Valyuta UZS
  • USD

    12 760.2154.42

  • EUR

    14 704.870.46

  • RUB

    160.080.88

+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+31c

  • Hozir

    +31 C

  • 10:00

    +33 C

  • 11:00

    +35 C

  • 12:00

    +36 C

  • 13:00

    +37 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +38 C

  • 16:00

    +38 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +27 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 16-June

+31C

  • Hozir

    +31 C

  • 10:00

    +33 C

  • 11:00

    +35 C

  • 12:00

    +36 C

  • 13:00

    +37 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +38 C

  • 16:00

    +38 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +27 C

  • Dushanba, 16

    +31 +20

  • Seshanba, 17

    +32 +20

  • Chorshanba, 18

    +35 +20

  • Payshanba, 19

    +33 +20

  • Juma, 20

    +30 +20

  • Shanba, 21

    +31 +20

  • Yakshanba, 22

    +32 +20

  • Dushanba, 23

    +31 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Qarz berdim va adashdim” – lafzsizlik nega urchimoqda?

“Qo'ling bilan berib, oyog'ing bilan olasan” – hoynahoy bu maqolni qarz berib, kuyib qolganlar o'ylab topgan bo'lsa kerak. Naqadar achchiq va alamli haqiqat. Achchiqligi shundaki, tinmay esga tushaverib, qarz olganni emas, berganni ko'proq azoblaydi. Alamli tomoni — pulingga qo'shib, yaqinlaring, do'st-birodarlaringdan, odamlarga bo'lgan ishonchingdan ayrilishing hech gapmas.
Jamiyat
1267 16:42 | 16.09.2024 16:42

Ijtimoiy so'rov o'tkazganimizda qarz berib dog'da qolgan ayrim yurtdoshlarimiz dardlarini doston qilishdi. Qarzga botganlar qancha, ololmay taqdirga tan berganlarchi – asti so'ramang.


(Ko'pchilik suhbatdoshlar shaxsini sir tutishimizni so'rashdi)


100 dollardek ko'rinmay ketgan do'stim...


– Ismim Otabek, Toshkent viloyatidanman. 2008 yilda surxondaryolik To'lqin degan qalin do'stimga 100 dollar qarz berganman.


Ungacha ham berib turardim, ammo hech vaqtida qaytarmagan. Shunga o'ylanib tursam, onasining oq sutini o'rtaga qo'ydi, “pastda nozik insonlar kutib turibdi, pulini qaytarmasam o'ldirib yuborishadi”, dedi. Gapimiz qulog'iga chalingan turmush o'rtog'im meni chaqirib, onasini oq sutini o'rtaga qo'ydi, chindan ham muhtojdir, berib turaqoling degachgina, ko'ndim. Bir hafta deb qarz olgan do'stim pasportini tashlab, izsiz yo'qoldi. Bir-ikki surishtirdim, ikki marta telefonini topib gaplashdim, ammo yo'q...


Shu bilan unutib yubordim. Ne ajabki, o'tgan yili bir qishloqdoshini uchratib qoldim. Aytishicha, To'lqin 15 yildan beri farzandsiz ekan, aroqqa ruju qo'yib, ishsiz yurganmish. Shu bilan boshqa ko'rishmadim...


15 yildan beri uzilayotgan qarz


2010 yilda ikki xonali uyimda vodiylik eng qalin kursdoshimning oilasi bilan 1 yilu 8 oy birga yashadik! Bir xonada mening oilam, bir xonada o'rtog'imning oilasi. Bankda bosh hisobchi edi. Bir kuni shoshilinch 1750 dollar kerak bo'lib qolganini, bir oyda uzishini aytdi. Qalin do'stmiz har holda, o'ylab ham o'tirmasdan tezda chiqarib berdim. Bir oy yaqinlashgach, to'satdan uyga kelmay, xotinini ham indamay olib chiqib ketibdi.


