Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 979.998.06

  • EUR

    13 392.75-2.06

  • RUB

    135.341.48

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 20:00

    +2 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 12-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 20:00

    +2 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • Chorshanba, 12

    +2 +20

  • Payshanba, 13

    +4 +20

  • Juma, 14

    +5 +20

  • Shanba, 15

    +5 +20

  • Yakshanba, 16

    +5 +20

  • Dushanba, 17

    +7 +20

  • Seshanba, 18

    +8 +20

  • Chorshanba, 19

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'z kutubxonasini uyga almashmagan otaxon

Karmana tumanining Bog'imurod qishlog'idagi kamtargina hovlida yashayotgan Burxon Jo'raev 77 yoshda. U bir necha o'n yillar davomida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi sanatoriyda oddiy chilangar vazifasida ishladi. Halol mehnat qilib to'rt farzandni voyaga yetkazdi.
Madaniyat va ma'rifat
882 09:41 | 31.12.2023 09:41

Ayni pallada keksalik gashtini surish barobarida shaxsiy kutubxonasini yanada boyitish uchun turli kitoblarni yig'ish bilan band.
Kunlarning birida u kishining xonadoniga mehmonga kelgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati kasaba uyushma qo'mitasining sobiq rahbarlaridan biri torroq xonadagi javonga did bilan terib qo'yilgan kitoblarni ko'rib hayratga tushdi. Bir nechtasini varaqlab, ko'z yugurtirgan bo'ldi. Keyin bir piyola choy ustida Burxon bobo bilan ancha suhbatlashdi. Tabiiyki, kitob va kitobxonlik haqida gap ketganda, fursatni boy bermasdan shartta dilidagini aytdi.


– Mana shu kitoblaringizni kombinat kutubxonasiga hadya qilsangiz, oilangizga Navoiy shahrining qoq markazidan barcha qulayliklarga ega ikki xonali uy sovg'a qilaman, maza qilib yashaysizlar -, dedi. Shu kez uning ichidan mezbon bu taklifimga so'zsiz rozi bo'ladi, degan o'y ham bor edi.


Ko'pni ko'rgan va ko'p kitob o'qigan Burxon Jo'raev taklifni uzoq o'ylab ham o'tirmadi. Kitoblarini hech narsaga almashtirmasligini aytib, mehmonning tarvuzini qo'ltig'idan tushirdi. Gap orasida ikki xonali uy uch xonaga aylandi hamki, mezbon unumadi.


– Xohlaganlar kelsin, qiziqadigan kitoblarini o'qisin, qaytarib olib kelish sharti bilan uylariga ham berib yuborishim mumkin. Lekin hech kimga sotmayman va hech narsaga almashmayman -, dedi o'jarlik bilan.


Shu kez tabiiyki, ko'nglidan “Mehmonni xafa qilib qo'ymadimmikan?” degan o'y ham o'tdi. Buning ustiga o'zi ham kombinatga tegishli sanatoriyda chilangar bo'lib ishlasa, baribir ko'z-ko'zga tushadi-ku...


Ko'p kitob o'qigan emasmi, o'rtadagi noqulaylikni darhol bartaraf etish yo'lini topdi. Qo'lidagi piyolani dasturxon chetiga to'ntarib qo'yib, kombinat sanatoriiysidagi kutubxona uchun tekinga ikki yuz dona kitob sovg'a qilishini hijolatomuz kayfiyat bilan bildirdi. Bundan o'zining ham shuningdek, o'tirgan joyida nigohini javondagi kitoblarga qadab o'y surayotgan mehmonning ham qalbi ravshan tortdi.
Do'stona suhbatlari yakunida mehmonni xushkayfiyat bilan kuzatib qo'ygan Burxon bobo uyiga qaytib kirgach xotini xarxasha qildi:


– Yashashimzni qarang, uyimiz musichaning inidek ko'rimsiz. Xudo berib turgan paytda, nega unamadingiz-a. Sal o'ylab ish qilsangizchi. Nima qilasiz, bu kitoblarni? Men hoziroq kombinatga borib “Biz kitoblarni uyga almashishga rozimiz” deyman. Darrov ko'chib o'tamiz.


Burxon boboning qaysarligi battar tutdi. Xotiniga “Sen nimani bilasan?”, degandek, bir uqraydi-yu kiyimlarini almashtirib ko'chaga chiqib ketdi. Dili xufton bo'ldi. Beray desa, kitoblarini ko'zi qiymaydi. Bermay desa, haqiqatdan ham uy-joyini sal-pal epaqaga keltirish kerak.
* * *
Gapning nafsilamirini aytgan-da, ko'rimsizgina bu xonadonda kitob hamma narsadan ko'p. Ba'zan o'qituvchilar, ba'zida o'quvchilar, onda-sonda davlat idoralarida ishlaydigan kishilar, talaba qizlar, ro'zg'or tashvishlari bilan uyga qamalib qolgan bekorchi ayollar kitobga kelib turishadi. Xohlaganini topib, olib ketishadi. Ular faqat rahmat aytishdan nariga o'tolmaydilar.


Shuni alohida ta'kidlashimiz lozimki, Burxon Jo'raev baribir qilayotgan ishidan mamnuniyat bilan yashaydigan inson. Hozirgacha topganiga faqat kitob yig'adi. Abdulla Qahhorning “Sinchalak”, Tohir Malikning “Shaytanat”, O'tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Said Ahmadning “Ufq” asarlarini o'n martalab o'qigan. Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlarning she'rlari yod bo'lib ketgan. Boborahim Mashrab, Umar Xayyomning bitiklaridan zavq topadi. Rus va jahon adabiyotining sara asarlarini uxlamasdan mutolaa qiladi. Baxtiga farzandlari ham o'zi kabi kitob-daftarni sevadigan, o'qiganiga amal qiladigan bo'lib chiqdi. Kelinlari, nabiralari ham kitobsevarlikda o'zidan qolishmaydi.


Bu oilaning kutubxonasi bilganlarga haqiqatdan ham juda tengsiz va katta xazina. Bundan bir necha yuz yillar oldin yozilgan, tayyorlangan kitoblar o'tmishdan, bugundan, kelajakdan so'zlaydi. Ibn Sino, Beruniy, Jomiy va Navoiy, Bobur, Nodira, Ogahiy, Mashrab, Qodiriy, Abdulla Qahhor, Pirimqul Qodirov asarlari, zamonamiz adib va shoirlarining betakror bitiklari, Konfutsiy, Nitsshe, Xemenguey, Mapassan, Tolstoy, Dostoevskiy, Сhexov, Pushkin, Сhingiz Aytmatovlarning qimmatbaho durdonalari kishining havasini keltiradi. Kutubxonaga kirsangiz, bu xonadonda yashayotganlar kitob o'qishdan, kitoblarni asrab-avaylashdan boshqa ish ham qilarmikan, degan xayolga botasiz.


Kitoblar allaqachon bu oilaning tug'ishgan o'g'il-qizlariga, yaqin oshna-og'aynisiga aylanib ketgan. Qishloq atrofidagi ikkita maktabning o'quvchilari imtihon topshirish paytida kitob so'rab, kelaverib-kelaverib Burxon boboning jig'iga tegsa-da, u kishi hech kimning dilini ranjitmaydi. O'rni kelganda “7-maktabning falon o'quvchisi qo'lida bitta, 1-maktabning tarixchisida ikki-uchta kitobim yotibdi, keltirib beray demaydi, baraka topgurlar”, deya og'rinib qo'yadi otaxon beozorgina.
2021 yil yanvar' oyining 25-sanasida viloyat hokimi Burxon Jo'raevning xonadoniga 500 ming so'mlik kitob bilan kirib keldi. Rang-barang kitoblarga boy kutubxonada qizg'in bahs-munozara bo'ldi.


– Shu yoshimgacha yiqqan kitoblarimning uch mingtasini o'qishga vaqt topoldim xolos. Qolgan yetti mingtasini yuz yoshimgacha o'qiy olamanmi-yo'qmi, deb tashvishlanib turgan paytimda siz ham yigirmata qo'shib ketayapsiz degan, hazili maroqli suhbatga yanada fayz, ko'tarinkilik kiritdi. Kulgu va hazil aralash yaxshi niyatlar qilindi. Tashqariga chiqqach, hokim kamtargina hovlining kunchiqar tomonidan ushbu xonadon uchun zamonaviy kutubxona qurib berishni qat'iy va'da qildi. Afsuski, oradan biroz vaqt o'tgach viloyatga yangi hokim tayinlandi. Va'da-va'daligicha qolib ketdi.
Yaqinda keksa kitobxonning kutubxonasiga men ham bordim. Tanishdik, kitob mutolaasi haqida suhbatlashdik.


Kutilmaganda otaxon gap o'zanini boshqa tomonga burdi. Kamsiqumligi sabab institutlardan birida o'qiy olmaganligini, alamiga farzandlarini o'qitish uchun bir umr chilangarlik qilib, kech-kunduz ishlaganini, kampirining qistovlariga zanhor-bazinhor ko'nmasdan juda to'g'ri ish qilganligini gohida mahzunlik, gohida bebaho zavq bilan aytib berdi.


O'rni kelganda mendan uyimizda qancha va qanday kitoblar borligini surishtirdi. Adabiyotni, odamiylikni sevishni va unutmaslikni maslahat qildi. O'zining hayotini kitob bilan bog'lash oson bo'lmaganligini qayta-qayta takrorladi.


Xayrlashayotganimizda hovlisining kiraverishida o'g'li qurayotgan imoratning bitti xonasini yangi kutubxonaga aylantirish niyati borligini xursandchilik bilan ta'kidladi. Shunday qilsam, yiqqan mulkim farzandlarimning ixtiyorida bo'ladi. Nevaralarim, chevaralarim men boshlagan ishni davom ettirsalar ajabmas, deya menga mamnuniyat Bobarahim Mashrab asarlaridan birini hadya qildi.


Сhekka bir qishloqda kamtargina yashayotgan va bor-yo'g'i o'rta ma'lumotga ega bo'lgan bir otaxonning shuncha kitob yiqqanligi, badiiy asarlarni hali-hamon zavqlanib o'qishda davom etayotganligi ko'p qatori meni ham hayratga soldi...


Normurod Musomov,
“Ishonch” muxbiri


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat