Valyuta UZS
  • USD

    12 349.8735.16

  • EUR

    14 524.68-54.71

  • RUB

    148.15-0.11

+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+21c

  • Hozir

    +21 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 22-September

+21C

  • Hozir

    +21 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • Dushanba, 22

    +21 +20

  • Seshanba, 23

    +19 +20

  • Chorshanba, 24

    +20 +20

  • Payshanba, 25

    +22 +20

  • Juma, 26

    +22 +20

  • Shanba, 27

    +22 +20

  • Yakshanba, 28

    +23 +20

  • Dushanba, 29

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qarshidagi unutilayotgan “Sohil”

Yoxud Qashqadaryo daryosi bo'yidagi qurilganiga ko'p bo'lmagan xiyobon nega xarob ahvolga kelib qoldi?
Jamiyat
116 09:59 | 21.09.2025 09:59

– Shuncha yo'l yurib keldik, “Sohil”ni ko'rmay ketmaymiz, – deb oyoq tirab oldi mehmonlar, – deydi bir do'stimiz. – Ularga xiyobonning oldingi tarovati qolmaganini, u joylarga hozir odamlar bormasligini, bir xarob ahvolda ekanini aytsam ham ko'nishmadi. Meni adashyapti, deb o'ylashdi shekinli, telefondan katamaranlar, katerlar suzib yurgan, atrofi kafe va ko'ngilochar maskanlarga boy, gavjum maskan suratni ko'rsatishdi. “Ana, shu joyga olib bor”, zorlandi ular. Noiloj, shom qorong'usida “Sohil” tomon yo'l oldik. U yer qop-qorong'u edi. Attraktsionlar ishlamaydi, multfilm qahramonlarining haykallari ag'anab yotibdi. Har-har zamonda pana-pastqam joylarda turli yoshdagi juftliklarning sharpalarini anglab qolasiz. Restoran va tamaddixonalar yopilgan, ba'zilarining oynalari sinib yotibdi. Katamaranga chiqadigan joyni baliq ovchilari makon qilib olishibdi. Bu ahvolga kelib qolganini men ham bilmasdim.


Do'stim so'zini yakunlarkan, u yerning ochilish marosimida ishtirok etganim, shunday quvonchli voqeaga guvoh bo'lganim yodimga tushdi.


2016 yil 5 iyunda Qarshi shahrida Amir Temur ko'prigiga yondosh hududda barpo etilgan istirohat va dam olish majmuasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tgan, bu voqeadan voha ahli, ayniqsa qarshiliklar juda sevingan edi. Sababi ekologik muammolar girdobida qolgan, yoz oylarida jaziramadan jon saqlash uchun bir maskanga muhtoj bo'lgan aholi uchun bunday majmuaning barpo etilishi tom ma'noda tarixiy ahamiyat kasb etar edi.


Ochilish marosimida mas'ul rahbarlar so'zga chiqib, amalga oshirilgan ishlar xususida to'xtalib, ko'prik va uning atrofida tashkil etilgan xiyobon yanada ko'rkamlik kasb etishi uchun katta ishlar qilingan. Birinchi navbatda ko'prik milliy me'morchilik an'analariga xos tarzda qayta ta'mirlangan. Daryo o'zanlari to'lib, manzarali oqishi uchun 3 ta to'g'on qurilgan. Sohil bo'yidagi eski binolar o'rnida go'zal tabiiy manzara yaratilgan.


Shuningdek, 4 ta kema to'xtash joyi qurilgan, mingdan ortiq yoritish ustunlari o'rnatilgan edi. Daryo o'zaniga ko'rk bag'ishlayotgan 51 ta katamaran, 2 ta turistik kater qatnovi yo'lga qo'yilga, jajji o'g'il-qizlar uchun esa 4 ta attraktsion hamda bolalar maydonchalari ishga tushirilgan edi. Aholining madaniy hordiq olishi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida 14 ta kottej, 4 ta kafe-bar, 4 ta sun'iy qoplamali sport maydonchalari qurilgan edi. Qolaversa, 4 kilometrlik ichimlik suvi, 4,2 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari, 29,3 kilometr elektr ta'minoti va 144,8 ming kvadrat metr maydonni sug'orish tizimi ishga tushirilib, xiyobon to'liq ko'kalamzorlashtirilgan edi. Qariyb 68 ming kvadrat metr yo'laklarga beton plitalar yotqizilgandi. Daryo sohili bo'ylab zamonaviy dizaynda metall panjaralar o'rnatilib, majmuada qishda ayoz zabtini, yozda saraton taftini bosuvchi ko'rkam landshaft dizayni asosida 4 mingdan ortiq manzarali daraxt nihollari va butalar ekilgan edi. O'sha kezlarda aynan shu joyni istirohat va ko'ngilochar maskanga aylantirish ham tarixiy ahamiyat kasb etishi hisobga olingan edi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, mazkur ko'prik XIv asrda buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tashabbusi bilan barpo etilgan. Keyinroq esa Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan qayta ta'mirlangan. Ha, bu ko'prik o'tmish va bugunni bog'lab turgani bilan ham ahamiyatli. Uni bor mahobati ila olti yuz yildan oshiq yo'l bosgan tarix karvonini bog'lab turgan karvonsaroyga qiyoslash mumkin.


Vengr o'lkashunosi Vanberining “O'rta Osiyoga sayohat” asarida Qarshi shahri haqidagi ma'lumotlar uchraydi. Xususan, muallif “Qarshida ommaviy oromgohning mavjudligi meni juda hayron qoldirdi. Bunga o'xshash joyni na Buxoroda, na Samarqandda, hattoki Forsda ham uchratmagandim. Mazkur oromgoh daryo bo'yida joylashgan bog' bo'lib, u bir necha xiyobon va gulzorlarga ega”, deya ta'riflaydi. Vengr o'lkashunosi ta'rifini keltirgan maskanda qariyb o'n yillar oldin yanayam rohatbaxsh, zamonaviy qiyofa kasb etuvchi, Qarshi shahrining go'zalligiga o'zgacha shukuh bag'ishlovchi majmuaning barpo etilishi Amir Temur shaxsiga, qadimiy qadriyatlarimiz, tariximizga bo'lgan cheksiz hurmat va e'zozning amaliy ifodasi sifatida qabul qilingan edi. Bugun esa ushbu maskanga qadam bosishga iymanadi, kishi.


– Go'zal bir maskanga aylanganidan biz ham quvongandik, – deydi “Sohil”ga yaqin hududda yashovchi Otabek Arslonov. – Tan olish kerak, o'sha paytda nafaqat qarshida, balki viloyatimizda bunday puxta ishlab chiqilgan dizayn asosida birorta ham dam olish maskani qurilgani yo'q edi. Uch-to'rt yil bo'ldi, sekin-sekin bu joylar xarobaga aylanib bordi. Hozir to'g'ri, Qarshida istirohat bog'lari bor. Lekin u yerdagi muhit baribir “Sohil”ning o'rnini bosolmaydi. Istirohat bog'lariga oilaviy borib kelishingiz mumkindir, ammo “bizda shunday maskanlar bor”, deb boshqa viloyatlardan kelgan mehmonlarni yetaklab borib bo'lmaydi. U yerda ham zamonaviylikni, o'ziga xoslikni topish mushkul.


Darhaqiqat, qashqadaryoliklar “Sohil”ning tarovatini, uning mahobatini hali-hamon entikish bilan eslashadi. To'g'ri, viloyatda keyingi yillarda keng ko'lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, aholi yaxshi dam olishi, hordiq chiqarishi uchun birgina Shahrisabz tumanida amalga oshirilgan ishlarning salmog'ini bir jumla bilan ifodalab bo'lmaydi. Ammo tayyor majmuaning yo'qolib ketishiga jim qarab turish emas, uni ta'mirlash, qayta tiklash haqida bosh qotirish vaqti keldi, bizningcha. Ushbu istirohat va dam olish maskaniga viloyat mutasaddi rahbarlari e'tibor qaratishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.


Bahodir HALIMOV,
“Ishonch”



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 5022 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat