Yillik 25-30 foizlik ustamalar tufayli ipoteka orqali sotib olingan uylar mijozlarga 2-3 barobar qimmatga tushyapti. Bugungi kunda ko'pchilik, ayniqsa, oylik maoshga yashovchi o'rta qatlam uylar ipoteka krediti asosida xarid qilmoqda. Markaziy bank bergan ma'lumotlarga ko'ra, birgina 2025 yilning 9 oyi davomida aholiga 15,1 trln. so'm miqdorida ipoteka krediti ajratilgan. Kreditlarning oshib borishi potentsial xaridorlarni ko'paytirib, uy-joy narxiga ta'sir etmoqda.


7. Pul topganki, uy olyapti. Xorijda ishlayotgan o'zbekistonliklar ham ichkaridagi ko'chmas mulk narxiga bevosita ta'sir qilmoqda. Shunki ko'chmas mulk nisbatan xavfsiz, passiv bo'lsa-da, barqaror daromad keltiradigan biznes turi sanaladi. Rossiya, Janubiy Koreya, AQSh va Yevropa davlatlarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz o'z daromadini, eng avvalo, uy sotib olish yoki qurishga, yer xarid qilishga yo'naltirmoqda. Birgina 2025 yilda Rossiyadan O'zbekistonga qariyb 15 mlrd. dollar miqdorida valyuta jo'natilgan. Mazkur mablag'larning salmoqli qismi ko'chmas mulk xaridiga ishlatiladi. Muhojirlar daromadining oshishi ham uy-joy narxiga ta'sir qilishidan ko'z yumib bo'lmaydi.


8. Asr boshidan to 2016-2017 yillarga qadar O'zbekistonda uy-joylar qurilishi juda sust edi. 2017 yildan keyin katta qurilishlar boshlandi. Mazkur qurilishlar to'lqini hozirda ham davom etmoqda. Tasavvur qiling, aholi talabi omillari inkor etilib, qurilishlar to'xtatib qo'yilsa yoki kamayib ketsa, nima bo'lardi? Kim biladi, Toshkentdan uy olishdan ko'ra, dunyoning eng qimmat shaharlaridan uy olish arzonroq bo'lib qolarmidi?


9. Noturg'un iqtisodiy sharoitda ko'chmas mulk, ayniqsa, kvartiralarni ijara berish ortidan daromad ko'rish ancha tinch va ishonchli bo'lib qoldi. Shu bois O'zbekiston aholisining puldor va o'ziga to'q qismi uy-joylarni ko'paytirish va buning ortidan foyda ko'rishni ko'zlayapti. Bugun bir kishining nomida o'nta uy bo'lsa ham, mulk daxlsizligi saqlanadi, bozor qonuniyatlari ishlaydi. Avvalgidek tekshiruvlar, sovet davridagi kabi bosimlar yo'q. va, asosiysi, uy-joylar narxi hech qachon tushib ketmaydigan, xaridorsiz qolib ketadigan buyum emas. Uni istagan vaqtda qimmat narxlarda sotish mumkin. Boy qatlamning ko'chmas mulkka e'tibori ham narxlarga ta'sir qilishi shu omilda ma'lum bo'ladi.


10. va nihoyat, so'nggi va asosiy omil – O'zbekiston bozorining uy-joyga hali to'yinmaganidir. E'tibor bergan bo'lsangiz, avval talab katta bo'lgan avtomobil' bozorida ma'lum darajada to'yinish kuzatildi. Narxlar pastladi, qulay shartlarda sotuvlar ommalashdi. Afsuski, uy-joylar masalasida bu jarayon kuzatilayotgani yo'q.


Uy sotib olish 2010 yilda ham qiyin edi, 2026 yilda ham murakkabligicha qolmoqda. Hatto qurilish ishlari shiddat bilan o'sib borayotgan bo'lsa ham. Birgina 2025 yilning yanvar'-avgust oylarida 35,4 trln. so'mlik yakka tartibdagi uy-joy qurish ishlari amalga oshirilgan. Lekin resurslar muammosi, o'sib borayotgan demografiya va o'zgaruvchan iqtisodiy muhit vaziyat o'zgarishiga yo'l qo'ymayapti.


Abror Zohidov


Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 5996 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat