2024 yilda jamoa shartnomalaridagi o'zgarishlar tufayli 1 mln.dan ortiq xodimning ish haqlari oshirildi
Joriy yil ham yakunlanib bormoqda. Tabiiyki, bunday pallada vazirlik va tashkilotlar o'z faoliyatini sarhisob qiladi.
Yaqinda bo'lib o'tgan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh Kengashining IX Majlisi ham ana shunday hisobot ruhida o'tdi. Unda tizimda amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi ustuvor reja va vazifalar hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ta'kidlanishicha, Jamoa shartnomalariga kiritilgan qo'shimcha imtiyoz va kafolatlar natijasida 24 mingdan ziyod korxona va tashkilotlarda qariyb 1,1 mln. nafar xodimning ish haqlari oshirilgan, 2,5 mln. nafardan ziyod xodim asosiy uzaytirilgan, 3,5 mln. nafardan ortiq xodim esa yillik qo'shimcha ta'tillardan foydalanmoqda. 71 ming 40 tashkilotda jamoa shartnomalari asosida ijtimoiy ta'tillar belgilangan va ulardan foydalangan xodimlar soni 1mln. 219 ming 233 nafarni tashkil etadi.
Ish haqidan muddati o'tgan qarzdorlik bo'yicha jamoatchilik monitoringi natijalaridan kelib chiqib sud, prokuratura, hokimiyat organlari, mehnat inspektsiyasiga kiritilgan 200 ga yaqin murojaatlar natijasida ish haqidan muddati o'tgan qarzdorlik joriy yilning 1 noyabr' holatiga shu yilning 1 yanvariga nisbatan 95 mlrd, 275 mln. so'mga kamayishiga erishildi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0