“Afv hayotimni boshdan boshlash imkonini berdi”
Vokzalda poezd kutib o‘tirgandim. Yonboshimdagi yigit soat necha bo‘lganligini so‘radi. Yaqin o‘n yilda hech kimdan bunday savol eshitmaganim uchun unga hayron bo‘lib qaradim. Sochi taqirlab olingan, o‘n sakkiz -o‘t to‘qqiz yoshlardagi og‘zingina yigit, ishshayib o‘tirardi. Uning nimadandir qattiq xursandligini anglash qiyinmasdi. Nuqul atrofga boqib ishshayar, qo‘lidagi qora paketini aylantirardi.
Tuyqus hayolimga bu yigit qamoqdan kelmayaptimikin degan o‘y keldi. Istihola qilib, “Armiyadan qaytyapsizmi?” deb so‘radim. Yigitcha kim bilandir gaplashgisi kelib o‘tirganmi, shartta javob qaytardi.
“Zonadan qaytyapman. Afvga tushdim. O‘n etti yilga kesilgandim. To‘rt yilda chiqyapman. Prezidentimizga rahmat. O‘n etti yil qamoqda o‘tirganimda umrim o‘tib ketgan bo‘lardi. Endi hayotimni boshdan boshlash imkoniga egaman”.
Poezd kelguncha gaplashib o‘tirdik. Xato qilganini, pushaymonligini, orzulari ko‘pligini aytdi.
— Kutmagandim, to‘rt yilda chiqaman deb, hech o‘ylamagandim. Uydagilarga syurpriz qilmoqchiman. O‘n etti yil qayoqda-yu to‘rt yil qayoqda?! Afvga tushish osonmas. Qoidalarni buzmasdan, tartib-intizomga rioya qilish kerak. Bundan keyin yomon yo‘lga yurmayman. Qayta qamalishni istamayman.
Yigitchadan pul-mulingiz bormi, deb so‘radim. “Bor, uyga etib olishimga etarli pul berishdi”— dedi u. Har na deb ozroq pul, poezdda eb ketishga ul-bul berdik. Bizni kuzatib turgan bir-ikki kishi ham egulik uzatdi. “Shartmas, rahmat”, — ko‘rsatilayotgan ozgina eʼtibor, mehrdan yigitchaning mamnunligini porlayotgan ko‘zlari fosh qilardi.
Poezd keldi. Biz yigitga omad tilab, xayrlashdik.
Vagonga chiqib, joylashib olgach, Prezidentning afv haqidagi farmonini izladim.
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida 852 nafar shaxs afv etilgan. Ularning 604 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi, 115 nafari muddatidan ilgari shartli ozodlikka chiqarildi, 52 nafarining jazosi engilrog‘iga almashtirilib, 81nafar mahkumning jazo muddati qisqartirildi.
Demak, jinoyat sodir qilgan 852 nafar eldoshimiz o‘z hayotini qayta boshlash, yaqinlarining mehridan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi. Umid qilamizki, ular bu imkoniyatdan o‘rinli foydalanadilar.
Muhabbat TO‘RABOEVA
Ishonch.uz



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0