Valyuta UZS
  • USD

    12 559.26-59.37

  • EUR

    14 413.01-103.46

  • RUB

    160.17-0.66

+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+32c

  • Hozir

    +32 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 20-June

+32C

  • Hozir

    +32 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +24 C

  • Juma, 20

    +32 +20

  • Shanba, 21

    +34 +20

  • Yakshanba, 22

    +35 +20

  • Dushanba, 23

    +35 +20

  • Seshanba, 24

    +35 +20

  • Chorshanba, 25

    +29 +20

  • Payshanba, 26

    +28 +20

  • Juma, 27

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Akmal Burxonov: Anonim kriptohamyonlar, sun'iy intellekt yordamida soxta ma'lumotlar tarqatish avj olmoqda

Bugun O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida «Raqamli transformatsiya davrida huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi zamonaviy chaqiriqlar va tahdidlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o'z ishini boshladi.
Jamiyat
87 14:53 | 19.06.2025 14:53

Ushbu konferentsiya 30 dan ortiq davlatdan kelgan 100 dan ziyod ekspertlarni — yetakchi olimlar, amaliyotchi mutaxassislar, sohaviy tashkilot va muassasalar vakillarini birlashtirdi. Konferentsiyada Huquqni muhofaza qilish sohasida fan va ta'lim, zamonaviy yondashuvlar va chaqiriqlar, raqamli kriminalistika va tergov faoliyatini tashkil etishning yangi usullari, raqamli davrda korrupsiya, jinoiy daromadlarni yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilinmoqda.


Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov:
–O'zbekistonda so'nggi yillarda raqamlashtirish jarayonlari keng qamrovli tarzda va shiddat bilan amalga oshirib kelinmoqda. Elektron hukumat, davlat xaridlarining avtomatlashtirilgan platformalari, onlayn reestrlar va raqamli xizmatlar nafaqat ma'muriy jarayonlarni soddalashtirdi, balki ochiqlik va hisobdorlikni ta'minlashning muhim vositasiga aylandi.Biroq, raqamli infratuzilmaning kengayishi bilan birga, yangi xavf-xatarlar ham yuzaga kelmoqda. Masalan, korrupsion harakatlar yangi texnologik muhitga moslashmoqda, korrupsiyaning an'anaviy huquqiy ta'riflarga ega bo'lmagan yangi shakllari paydo bo'lmoqda. Bu holat nafaqat texnik yechimlarni, balki korruptsiyaga qarshi kurash konseptsiyasini ham qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda.


Bugungi kunda kibermakonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilayotgan yangi formatdagi korrupsiyaviy harakatlarning guvohi bo'lyapmiz. Bunday harakatlar orasida avtomatlashtirilgan tizimlarda ma'lumotlarni soxtalashtirish, dasturiy algoritmlarga noqonuniy aralashuv, davlat xaridlarida raqamli til biriktirishlarni amalga oshirish, elektron izlarni yo'qotish, xizmat vakolatlaridan foydalanib qarorlarga ta'sir qilish kabilar shular jumlasidandir.


Bundan tashqari, tahlillar, raqamli korruptsiyaning transmilliy tus olayotganini ham ko'rsatmoqda. Masalan, offshor platformalar, anonim kriptohamyonlar, sun'iy intellekt yordamida soxta ma'lumotlar tarqatish, korrupsiya sxemalarini avtomatlashtirish orqali amalga oshirilayotgan harakatlarni sanab o'tishimiz mumkin.


Shu bois, O'zbekistonda ham "kibermakonda korruptsiya"ga qarshi tizimli yondashuvlarni ishlab chiqish ishlari boshlandi.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi Farmoni bilan kibermakonda korruptsiyaga qarshi samarali mexanizmlarni yaratish vazifasi belgilandi. Mazkur vazifa ijrosi doirasida maxsus normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4243 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat