"16 yoshimdan beri mayit yuvaman..."
Bu dunyoda barchamiz omonatmiz. Yerdan yaraldik va albatta o'ziga qaytamiz! Hayotimiz davomida barchamizning ishimiz tushadigan kasblar bor, ulardan biri g'assollik kasbi.
Ishonch.uz sayti 16 yoshidan onasiga shogird tushib, ilm olib, g'assollik hunari bilan shug'ullanib kelayotgan Risolat Tohirova bilan suhbat uyushtirdi.
– “Shariat taomillari asosida mayitni yuvish, kafanga o'rash, so'nggi yo'lga kuzatishdan oldin qilinadigan amallarni aslida har bir inson bilishi lozim. Marhumni abadiy poklash va libosini tikishni o'rganib qo'ygan zarar qilmaydi.
G'assol marhumning siriga mahram bo'lishi, uni fosh qilmasligi kerak. Marhumni hijolatga qo'yish, uyaltirish — gunoh. Bu yaxshi insonning ishi emas. Shu bois marhum bilan bog'liq sir-sinoatlarni doim bekitaman. O'sha joyda bo'lgan voqeani o'sha manzilning o'zida qoldiraman", – deydi Risolat Tohirova.
Jurnalist: Feruza Rahimova
Tasvir va montaj ustasi: Diyor G'aniev
Maqolaga baho bering
5/52
0
0
0
0