Madaniyat vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi
Vazirlikda bo'lib o'tgan yig'ilishda jamoaga yangi o'rinbosarlar tanishtirilgan.
Madaniyat va ma'rifat
2161 10:33 | 04.11.2023 10:33
Madaniyat vazirligida Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida o'tgan yig'ilishda tashkiliy masala ko'rildi.
Yig'ilishda, jumladan:
- Prezidentning 2023-yil 27-sentyabrdagi qarori bilan madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlangan Baxodir Madjidovich Axmedov (mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining o'rinbosari bo'lgan);
- Prezidentning 2023-yil 30-oktyabrdagi qaroriga asosan madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlangan Avazxon Baxadirovich Tadjixanov (tayinlovga qadar Adliya vazirligi “Konventsion markaz majmuasi direksiyasi” DUK direktori bo'lgan);
- Prezidentning 2023-yil 27-sentyabrdagi qaroriga muvofiq madaniyat vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlangan Yusufjon Kamoldinovich Usmonov (tayinlovga qadar Hisob palatasi bosh inspektori bo'lgan)lar jamoaga tanishtirilgan.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0