Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +7 +20

  • Juma, 14

    +7 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +6 +20

  • Dushanba, 17

    +10 +20

  • Seshanba, 18

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Hisobotingiz hayotiy emas

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti e'lon qilgan narx-navo xususida mulohazalar
Iqtisod
1005 11:15 | 26.10.2023 11:15

O'tgan hafta Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar ­instituti (MHTI) oziq-ovqat mahsulotlari narxini e'lon qildi.

Unga ko'ra, mutaxassislar 7 sentyabr' hamda 12 oktyabr' kunlari poytaxtdagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat narxini o'rgangan. Monitoring natijalari 8 xil mahsulot bo'yicha minimal narxlar o'tgan oydagiga nisbatan pasayganini ko'rsatgan. Xususan, oq karam 61,5 foiz, olma 15,4 foiz, sariq piyoz 10,3 foiz, makaron 4,7 foiz, mol go'shti (file) 4,6 foiz, o'simlik moyi 3,1 foiz, limon 1,6 foiz, bodring 1,3 foizga arzonlagan. Guruch, shakar va margarin narxlari o'zgarishsiz qolgan. 10 nomdagi mahsulot narxlari esa oshgan. Ayniqsa, pomidorning eng arzoni 5950 so'mdan 9990 so'mga ko'tarilgan. Banan va sut narxida ham o'sish bor – mos ravishda 3000 so'm va 2110 so'mga qimmatlagan.


Institut mutaxassislari narx-navo holatini o'rganishda qaysi omillarga e'tibor qaratgani tushunarsiz. Сhunki ular e'lon qilayotgan hisobotlar mantiqqa to'g'ri kelmayapti.


Aslida, supermarketda mahsulotlar bozordagiga nisbatan birmuncha qimmat sotiladi. Buni hamma biladi. Lekin mutasaddilar tahlillari go'yoki supermarketlarda arzonchilik degan mujdani berayotgandek.


Haqiqatan ham shundaymi? Asl holatni bilish uchun poytaxtning bir nechta bozorini aylandik. Iloji boricha, arzonroq va gavjumroq bozorlardagi narx-navoni o'rganib, ularni umumlashtirdik.


Masalan, poytaxtning eng arzon bozori – «Qo'yliq» dehqon bozoridagi narx-navolarni ko'rib chiqaylik.


Mazkur bozorda mutaxassislar arzonlashdi deb aytayotgan oziq-ovqat mahsulotlari – karam (1 kg. – 4 ming, donaga – 8 ming so'm), olma (1 kg. 10 mingdan 30 ming so'mgacha), piyoz (1 kg. 3-5 ming so'm), mol go'shti (1 kg. suyakli – 65-85 ming so'm), bodring (10-15 ming so'm), o'simlik yog'i yarmarkada (1 litri – 14 ming 500 so'm, boshqa rastalarda – 19 ming so'm)dan sotilmoqda.


Sotuvchilarning aytishicha, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti «arzonladi» deyayotgan mahsulotlar narxi yaqin orada qimmatlasa-qimmatlagan, aslo pasaymagan.


– To'g'ri, sentyabr' oyida karam biroz qimmatroq edi, – deydi «Qo'yliq» dehqon bozoridagi sotuvchilardan biri. – Сhunki unga talab ko'p, mahsulot esa yetarlicha emasdi. Hozir karam ayni pishib yetilgan payt. Lekin ko'pchilik uni tuzlashga ulgurdi. Shu bois, haqiqatan ham, hozir bozorda karamning narxi biroz pastladi. Lekin siz aytayotgan ­boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxi o'sishda davom etmoqda. Umuman olganda, oktyabr' oyida narx-navolar ancha ko'tarildi.


– Ko'p yillardan buyon shu sohadaman, – deydi bozordagi qassob. – Bozorda go'sht sotayotganimga ancha bo'ldi, lekin biron marta narxi arzonlaganini eslolmayman. Mutaxassislar go'shtning narxi tushibdi, degan hisobotlarni qaerdan olyapti, bilmadim. Masalan, hozir biz novvos go'shtining kilogrammini 75 ming so'mdan so'yib olib, bozorda 85 mingdan sotyapmiz.


Poytaxtning «Eski jo'va», «Mashinasozlar», «Yunusobod» kabi dehqon bozorlaridagi narxlar esa «Qo'yliq» bozoridagidan 10-15 foizga farq qiladi.


– Har hafta «Qo'yliq» dehqon bozoridan ro'zg'orlik qilaman, – deydi Anvar Pardaev. – ­Boshqa bozorlarga nisbatan ancha arzon. Onda-sonda ijtimoiy tarmoqlarda tegish­li tashkilotlarning narx-navo borasidagi hisobotlariga ko'zim tushib qoladi. Ochig'i, ular keltirayotgan raqamlardan hayratga tushaman. «Falon oyda falon mahsulotning narxi shunchaga arzonladi», degan gapga o'zlaridan boshqa hech kim ishonmasa kerak.


Xullas, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti arzonladi, degan mahsulotlar bozorlarda bundan oldingi oyga nisbatan oshgan bo'lsa, oshganki, arzonlashmagan. Har holda, buni xalq o'z hayotida sezayotgani yo'q.


Shunday ekan, mutaxassislar kimni aldayapti? Xalq hayotiga daxldor bo'lmagan hisobotni e'lon qilishdan maqsad nima? Harqalay, xalqning turmushi, kundalik hayoti bilan bog'liq masalalarda faqat uch-to'rtta supermarketdagi narx-navoni o'rganish bilan cheklanib, aql bovar qilmas raqamlarni e'lon qilish odamlarni chalg'itishdan o'zga narsa emas. Vaholanki, asl vaziyatni kunda-kunora bozor oralaydigan odamlar juda yaxshi ko'rib-bilib turibdi. Bu kabi hisobotlar esa jamiyat ravnaqi, xalq ishonchiga putur yetkazadi, xolos.


G'ulomjon MIRAHMEDOV
«ISHONCH»




Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid