Valyuta UZS
  • USD

    12 496.94-62.32

  • EUR

    14 405.22-7.79

  • RUB

    159.38-0.79

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +23 C

  • 04:00

    +22 C

  • 05:00

    +22 C

  • 06:00

    +22 C

  • 07:00

    +24 C

  • 08:00

    +27 C

  • 09:00

    +29 C

  • 10:00

    +32 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +36 C

  • 13:00

    +37 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +38 C

  • 16:00

    +39 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +27 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 23-June

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +23 C

  • 04:00

    +22 C

  • 05:00

    +22 C

  • 06:00

    +22 C

  • 07:00

    +24 C

  • 08:00

    +27 C

  • 09:00

    +29 C

  • 10:00

    +32 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +36 C

  • 13:00

    +37 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +38 C

  • 16:00

    +39 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +27 C

  • Dushanba, 23

    +23 +20

  • Seshanba, 24

    +24 +20

  • Chorshanba, 25

    +24 +20

  • Payshanba, 26

    +23 +20

  • Juma, 27

    +21 +20

  • Shanba, 28

    +21 +20

  • Yakshanba, 29

    +20 +20

  • Dushanba, 30

    +23 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Shoira kechinmalari: “Davlat rahbari qo'lidan orden olayotganimda uyaldim...”

Dilbar shoira va faol jamoat arbobi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibasi Xosiyat Bobomurodova o'zbek adabiyoti olamida o'z ovoziga ega taniqli qalamkashlardan. Shu paytgacha uning o'ttizdan ortiq she'riy va nasriy asarlardan iborat kitoblari nashr etilgan, ijodi namunalaridan aksariyati ingliz, xitoy, tojik, rus va ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.
Madaniyat va ma'rifat
1548 09:29 | 31.12.2023 09:29

Keyingi paytlarda shoira respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan madaniy-ma'naviy tadbirlarda ham qatnashib, odamlarning orzu-umidlari, muammolari va tashvishlari bilan yaqindan tanishmoqda. Shu bois biz Xosiyat opa bilan uning ijodi haqida o'tkazmoqchi bo'lgan suhbat boshqa mavzularga ulanib ketdi.


Xosiyat opa, bugun siz ma'naviyat targ'iboti yuzasidan tez-tez turli viloyatlarda xalq orasida bo'layapsiz. Xo'sh, hamyurtlarimizning kayfiyatlari, mehnatga munosabatlari qanday?


— Endilikda odamlarimiz astoydil va halol mehnat qilsa, aslo kam bo'lmasligiga ishonadigan davrlarga yetib kelishdi. Shu bois yurtimizda tadbirkorlar va fermerlar ko'paydi. O'z biznesiga ega minglab faol yoshlar jamoasi shakllandi.


Bundan sal oldin xizmat safari bilan Navoiy viloyatiga borib, O'rtacho'l hududidagi «Vali­obod» fermer xo'jaligida bo'ldim. Uning rahbari Ra'no Valieva o'ta mehnatkash, yer bilan tillashuvchi, ketmon bilan sirlashuvchi, o'z ishining ustasi. Bir paytlar bu ayol haqida «O'rtacho'l malikasi» degan doston yozganman. Bu safar meni u tomonga «O'rtacho'l malikasining bugungi faoliyati qanday kechayotgan ekan? U haliyam qahramonmikan yoki to'xtab qoldimikan?» degan savollar boshladi.


Uzoqdan kuzatsam, odamlar ishlashayapti. Borib, ko'rib, suhbatlashib bildimki, ular mehnat qilinsa, albatta, natijasi bo'lishiga ishonch hosil qilishgan. Masalan, bu jamoa ahli har safar Mustaqillik bayrami arafasida paxta rejasini bajarishga odatlangan. Bu yil ham 23 avgust kuni, birinchi terimdayoq 31 gektar yerga ekilgan paxtaning yillik rejasini 150 foiz qilib ado etishibdi. 70 gektarlik g'allazordan ham mo'ljaldagidan 1,5 barobar ko'p hosil olinib, ma'lum qismi xo'jalik a'zolariga taqsimlab berilibdi. Somonlar esa g'aram qilinibdi. Bu yerda ishlayotgan 12 nafar yigit bilan suhbatlashib, bildimki, barchasi mehnatidan rozi, hayotidan mamnun.


Qolaversa, men xizmat safari chog'ida mahalla-guzarlarning ich-ichigacha yetib borgan tekis-ravon yo'llarni, namunali uylarni, ko'rkam bog'cha va maktablarni, butun boshli obod qishloqlarni ko'rdim. Mehnatkash xalqimiz esa bunday o'zgarishlardan behad mamnun. Shuning uchun ham mudom katta-katta va yangi-yangi rejalar bilan yashamoqda.


— Onangiz Fotima opa juda mehnatkash ayol bo'lgan ekan. Shundanmi, sizni ham vaqtni bekor o'tkazmaslikka undar ekan. Bu sizga oradan yillar o'tib, elimizning suyukli shoirasiga aylanishingizda nechog'lik foyda berdi?


— Darvoqe, onajonim (Biz, bolalari hazillashib, boy buvamning qizi, der edik. Ta'bi va ko'ngili nozik edi-da. Otasi Qosimboy, akasi Bahriddin boyvachcha qatag'on yillarida quloq qilingan va qaytib kelishmagan) bizning bir zum ham bekor qolishimizni istamaydigan ayol edi. «Qiz bola uy yumushlariga usta, pazanda va qo'li gul bo'lishi kerak!» deb ko'p uqtirardi. U paytlar har bir qiz o'z sepiga kashta tikardi. Yaxshi qizning sepida o'z qo'li bilan tikilgan kamida bitta yoki ikkita so'zana bo'lishi kerak, deb qaralardi. Kashtalar qiz bolani mehnatga, toqatga va nazokatga o'rgatgan. Shuning uchun men ham onamning qistovi bilan kashtalar, so'zanalar tikkanman. Ammo o'qishga ishtiyoqim o'ta balandligidan kashtamning tagida doim kitob bo'lardi. Ko'pincha onamning ko'ziga kashta tikayotgandek bo'lib ko'rinsam-da, aslida ko'proq kitob o'qishga intilardim.


Otam — mulla Bobomurod o'qimishli odam bo'lgan. Buxoroning Mir Arab madrasasida tahsil ko'rgan. Bilimdonlarga tahdid qilingan, diniy va arab imlosidagi barcha ilmiy, badiiy kitoblar tortib olingan qatag'on yillarida otamning kitoblarini har yerlarga ko'mib yashirishgan. Bularni onam o'z ko'zlari bilan ko'rgani, qo'rquv va hadikda yashagani uchun mening kitobxonligimdan ko'p xavotirlanardi. Shu bois kechqurun chiroq yorug'ida kitob o'qib o'tirsam, «Kech bo'lib ketdi, endi uxla, ko'zing og'rib qoladi yoki ertaga vaqtliroq turolmaysan», deb chiroqni o'chirib qo'yardi.


Onamning tarbiyasi ta'sirida tartibga, ozodalikka, saranjom-sarishtalikka o'rgandim. Doim harakatda bo'lishga, izlanishga intildim, mehnatdan qochmadim. Hozir ham ba'zan tunlari mijja qoqmay ijod bilan band bo'laman. Ammo endi yonimda ko'zlarim og'rib qolishini eslatib, chiroqni o'chirib qo'yadigan mehribonim yo'q. O'zim ona bo'lganim bois bolalarimning gapiga kirmayman-da (kuladi).


— So'nggi yillarda Samarqand qanchalar o'zgardi? Ijod, madaniyat, turizm borasida qay darajadagi qulay shaharga aylandi?


— Samarqanddan uch kun uzoqqa ketsak, tanimay qolamiz. Haligi joy qaerda edi, falon imorat-chi, deb. Shu qadar o'zgardiki, na ta'riflashga, na aytib berishga aql ojiz. Yangi «Boqiy shahar» barpo etildi. Endi u yerdagi binolar, u yerdagi karvonsaroy, xalq hunarmandchiligi... ularni faqat borib ko'rish kerak. Yana bu yoqda «Samarqand siti» — 16-18 qavatli aql bovar qilmaydigan darajadagi viqorli binolar qurildi. Zamonaviy mehmonxonalar, yirik yig'ilish zallari ham ko'paydi. Shunga ko'ra, so'nggi vaqtlarda ko'plab nufuzli anjumanlar Samarqandda o'tkazilmoqda. Masalan, yaqinda Turkiy xalqlar kasaba uyushmalarining qo'shma anjumani bo'lib o'tdi.


Samarqandning turizm markazi deb e'lon qilingani ham bejiz emas. Bu shaharda insoniyatni hayratga soladigan mo''jizalar ko'p. Bobolarimizdan meros tarixiy obidalar ham, hozirgi kunda qad rostlayotgan go'zal binolar ham, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ham. Sohibqiron Amir Temur bobomizning tadbirkorligi, bunyodkorligi qon suradi-da, axir. Bir she'rimda yozganman:


Mening Temur bobom, sohibqironim,


Asrlarni yengib yelgan bo'ronim,


Qonidan qo'shilgan bir tomchi qonim,


Ikki dunyoda ham bitta Samarqand!


