Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+3C

+3C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+3c

  • Hozir

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+3C

  • Hozir

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +3 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +6 +20

  • Juma, 14

    +7 +20

  • Shanba, 15

    +8 +20

  • Yakshanba, 16

    +7 +20

  • Dushanba, 17

    +12 +20

  • Seshanba, 18

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Iste'molga yaroqliligi shubha ostidagi noz-ne'matlar Ularning sifati bugun talabga javob beryaptimi?

Bozordan yoki do'kondan biron bir mahsulotni xarid qilar ekanmiz, uning sifatiga, ishlab chiqarilgan muddatiga ahamiyat qaratamiz. Sotuvchidan bu haqda so'raymiz. Tabiiyki, hech bir sotuvchi mijozlarga o'z mahsulotini yomonlamaydi. Aksincha, og'iz to'ldirib maqtaydi.
Iqtisod
1097 10:16 | 12.09.2023 10:16

Xo'sh, haqiqatan ham bozor rastalari yoki do'kon peshtoqlarida sotilayotgan mahsulotlar sifatlimi?


Shu va boshqa savollarga javob topish maqsadida Ishonch.uz sayti muxbiri bozor aylandi.


«Qaerga qo'yganimni bilmayman»


Aslida bozordagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati yuz foiz kafolatlangan bo'lishi kerak. Dehqon bozorlarida tashkil etilgan veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyalari orqali bozorda sotilayotgan mahsulotlarning veterinariya-sanitariya qoidalarida belgilangan normalarga muvofiqligi tekshirilishi va ijobiy xulosaga ega bo'lgan mahsulotlar sotilishi lozim.


Bu boradagi ishlarni o'rganish maqsadida Do'stlik tumani markazida joylashgan dehqon bozorida bo'ldik. Tadbirkorlar mahsulotni sotishga ruxsat beruvchi laboratoriya xulosalarini taqdim eta olishdi. Laboratoriya xonasi va ish jarayoni bilan tanishdik. Mutaxassis mahsulotlar sifati va tarkibini aniqlash uchun tekshiruvlarni o'z vaqtida o'tkazishini ma'lum qildi.


Paxtakor tumanidagi «EKO BOZOR»da yuqorida holatning aksini ko'rdik. Biz suhbatlashgan ayrim tadbirkorlar mahsuloti haqidagi kunlik tekshiruv natijalarini ko'rsata olishmadi. Ba'zi «uddaburon»lar esa sanani o'zgartirib qo'yishga ham ulgurishibdi.


– Bozorda kuniga tirikchilik uchun bir-ikki yashik pomidor sotaman, – dedi o'zini Shahodat Xolboeva deya tanishtirgan sotuvchi ayol. – Laboratoriyadan keladi, «tekshirishga» deb bir-ikkita pomidor oladi. Qo'limizga qog'ozni berib ketishadi.


– Bugun mahsulotingizning iste'molga yaroqliligi to'g'risida xulosa berishdimi?


– Bergan edi, qaerga qo'yganimni bilmayman.


Opa laboratoriya xulosasini topib bera olmadi. Xullas, butun bozor bo'ylab yurdik, ammo birorta sotuvchidan izlaganimizni topa olmadik. Qoyil...


Ishlamaydigan uskunalar kimga kerak?


Shundan so'ng laboratoriyaga yo'l oldik. U yerdagi holat, veterinariya-sanitariya ekspertizadan o'tkazish daftarlarining yuritilishi bilan tanishdik. Biroq daftarda shu kuni bozorga kiritilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari qayd etilmagan. Birorta mahsulotni tekshirish uchun ham namuna olinmagan. Ularning sifatini laboratoriya xodimlari o'z ko'zi bilan ko'rib chiqqan emish...


– Bu yerdagi uskunalarimiz deyarli ishlamaydi, – deydi bozor veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboranti Ziyoda Totliboeva. – Hatto reaktivlarni ishlatish uchun «pipetka» ham yo'q. Sut mahsulotlarining tarkibini o'lchaydigan «laktogen» apparati kerak.


Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, sut va sut mahsulotlari maxsus uskuna va reaktivlar bilan emas, ko'z bilan qarash va ta'mini tatib ko'rish bilan tekshirilar ekan. Vaholanki, yuqorida nomlari aytilgan mahsulotlar tez buziladi. Tekshiruv qoniqarli bo'lmagandan so'ng mahsulotning iste'molga yaroqliligi ham shubha ostida qolmoqda. Gap minglab insonlarning salomatligi haqida ketyapti, axir.


– Laboratoriya jihozlari byudjet mab­lag'lari hisobidan olib kelinadi, – deydi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriya mudiri vazifasini bajaruvchi G'aybulla Totliboev. – Talabnoma berganmiz, kelib qolishi kerak.


VSE laboratoriyalari faqatgina bozor ichida sotilayotgan mahsulotlar uchun javob beradi. Bozor darvozasidan tashqarida sotilayotgan meva-cheva, sut-qatiq kabi mahsulotlarning sifatini tekshirishi kerak bo'lgan mas'ul tashkilot esa hali yo'q. Bu vazifa biron tashkilotga topshirilguncha, insonlarning salomatligiga putur yetmasa bo'lgani. Ko'pgina oziq-ovqat mahsulotlari savdo do'konlari yoki ko'chadagi «yoyma rastalar»da sotiladi. Achinarlisi, iste'molchilarning o'zlari ham xarid qilayotgan mahsuloti sifati kafolatlangani bilan ko'pam qiziqishmaydi.


Qovun yemang...


Pishiqchilik davrida das­turxondan uzilmaydigan poliz mahsulotlarining tarkibi va sifatini o'rganishga harakat qildik. Sinov uchun esa yo'l yoqalarida sotilayotgan qovun va tarvuzlarni tanladik.


– Poliz ekinlarini tekshirganimizda qovundagi nitrat miqdori 172 mg\kg. chiqdi. Aslida qovundagi bu ko'rsatkich 90 mg\kg bo'lishi kerak. Demak, bu mahsulot iste'molga yaroqsiz, – dedi viloyat veterinariya-sanitariya mikrobiologiyasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriyasi bo'lim mudiri Adham Qudratov.


– Endi bu mahsulotni nima qilasizlar?


– Mahsulot dalolatnoma tuzilib, yo'q qilinishi kerak. Biroq bu bizning vakolatimizga kirmaydi. Tuman veterinariya va chorvachilik bo'limi xodimlari bu ishni amalga oshira oladi.


Sotuvchidan hududning «Veterinariya vrachini taniysizmi?» deb so'raganimizda «Abduraim degan yigit» degan javobni oldik. Vetvrach bir haftada bir sotuvchilardan «xabar» olib turar ekan.


– Poliz mahsulotlari ekilgan maydonlarda ham ahvol shu, – deydi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriya mudiri G'aybulla Totliboev. – Dalalarda ham qovundagi nitrat miqdori me'yordagidan 1-1,5 barobar ko'p. Bunga sabab shuki, dehqonlar kimyoviy o'g'itlardan haddan ziyod ko'p foydalanishadi.


Ma'lumot uchun: nitrat miqdori qovun tarkibida 90, tarvuzda esa 60 mg\kg. bo'lishi kerak. Mutaxassislarning fikricha, tanada ortiqcha to'plangan nitratlar o'tkir zaharlanish, taxikardiya, hazm qilish organlari saratoni va boshqa kasalliklarga sababchi bo'lishi mumkin ekan.


Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish orqali kelib chiqadigan xastaliklarning soni 200 dan oshiq. Birgina ich ketish (diareya) kasalligi sababli dunyoda har yili 1 million 800 ming kishi vafot etarkan. Shunday ekan, mahsulotlarni xarid qilishda ularning sifati va tarkibini tasdiqlovchi hujjatni so'rasak, talab qilsak, foydadan xoli bo'lmaydi.


Muqimboy ISMOILOV,
Ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 1004 11:15 | 26.10.2023