Har qanday yoshda miya faoliyatini yaxshilashning besh usuli
Ilgari olimlar balog'at yoshida miya salomatligi va kognitiv funktsiyani yaxshilashningimkoniyatlari juda oz, deb hisoblashgan. Ko'pchilik miya rivojlanishi erta bolalik davrida sodir bo'ladi va inson ma'lum bir yoshga etgach, uning miya faoliyati o'sha bolalik davridagi holati bilan ishlaydi, deb ishonishgan. Aslida esa, miya bolalik davrida eng moslashuvchan va o'rganishga qodir bo'lishiga qaramay, u hech qachon yangi aloqalarni yaratishdan to'xtamaydi. Buning uchun miya sog'lig'ini yaxshilashning beshta usuliga rioya qilish talab etiladi .
1. Muayyan mahsulotlarni tanlang!
Balanslangan ovqatlanish nafaqat tanaga, balki miyaga ham foyda keltiradi. Miyaning bir qismiga qo'shimcha ta'sir ko'rsatadigan ba'zi ovqatlar mavjud.
Masalan, qizil ikra, sel'dkabi yog'li baliqlar, yong'oq, ko'katlar juda foydali. Qahva — ko'k choy kabi ajoyib neyroprotektordir.Neyroprotektorlar – bu miya hujayralarini zararli ta'sirlardan himoya qilish, ularning o'limini oldini olish yoki hatto ish faoliyatini yaxshilash imkonini beruvchi vositalar.
Ortiqcha shakar va o'ta qayta ishlangan ovqatlardan voz kechish bir xil darajada muhimdir. Juda ko'p shakar va ba'zi qo'shimchalar tanadagi yallig'lanishni, jumladan, miyani kuchaytiradi va kognitiv pasayishga yordam beradi.
2. Etarlicha uxlang!
Uyquning buzilishi — hozirgi jamiyatda keng tarqalgan muammodir. Oqibati – surunkali uyqusizlik va hissiy charchashga olib keladi. Kam uxlash bilan siz miyangizni ma'lumotni qayta ishlash va tiklash uchun zarur bo'lgan dam olishdan mahrum qilasiz. Сhunki uxlayotganingizda, miyangiz yangi bilimlarni saqlaydi va toksinlardan xalos bo'ladi.
3. O'rganishdan to'xtamang!
Doimiy ravishda yangi narsalarni o'rganish miyaning yosh va sezgir bo'lishiga yordam beradi. Miya taassurotlar va stimulyatsiya tufayli yaxshi ishlaydi. Yangi tilni o'rganish yoki musiqa asbobini o'zlashtirish miyani rag'batlantirishning ikkita kuchli usuli hisoblanadi.
Shuningdek, epchillik va miya rivojlanishi uchun maxsus o'yinlar va yangi tajribalarni ham sinab ko'rishingiz mumkin. Bu san'at, musiqa, madaniyat bilan bog'liq tadbirlar bo'lishi mumkin.
4. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va o'zaro ta'sir haqida unutmang!
Sog'lom va muntazam ijtimoiy o'zaro ta'sir miya uchun juda muhimdir. Ijtimoiy aloqalar neyrokimyoviy moddalarning chiqarilishini rag'batlantiradi va miyaga idrokning keskinligini saqlashga yordam beradi.
Tengdoshlariga nisbatan kognitiv funktsiyalari rivojlangan keksa odamlar ishtirokidagi ko'plab tadqiqotlar muhim narsani ko'rsatdi: ular hamisha faol ijtimoiy hayot kechirganlar.
5. Muntazam mashq qiling
Miya salomatligini saqlashning samarali usullaridan biri — jismoniy mashqlar. Jismoniy faollikning etishmasligi, noto'g'ri ovqatlanish, etarli darajada uxlamaslik va stress — miya faoliyatiga ta'sir qilishi va unutuvchanlikka olib kelishi mumkin bo'lgan omillardir.
Jismoniy mashqlar qon aylanishini yaxshilaydi, stressni engillashtiradi va yaxshi uxlashingizga yordam beradi. Bu, o'z navbatida, kognitiv pasayishning engil alomatlarini oldini olishga yordam beradi. Jismoniy mashg'ulotlar borasida tanlov juda katta: yurish, velosipedda sayr qilish, baydarka, piyoda sayr qilish va toqqa chiqish singari ochiq tabiat qo'ynidagi mashg'ulotlar.
Shuningdek, miya sog'lig'ini yaxshilash uchun kuch bilan bajariladigan mashqlarning ta'siri yaxshi bo'ladi. Сhunki tana holatining o'zgarishi qon tomirlarining muvozanatni saqlash uchun yanada qizg'in ishlashiga olib keladi. Natijada, tomirlar yangi birikmalar va hujayralarni rag'batlantiradigan molekulalarni chiqaradi.
Anvarjon Halimov tayyorladi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0