Valyuta UZS
  • USD

    12 349.8735.16

  • EUR

    14 524.68-54.71

  • RUB

    148.15-0.11

+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 22-September

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • Dushanba, 22

    +20 +20

  • Seshanba, 23

    +18 +20

  • Chorshanba, 24

    +19 +20

  • Payshanba, 25

    +20 +20

  • Juma, 26

    +20 +20

  • Shanba, 27

    +20 +20

  • Yakshanba, 28

    +22 +20

  • Dushanba, 29

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Yakshanba gadjetlarsiz kun

Bir qarashda, hayotimizda oilaviy uchrashuvlar uchun imkoniyatlar talayginadek tuyuladi. Bir xonadonda yashaymiz, bir dasturxondan taomlanamiz, hatto bir vaqtda uyga kirib-chiqamiz. Biroq aslidachi? Aksariyat uylarda yakshanba kuni ham har kim o'z dunyosi bilan band: farzand planshet yoki telefonda, kattalar televizor yoki ish qog'ozlari bilan. Bir xonada bo'lib turib, bir-biridan uzoqlashgan yuraklar ko'payib borayotganini kuzatamiz.
Jamiyat
88 09:38 | 21.09.2025 09:38

Zamonaviy hayot tezligi oilani bir vaqtning o'zida yaqin va uzoq qilib qo'ydi. Texnologiyalar orqali oila a'zolari bir-biri bilan tezkor xabarlashadi, lekin ko'zga ko'z qarab suhbat qurish ancha kamaydi. Oilaviy dasturxon atrofida har kimning qo'lida telefon tursa, uning mazasi qolmaydi. Bu holat nafaqat muloqot madaniyatiga, balki farzand tarbiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.


Ilgarilari yakshanba kuni bozorga chiqish, uyga kerakli mahsulotlarni olib kelish, keyin esa dasturxon atrofida yig'ilish yoki qarindoshnikiga mehmonga borish odat edi. Bu nafaqat kundalik ehtiyojlarni qondirish, balki oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi bo'lgan. Bugun esa bu odatlar yo'qolib borayotir.


Bir tanishim hikoya qilib berdi: “Har yakshanba farzandlarimni bog'ga olib chiqaman. Avval ko'p shoshilardim, ish qog'ozlarim bor, yig'ilishlarim bor deb. Keyin angladimki, ish bitadi, qog'oz topiladi, lekin farzandning bolalik yili qayta kelmaydi. Endi yakshanba kuni ular bilan o'ynash, suhbat qilish men uchun haftamning eng katta bayramiga aylangan”.


Yana bir bizga yaqin oila haftaning har yakshanba kunini “gadjetsiz kun” deb belgilagan. Avvaliga qiyin bo'lgan: telefonga qo'l uzatmaslik, televizorni o'chirish... Ammo vaqt o'tishi bilan ular orasida qiziqarli suhbatlar, shaxmat o'yini, qo'shiq aytish va hatto birgalikda taom tayyorlash kabi chiroyli odatlar paydo bo'lgan. Endi bolalar o'zlari bu kunni intizorlik bilan kutadi.


Shuning uchun ham yakshanba kunini qaytadan «Oila kuni» sifatida tiklash vaqti kelgan. Birga ovqatlanish, birga suhbat qilish, birga dam olish – bu nafaqat tarbiya, balki hayotiy kuch-g'ayrat manbaidir. Hafta davomida to'plangan charchoq va stressni eng yaxshi yo'qotadigan joy – oila davrasi.


Bilaman! Hozir shu maqolani o'qib, “haqiqatdan ham to'g'ri gaplar ekan, oila bilan vaqt o'tkazish kerak” deb ko'nglingizdan o'tkazayapsiz. Ammo shundan keyin ham boshingizni ko'tarib oila davrasiga qo'shilish o'rniga, yana telegramning navbatdagi sahifasini varaqlashga chog'lanyapsiz.


Dildora IBROHIMOVA
“Ishonch”


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 5022 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat