Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 900.00-20.16

  • EUR

    14 595.06-86.12

  • RUB

    157.32-1.29

+15C

+15C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+15c

  • Hozir

    +15 C

  • 07:00

    +17 C

  • 08:00

    +21 C

  • 09:00

    +24 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +27 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +31 C

  • 15:00

    +31 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +20 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 02-May

+15C

  • Hozir

    +15 C

  • 07:00

    +17 C

  • 08:00

    +21 C

  • 09:00

    +24 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +27 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +31 C

  • 15:00

    +31 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +20 C

  • Juma, 02

    +15 +20

  • Shanba, 03

    +13 +20

  • Yakshanba, 04

    +14 +20

  • Dushanba, 05

    +14 +20

  • Seshanba, 06

    +17 +20

  • Chorshanba, 07

    +20 +20

  • Payshanba, 08

    +23 +20

  • Juma, 09

    +18 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«Yangi she'r yozgan kunim – men uchun bayram» - Farida Afro'z

Eski yilning so'nggi hamisha savollar va armonlarga to'la bo'ladi: «Nahotki, yana bir yil o'tdi? Nahotki, yana ulgurmadim? Nimalarga erishdimu nimalarni boy berdim?...».
Madaniyat va ma'rifat
1427 14:50 | 16.12.2023 14:50

Aslida, eski yilda omon qolganing ham katta baxt, chunki bir yil ichida qancha yaqinlaringdan, qadrdonlaringdan, tanish-bilishlaringdan ayrilasan. Allohning qadari tufayli dunyodan o'tganlarga ko'nasan, duo qilasan, ularning ruhini shod etging keladi. Ammo, eng achinarlisi, tirik bo'la turib, ayrilib qolayotgan odamlaring yuragingni o'rtaydi.
Erishilayotgan yutuqlar ­bisyor, lekin ruhing, aqling va tafakkuringning senga qilayotgan vafosi oldida bu qilgan ishlaring hech gap emas.
Yangi yil eng avvalo, shukr va umid olib keladi. Umidki, ulkan tog'ni talqon qilib, elakdan o'tkaza oladigan qudrat umidi!
Yangi yil eshik qoqarkan, ko'ngildan shunday o'ylar o'tadi. Bu boradagi o'y-fikrlari, tuyg'ulari, kechinmalari bilan o'rtoqlashish maqsadida shoira Farida AFRO'Zga yuzlandik.


– Mana, yana bir yil ortga chekinyapti. Vaqt yugurik, o'tib ketayotganini sezmay qoladi kishi...


– Vaqtning tez o'tishini har doim, har kuni ilg'ayman, his qilaman. Lekin negadir yoshing ulug'lagan sari vaqting kichiklashib borarkan. Umr dovonidan o'tib, yolg'izlik darasida oyoqyalang ketayotganingni anglab turasan. Vaqtni to'xtatadigan muhabbatli, mutolaali, jonon suhbatli lahzalaringni sog'inib yashaysan.
Inson, inson bo'libdiki, o'zini anglatish bilan ovora. «Yo'q, meni tushunmadingiz, men unday demoqchi emasdim...» kabi fikrlar har qadamda quloqqa chalinadi. Gapirmasingdan tushunadigan do'stlarning esa doim yiroqda yoki vaqtlari tig'iz...


– Amalga oshirolmagan reja, ish, niyat…


– Avvalo, qilingan ishlar haqida gapirsam, bu yil mening eng katta qilgan ishim: 4-jildlik tanlangan asarlar to'plami «Sharq» nashriyotida chop etildi. Bilasizmi, jildlik asarlar ijodkorni jamlar ekan, go'yo har joylarda sochilib yotgan xazinangizni bitta oltin sandiqqa solgandek bo'lasiz. Yana Eronning mashhur shoiri Suhrob Sipehriyning she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qildim va bu kitob ham nashrdan chiqdi. Sharqshunos olima Nargiza Shoalieva tomonidan she'rlarim fors tiliga o'girilib, u ham kitob shaklida nashr etildi. Bundan tashqari, nemis adabiyotining katta bilimdoni Hafiza Qo'chqorova bilan zamonaviy mashhur nemis shoiri Klaus Mertsning «Kutilmagan kechmish» kitobini tarjima qilib, uni ham chop etdik.
Har uch oyda «Afro'z oqshomlari» ijodiy kecha, radio, televideniedagi chiqishlar, interv'yular, yo'q deganda, oyiga 3-4 marotaba tadbir va uchrashuvlarga borishlar, bularning hammasi o'tkazgan bir yillik umrimning hosildor kunlari... Eng asosiysi, deputatlik faoliyatimdagi saylovchilarimning dardu hasratlari, so'rov va talablari, haftada 4-5 ta kelgan xatlarga bitilgan javoblar asosiy vaqtimni oldi.
Ammo bitmay qolgan ishlar ham talaygina. «Poeziya i Proza» nomli rus tilidagi, «Jonimning chechagi» («Ruhumun çiçeği») nomli turk tilidagi kitoblar, «Yo'rgakdan avval tekkan dard» nomli talqinlar kitobi, «Shuur» nomli rangli tasbehlar jamlangan kitoblarim hali bosmaxonada.


– Yangi yil bayrami kayfiyatini qanday yaratasiz?


– Bunday kayfiyatni faqat seni tushunadigan dilkashlaring bilangina yaratish mumkin, xolos. Tabiiyki, bayram yaqinlashgan sari bayramona tusga kiradi.


– Yangi yil ilhomi…


– Mening ilhomim hech qachon bayramlar, tadbirlar va turli sanalarga bo'ysunmagan, yangi she'r yozgan kunim – men uchun bayram.


– Shoira Farida Afro'zning hayotida tugab borayotgan 2023 yil nimasi bilan qadrli va yana qanday saboqlari bor.


– «O'zni ehtiyotlash» degan san'at bor. Men bu borada noshud, no'noq va murosasizman. Nimamni ehtiyot qilishim kerak? Ilmimni, tajribamni, g'ayrat-shijoatimni, mehrimni, muhabbatimni, sevgimni ehtiyot qilaymi? Kimdan? Yaqinlarimdanmi, meni tanigan, meni yaxshi ko'rgan, meni izlaydigan, yo'qlaydiganlarimdanmi?! Shular haqda ko'p o'ylayman...


– «Ishonch» muxlislariga tilaklaringiz.


– Bilamizki, «Ishonch» gazetasining muxlislari davrimiz ­ziyolilari, oydinlaridir. Kelayotgan Yangi yil – murod yili bo'lsin. Jahonga bo'y cho'zayotgan bu mo''tabar vatan tuprog'ida yana ulug'lar, yana azizlar, yurtim, millatim ­deydigan qo'rli, hamiyatli insonlar ko'payaversin.
«Ishonch» hurfikrlilarning maydoni bo'lib, ishonch bilan yashayversin.


Sanobar MEHMONOVA
suhbatlashdi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Наргизахон Вахобова

03:56 | 17.12.2023

Биз сайловчилар Олий мажлис қонунчилик палатаси депутати Фаридахон Бўтаевага, Севимли шоирамиз Фарида Афрўзга сўнмас куч ғайрат шижоат, саломатлик ва албатта улкан зафарлар тилаймиз

Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid

Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat