O'zbek otaxonlari kitob o'qish bo'yicha rekord o'rnatyapti
Milliy kutubxonani to'ldirayotgan keksalar bilan suhbat
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida deyarli har kuni kutubxonaga keladigan keksalar borligini ko'pchilik bilmasa kerak. Ishonch.uz bugun bir yilda 365 kun kutubxonadan foylanadigan ana shunday otaxonlar bilan tanishtiradi. Kutubxonachilarning aytishicha, ba'zi keksalar kutubxona xodimlari ishga kelmasidan avval barvaqt kelib, xodimlarni kutib ham turadi. Ular orasida ertalabdan kechgacha kutubxonadan foydalanadigan nuroniylar ham bor. Milliy kutubxonaning sarhisobiga qaraganda, 2023 yilda eng ko'p kitob o'qigan kitobxonlar sifatida aynan keksalar e'tirof etilgan.
Masalan, 80 yoshli Garem ota Machin bir yilda 283 kun kutubxonaga tashrif buyurgan bo'lsa, 72 yoshli Tuyg'un ota Nusratov bir yilda 257 kun, 85 yoshli Sharaf ota Shamsuddinov bir yilda 300 kundan oshiq vaqtini kutubxonada o'tkazgan. Milliy kutubxonada bunday kitobsevar otaxonlar ko'pchilikni tashkil qiladi.
Maftuna Karimova, jurnalist
Quvonchbek To'raev, operator, montaj ustasi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0