Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +7 +20

  • Juma, 14

    +7 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +6 +20

  • Dushanba, 17

    +10 +20

  • Seshanba, 18

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«O'zenergoinspektsiya» diqqatiga! O'zbekistonda sifatsiz benzin muammosi: minglab odamlar jabr ko'rmoqda

O'zbekiston jamoatchiligi ba'zi benzin quyish shoxobchalarida asosan Ai-92 hamda Ai-95 benzinlari sifatining pastligi, natijada mashinalarning ehtiyot qismlari ishdan chiqayotgani borasida o'z e'tirozlarini bildirmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham bong urilayapti.
Iqtisod
1084 17:06 | 23.10.2023 17:06

-Ayni kunlarda “CHERRY Tiggo-7”, “Tiggo-8”, Arizo-6 avtomobillaridan tashqari “EXEED” va “JETOUR” kabi avtomobillarning sotuvi ham amalga oshirila boshlandi, - deb yozmoqda ijtimoiy tarmoqdagi feysbuk sahifasi foydalanuvchisi G'ofurjon Po'latov. – O'zim may oyidan buyon “CHERRY Tiggo-7 Pro” avtomobili sohibiman. Lekin bu avtomobilning bugungi kunimizga mos kelmaydigan bir jihati borki, u ham bo'lsa, turbo dvigatelli bo'lgani uchun benzin tanlaydi va bizdagi nokaslar ishlab chiqarayotgan sifati past, iflos benzinga dosh berolmas ekan. Mabodo adashib, sifati past benzin quyib qo'ygudek bo'lsangiz, mashina “qaltiray” boshlaydi. O'zim bilan ham ikki marta shunday holat sodir bo'ldi va ustiga “Ai-95” benzinini quyib, vaziyatdan chiqib ketdim.


–80 yo'q, narxi oshmaydi, nima farqi bor, oshadimi-oshmaydimi? 92 ning narxi baland, lekin sifatiga hech kim kafolat bermaydi. Faqat 92 quyib yurilgan xizmat mashinamizning butun yoqilg'i aylanish tizimini ikki kun tozalatdik. Og'aynilar, salgina insof ham kerak, hech qursa XUDOdan qo'rqinglar-e! Bizning zapravkalardagi 95 gayam ishonolmay qolyapmiz-ku! – deb yozadi yana bir ijtimoiy tarmoq faoli.


Shu o'rinda Energetika vazirligi shu yilning 13 oktyabrida e'lon qilgan ma'lumotga yuzlansak. Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 9 oyi davomida “Uzenergoinspektsiya” xususiy yoqilg'i quyish shoxobchalarida o'tkazgan tekshiruvlarda 9, 15 mln. litr benzin sotilishining oldi olingan. Nazorat tadbirlarida 225 ta holatda sifatsiz neft' mahsulotlari sotilayotgani aniqlangan. Bunda jami 179 mln. 39 ming litr neft' mahsulotlarining 9 mln. 150 litri sifatsizligi sababli iste'molga chiqarilmagan.
Tarmoqlarni kuzatsangiz, respublikamizdagi ba'zi AYoQShlarda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlangani va bunga chek qo'yilgani haqidagi xabarlar tez-tez uchraydi.


Ajabo, holat aniq, ko'rilgan choralar aniq. Ammo nega bu kabi noxush holatlar hanuz davom etyapti?


- Hozir ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtomashinalar, albatta, sifatli benzinni talab qiladi, - deydi avtomobil' ustasi Akmal Egamberdiev. – Sababi, ularda havoga zaharli moddalarning kamroq ajratilishi, benzinning tejalishi, ichki dvigatelning yanada samarali ishlashi kabi omillar hisobga olingan.
Har qanday avtomashinaning dvigateli zamonaviylashgani sari uning foydali ish koeffitsientini oshirish, samarali ishlashini ta'minlash uchun yoqilg'ining maromida va to'liq yonishi muhim ahamiyatga ega. Bunday avtomashinalarga sifatli benzin quyilmasa, dvigatelga salbiy ta'sir qiladi. Bunday holatlarda ichki qismda joylashgan, benzinni yoqib beruvchi maxsus “svecha”ga uchqun uzatilmay turib, benzinning yonib ketishi kuzatiladi. Bu holat “detonatsiya” deyiladi. Natijada tepaga harakatalanayotgan porshenda, dvigatel' ishidagi siqish, “portlash”, chiqarish funktsiyalarida buzilish sodir bo'ladi va u ishdan chiqadi.


Hozir zamonaviy va qimmatbaho mashinalarda ko'p kuzatilayotgan holat bu. Sababi, mashinalar zamonga moslab chiqarilgan va u, albatta, sifatli yoqilg'ini talab qiladi. Eng achinarli holatlardan yana biri, sifatsiz benzin quyilib, mashinasi ehtiyot qismlari ishdan chiqqan haydovchi 300-400 AQSh dollari miqdorida zarar ko'ryapti. Сhunki ehtiyot qismlar juda qimmat.


Xo'sh, nima sababdan orzusidagi mashinani minayotgan minglab fuqarolar kimlarningdir noinsofligi, mas'uliyatsizligi va nazoratning sustligi bois aziyat chekishi kerak? Bu holatlarning oldini olishga mas'ul tashkilotlar nega jim?


Xolida EGAMBERDIEVA,
“ISHONCH”


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 1004 11:15 | 26.10.2023