Endi hududdagi ijodiy muhit haqida to'xtalaylik. Ilgari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo'limida qirqqa yaqin a'zo bor edi. So'nggi yillarda ko'plab yoshlar birin-ketin ijodga kirib kelgach, ularning soni oltmish nafarga yaqinlashdi. Samarqandda jimgina yurib bo'lmaydi, uning kechasidan, bugunidan, ertasidan hayratlanishing, bu yurtni sevishing zarur! Shoir bo'lsang, eng baland darajadagi she'rlar yozishing, mehnatkash binokor bo'lsang, eng go'zal, bahaybat imoratlar qurishing kerak. Bugun Samarqand tom ma'noda orzularni ro'yobga chiqaradigan shaharga aylandi.


— Mustaqillik bayrami arafasida «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandingiz. Uni davlatimiz rahbari qo'lidan qabul qilib olayotganingizda ko'nglingizdan qanday o'ylar kechdi?


— O'sha lahzalarda ko'p narsalarni his qildim. Men aslida paxtazorda katta bo'lgan oddiy qishloq qizi edim. Ahyon-ahyonda dala chetidagi tosh yo'ldan mashinalar o'tib qolsa, ketmonimga suyanib, havas bilan termulardim. Katta shaharlarga qanday borsa bo'larkan, deb xayol surardim…


Mana, Samarqandga kelganimga ham 47 yil bo'lib qolibdi. O'tgan davr mobaynida maktab o'qituvchisidan boshqa odamga aylandim. Bosh maqsadim Samarqandimni kuylash, Samarqand haqida yozishdan iborat bo'ldi. Bu narsa menga doim ilhom beradi, kuch beradi.


Ordenni olayotib, kam yozganimni, juda oz ish qilganimni his etdim, o'zimdan uyaldim. Garchand Prezidentimiz «Mehnatlaringiz uchun!» degan bo'lsayam, «Hali nima mehnat qildim ekan?» deb tortindim. Bu orden bitta men uchun emas, butun samarqandliklar, ijodkorlar uchun berilgan mukofot deb hisoblayman. Toshkentdan qaytgach, ziyolilar bilan uchrashuvlarda ham aytdim, bu mukofot hammamizning ijodimiz uchun berildi, u hammamizniki, ayniqsa, ijodkor xotin-qizlarimizniki, deb. Endi ijodimiz bilan, mehnatimiz bilan uni oqlashimiz, yaxshi asarlar yozishimiz kerak. Bu ordenni hali Vatan oldida juda ko'p qarzimiz borligini anglatguvchi nido, eslatib turguvchi bir nishon deb tushundim. O'sha yerda so'zga chiqqanimda ham shu gaplarimni aytdim. Yana faxrlanib she'r o'qidim:


Men she'r yozsam, derazamdan oy kirdi,


Yuragimni nishon olib yoy kirdi,


Etmishda ham VATANIM deb hayqirdim,


Tomirimga daryo kirdi, soy kirdi!


Endi bildim, azoblarga eshikman,


Qonlarida so'z uxlagan beshikman,


Hamma kabi bo'lolmayin hayronman,


Odammasman, qo'shiqman, men qo'shiqman!


—Turli joylarda odamlar orasida yurganingizda nimalardan xursand bo'lasizu nimalardan dilingiz og'riydi?


— Bizda to'rt odam bir joyga yig'ilsa-yu, oralarida bitta shoir bo'lsa, uni to'rga o'tqazishadi. Сhunki xalqimiz so'zni ham, so'z aytguvchini ham ulug'laydi. Nima yozgansiz, qaysi elning yodida qolgansiz, buning ahamiyati yo'q. Ular sizni boshqacha odam deb bilib, ko'kka ko'tarishadi, so'zingizga ishonishadi. Yaxshi so'zni yaxshi ko'rishadi va o'zlari ham so'zga usta odamlar bo'lishadi. Men bundan g'oyat quvonaman. O'z o'rnida bir haqiqatni eslatmoqchiman. Davralarda so'zlaguvchi shuni unutmasligi lozimki, tinglovchilar orasida undan yuksak fikrlovchi, darajasi baland odamlar, yurtni obod qilayotgan tadbirkorlar ham bo'ladi. Demak, ular oldida gapiriladigan gapning o'ziga yarasha yukini his etish kerak.


Xafa bo'ladiganim esa, ana shu ishonuvchanligimiz ko'pincha bizga pand beradi. Biror e'lonnimi, yangiliknimi ko'rib qolsak, so'rab-surishtirib o'tirmaymiz. Ishonamiz, kerak bo'lsa, borimizni bervoramiz. Oqibatda birovlarning gapiga laqqa tushib, uy-joyidan, top­gan pulidan ayrilib qolayotgan zamondoshlarimiz ham uchrab turadi. Yoki oxirgi paytlarda uchrayotgan holat: kimdir ozgina soqol qo'yib, aqllilik qilsa, dindan xabari bormi-yo'qmi, to'g'ri aytayaptimi-yo'qmi, anig'ini bilmasakda, uning gapiga ishonamiz. Holbuki, biz yolg'onlarga asir bo'lib qolmasligimiz, ilmga intilishimiz, yana va yana o'z ustimizda ishlashimiz kerak!


— Ehtiromga sazovor ijodkor va to'rt farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan mehribon ona sifatida hayot haqidagi xulosalaringiz qanday? Kelajagimiz vorislarini o'stirib-ulg'aytirayotgan yosh onalarga aytadigan qanday gaplaringiz bor?


— Meni yaqindan bilmaganlar juda baxtlisiz, deyishadi. Lekin hayotning sinovlari ko'p ekan. Hayotimda o'ziga yarasha katta yo'qotishlar bo'ldi. Uzoq vaqt o'zimga kelolmay yurdim. Ammo hayot davom etar, yo'qotganlarimiz ortidan ketolmas ekanmiz. Qachonki, hayotning olganlari va berganlariga rozi bo'lib yashasakkina, xotirjamlikni his qilamiz. Nima bo'lganda ham shukur qilishni bilishimiz kerak, deb o'ylayman. Bu hayotiy xulosalarim.


Endi ikkinchi savolingizga javob bersam, bugungi yoshlar boshqacha. Aksariyati xorijiy tillarni biladi. Masalan, bizning uyimizga dunyoning turli mamlakatlaridan mehmonlar kelsa, ularning tilini tushunmasligimdan xavotirlanmayman. Сhunki bunday damlarda nevaralarim korimga yaraydi. Koreys yoki ingliz tilimi, yaponcha yoki turkcha — oila a'zolarimizdan biri uni o'rgangan yoki o'rganayotgan bo'lib chiqadi.


Qolaversa, so'nggi yillarda yurtimizda oliy ta'limga kvotalar, davlat tasarrufidagi va xususiy universitetlar ko'paydi. Maqsad yoshlarimiz ongini yanada yuksaltirish. Shu tariqa Prezidentimiz qanday qilsak, yoshlarimiz ilmda oldinga chiqadi deb, kuyinayapti. Albatta, yoshlar ham, kattalar ham shunga yarasha harakat qilishlari lozim. Men o'z hayotimda sinovdan o'tgan bir usulni yosh onalarga tavsiya qilmoqchiman. U ham bo'lsa, hozirga kelib, axborot texnologiyalari odamzodni tobora mahv etib bormoqda. Bunday vaziyatda bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik, barcha yomon illatlar bekorchilikdan kelib chiqishini unutmaslik kerak. Amaliy mehnatga ko'nikma hosil qilish, jamiyat uchun foydali kasb-hunar o'rgatish orqali farzandlarimizni mobil aloqa vositalaridan yiroqlashtirishimiz zarur. Mehnatga o'rgangan bola esa sabr-toqatli bo'ladi, har tomonga va har kimning aytganiga yo'rg'alab ketavermaydi.


Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti professori sifatida beradigan saboqlarimda shu gaplarni talabalar qalbiga, ongiga singdirishga harakat qilaman. To'g'risini aytsam, universitet rektori, professor Yusuf Ne'matovich meni shu ishga taklif qilganlarida, ikkilangandim. U kishi esa, «Men ijodingizni kuzatib boraman. Bundan tashqari, tegishli qarorga ko'ra, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi unvoningiz bilan dotsent hisoblanasiz. Biz sizga professor lavozimini beramiz, siz esa talabalarimizga Vatan darsini o'tasiz», dedi.


Bundoq mushohada qilib ko'rsam, Vatan mavzusi mening kamtarin ijodimni suyab turgan kuch ekan. Aytgan va hali aytmagan gaplarim juda ko'p ekan. Shu haqda o'ylarkanman, yuragimga o't tushdi!..


— Maroqli va mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur, salomat bo'ling!


«ISHONCH» muxbiri
Zebo NAMOZOVA suhbatlashdi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat