Hamza nega unutilishga mahkum qilindi?
Hamzaning nomini abadiylashtirish uchun qo'yilgan toponomik ma'muriy hududlar, madaniyat va jamoat muassasalaridan uning nomi shubhali tarzda olib tashlandi. Shunday bo'ldiki, go'yo madaniy tariximizda Hamza degan shaxs, ijodkor, madaniy islohotchi bo'lmagan...
Bu yil 7 mart kuni Hamza Hakimzoda Niyoziyning 135 yilligi. Xo'sh, bu sana mamlakatimizda keng miqyosda nishonlanadimi? Bu savol juda ko'p mulohazalarni o'rtaga chiqaradi. Zotan, o'z davrida jadid o'laroq maydonga chiqqan Hamza aynan mustaqillik yillarida taqiqqa uchradi.
Albatta, uning nomi matbuotda, ijtimoiy hayotda birdan g'oyib bo'lib qolishi odamlarda shubha uyg'otar edi. Shuning uchun, ya'ni Hamzaning ma'naviy va g'oyaviy "jinoyatchi"ligini isbotlab, aybini "bo'yniga" qo'yish kerak edi. Shunday bo'ldi ham. 2014 yil mamlakat bosh nashri bo'lmish – “Xalq so'zi” gazetasining 23 avgust sonida pedagogika fanlari doktori, professor Muhammad Quronovning “Tarixiy haqiqatni qaror toptirish – muhim ma'naviy vazifamizdir” nomli maqolasi e'lon qilindi. Mazkur maqolada Hamza qoralanadi. Biz mazkur material yuzasidan maqola muallifi Muhammad Quronovning o'zi bilan bog'landik. Interv'yuga taklif qildik, ammo u rozi bo'lmadi. Biroq Quronov Hamza buyuk shaxsligini, uning ijodini sevishini, unga hech qanday adovati yo'qligini aytdi.
Xo'sh, u holda Muhammad Quronovga Hamzaning nomini o'chirish nima uchun kerak bo'ldi?
Aksariyat tahlilchilar bu ishni Quronov yuqorining topshirig'i asosida qilganini aytmoqda. Shuningdek, bunday taqiqlar nafaqat Hamzaga balki Shayboniyxon va boshqa tarixiy shaxslarga ham qarshi ishlatildi. Mazkur harakatlarda xalqning tafakkuri, tarixi va madaniy qadriyatlarini tortib olish, o'zgartirishga bo'lgan zo'ravonlikni ko'rish mumkin. Qizig'i, bu kabi ishlarni amalga oshirayotgan, tarixni o'zgartirishga urinayotgan shaxs begona emas. O'tmishni qayta bichib-to'qishga, majoziy ma'noda aytganda, «tarix jarrohi» vazifasini bajarishga kirishgan odamlar, taassufki, chetdan kelmagan, aksincha, oramizdagilar edi.
Ishonch.uz bir qator taniqli tarixchilar – professor Qahramon Rajabov, Shavkatjon Xonqulov va hamzashunos Azimjon Davronov ishtirokida mazkur mavzu yuzasidan ko'rsatuv tayyorladi.
Maftuna Karimova, jurnalist
Quvonchbek To'raev, operator
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0