Poplik Nilufar opa – Paxta terimida bir haftada 4 million 500 ming so'm topdim
- Paxta terimida bir haftada 4 million 500 ming so'm topdim, — deb quvonch bilan so'zlaydi Pop tumanidagi "Yangiobod" mahallasidan “Ergashboy ota” fermer xo'jaligi dalalarida paxta terimiga o'z oilasi bilan chiqqan Nilufar opa Ubaydullaeva.
- Terim pullarini dalaning o'zidanoq tarqatishlari ham terimchilar ishtiyoqini oshirmoqda. Qishlikka zaxiramiz tayyor, endi qizimni to'y qilib, uzataman.
E'tiborlisi, mahalladagi u kabi ko'plab oilalar bir kunda 1 million so'mdan ortiq daromad topib, ro'zg'orlariga baraka kiritishmoqda.
Ma'lumot o'rnida: Qishloq xo'jaligi vazirligi bergan ma'lumotlarga ko'ra, bu yil mashina yordamida terilgan paxtaning 1 kg. uchun 1 373 so'm, qo'l mehnati bilan terilgan paxtaning 1 kg. uchun 2 000 so'm tavsiyaviy narx belgilangan.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0