Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +7 +20

  • Juma, 14

    +7 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +6 +20

  • Dushanba, 17

    +10 +20

  • Seshanba, 18

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mehnat munosabatlari ijrosini ta'minlash qonunchilik palatasida muhokama qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo'mitasi hamda Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasining qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarining hududlardagi ijro etilishi holatini o'rganish yakunlari muhokama qilindi.
Iqtisod
1120 13:24 | 02.10.2023 13:24

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada “inson – jamiyat – davlat” tamoyili, ijtimoiy davlat qurish masalasi mustahkamlangan, Bosh qomusimizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari uch barobar ko'paytirilgan. Bugun Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar yangilangan Konstitutsiyamizda belgilangan “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to'la ro'yobga chiqarishga qaratilgan bo'lib, inson manfaatlarini mustahkamlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shu jumladan fuqarolar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda mehnatga doir huquqlarni ta'minlashga xizmat qilmoqda.


Xalqaro mehnat tashkilotining O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari qoidalari hamda xalqaro standartlar milliy qonunchiligimizda o'z aksini topmoqda va amaliyotga joriy etilmoqda.


Qo'shma yig'ilishda fuqarolarning qonunchilikda belgilangan mehnatga doir huquqlarini muhofaza qilish, sohaga oid qonunchilikning amal qilinishini ta'minlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratish hamda mehnat xavfsizligini kuchaytirishga doir masalalar ko'rib chiqildi.


Joylarda o'tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, olis hududlarda yoki alohida tabiiy sharoitlarga ega bo'lgan hududlarda (vaxta usulida) mehnat qilayotgan, shuningdek noqulay mehnat sharoitlaridagi ish bilan shug'ullanayotgan fuqarolar mehnatini rag'batlantirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi aytib o'tildi.


Shuningdek, yig'ilishda Suv ho'jaligi vazirligining yirik suv nasos stansiyalarida ishlayotgan fuqarolarning qonun hujjatlarida, shu jumladan Mehnat kodeksida, “Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida”gi Qonunda kafolatlangan adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga ega bo'lish, mehnat muhofazasini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi axboroti ham eshitildi.


Deputatlar tomonidan murakkab mehnat sharoitlarida faoliyat yuritayotgan fuqarolar mehnatini moddiy qo'llab-quvvatlash, ish haqi va ustamalarning to'lanishini ta'minlash hamda ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 1004 11:15 | 26.10.2023