Tinchlikmikan deb, ishxonasiga so'rab bordim, bo'shab ketibdi. Ancha vaqt topolmadim. Bir kuni Qatortol bozoriga yo'lim tushib, kirib qolsam, ayoli paynet ishlatib o'tirgan ekan. So'rasam do'kon ochib, biznes qilayotganini aytdi. Topdim, gaplashdim, katta pulga tushib qolganini aytdi. Shuni tushuntirsang bo'lardiku, dedim qizishib. Qarzingni uzaman degan do'stim, mayda-maydalab 350 dollarchasini qaytardi va yana yo'qolib qoldi. Keyin bilsam, ishlari o'xshamay, Rossiyaga ketibdi.


Vaziyatni bilganimdan keyin... Allohga dedim, do'stimning ishi haqiqatan o'xshamasdan, imkoni yo'qligidan bermayotgan bo'lsa, men roziman, aksincha bo'lsa o'zingga soldim dedimda, qolgan pullarni unutdim.


Oradan yillar o'tib, 2019 yilda o'zi kelib qoldi. “Yaponiyaga ishlagani ketyapman, seni pullaringni birinchi bo'lib uzaman” deb, viza karta ochib menga tashlab ketdi. Shu bilan yana 5 yil yo'qolib ketdi...


Shuncha vaqt oralig'ida men ham, u ham 4 nafardan farzandli bo'libmiz, menda 2 o'g'il, 2 qiz, unda 4 ta qiz ekan. 2024 yilda 2 kilo go'sht va 4 ta non ko'tarib, o'rtakash do'stim bilan kirib keldi. Hazillashib, kirma uyga desam, yig'lab yubordi. Hech narsa bo'lmagandek, mehmon qildim. Va dardini aytib qoldi, ishlari o'xshamasdan 4 nafar qizi bo'laturib, ajrashib ketibdi. “Toshkentda ishlayapman, qolgan pullaringni qaytarmasam, ishlarim hech yurishmayapti”, deb ko'ziga yosh oldi.


Do'stim yana 600 dollar qaytardi, qolganini ham bermoqchi. Biz esa ayolim bilan oilani yarashtirishga kirishganmiz, qiyin, ammo urinyapmiz.


Qarz so'raganlarga hozir ham yo'q deya olmayman. Faqat o'zimga limit qo'yib olganman, toki qaytarishmasa oson bo'lishi uchun.


Marhum do'stim hurmati, indamadim...


Qalin o'rtog'imning (Alloh rahmat qilsin) ukasi viloyat kadastrida ishlaydi. Shu yil 29 fevral kuni meni so'rab keldi. Tinchlikmi desam, “Aka, bilasiz, bugun oyning oxiri, bankirlar uyimga kelib o'tiribdi, shoshilinch 22 million so'm berib turing, 10 kunda qaytaraman”, dedi. Berdim.


O'n kunga bergan pulimni qayta ko'rmadim. Orada sen-menga bordik, endi uka ham, pul ham yo'q. Marhum do'stim hurmati men ham indamadim...


Puldan kechdim, ammo yuragim og'ridi...


2018 yilda Otabek degan tanishim bir haftada qaytaraman deb, 17 mln so'm qarz so'radi. Xo'p, dedim — tutildim. Keyin munosabatlarimiz o'ta yomonlashdi. Shu darajaga yetdiki, erkakcha so'zining ustidan chiqmagach, farzandlarini o'rtaga qo'ydi. Shu joyida chidolmadim. “Beayb farzandlaringni aralashtirma”, dedim. O'sha kuni 1 mln so'mlik ayollar pampersini ko'tarib kelibdi, “tovar bilan bo'lsa ham bir haftada yopaman” deb, o'rtaga bolalarini tikib ketdi. Ayolim orqali amallab bir qismini sotdik.


Bir hafta o'tdi, telefonlarni ko'tarmadi. Xullas, o'sha gap — gap, puldan kechdim, faqat yuragim og'rib bir SMS yozdim. Allohga soldim, faqat beayb farzandlaringni Alloh panohida asrasin, qanday balo kelsa, o'zingga keltirsin ilohim dedim, qiyomatda ko'rishguncha deb qo'ydim. Va tamomila uni unutdim, u ham qaytib kelmadi. Qanday yashayotgan ekan bilmadim.


O'lganning qarzini kim qaytaradi?


Uzoq 1997 yilda Qirg'izistonning O'sh shahrida yashovchi xolavachcham saratonga chalinib qoldi. Toshkentdagi onkologiya institutiga olib kelib davolatdim. Xolam (onasi) Andijonning Marhamat tumani markazida yashaydi. O'sha paytda uning o'g'illari Rossiyada edi. Nargizani (xolavachchamni) davolatish uchun ikkita uchastkamni sotdim, kamiga bankdan kredit oldim.


“Qarz berib tur, ukamlar qaytaradi”, degandi Nargiza. Ukalari qaytarmadi. Nargiza o'lib ketdi. Bolalari katta bo'lib ketishgan, O'shda yashashadi. Ikki yil oldin o'g'illaridan pulimni qaytarishni so'rattirdim. Guvoh bilan kelsangiz, pulingizni beramiz, deyishdi. Xolamning guvohligi nevaralariga o'tmadi. Qarzni qiyomatda so'rayman, dedim o'g'illarga. Ular esa jim.


“Qattiq” divan


Kimligim sir bo'la qolsin. O'tgan yil oktyabrida o'zim anchadan beri orzu qilib yurgan divanni yasatish uchun telegram orqali tanish bo'lib qolgan jizzaxlik Salim ismli bir mebelchiga buyurtma berdim. Avval ham kichikroq bir buyum yasab bergani uchun unga ishonardim. Shuning uchun so'ragan so'ragan pulini oldindan berdim.


Uyimda mebelim yo'q, nogironman, ko'pchilik qatori yerda yotolmayman, sog'lig'im ko'tarmaydi. Xullas, divanga qo'shib, bir kishilik bitta karavotga ham buyurtma berdim. Noyabr keldi — mebeldan darak yo'q, dekabr keldi — haliyam kutyapman. Va nihoyat 29 dekabr kuni divanimni olib keldi. Сhala yasalgan, va'da qilingan (vaqtida olib kelmagani uchun) stoli yo'q, o'zim aytganday emas — eng yoqtirmagan rangimda... Karavotku umuman yo'q. Karavotsiz ham amallarman deb, uning pulini qaytarishini talab qildim. Mana, bergan pulimni hali ololmayman. Ikkinchi guruh nogironi, yolg'iz onaman, ishga layoqatsizman. Iltimos ham qildim, do'q urib ham ko'rdim, ammo foydasi yo'q.


Orada vijdoni uyg'onib, divanni olib ketib, boshka rang qilib keldi, ammo baribir men xoxlagan rangidan bo'lmadi ming afsus. Qarzini berolmagani uchun qoldiq taxtalardan stol, kichik komod va tryumo yasab olib keldi. Qarzimni tez kunda qaytaraman deb yozni boshida va'da bergan edi, kuz ham keldi.


Kimdir meni noshukurlikda ayblashi mumkin — ana, qo'shimcha mebel yasab beribdiku. Ammo asabiylashaverganimdan sog'lig'imga yetgan ziyon-chi?! Divandan ko'nglim to'lmadi, sovg'a bo'lganida mayli edi, ammo bu bir umr orzu qilib, yig'inib olgan narsang bo'lsa alam qilarkan. Hozir o'rtamizda bir yarim million so'm qolgan. Yozni boshida 2 mln edi, mayli sizga qiyin bo'lsa haftasiga 500 mingdan bering deb insoniylik qildim. Bir marta 500 ming berib, shu bilan qorasini ko'rsatmadi. Tunov kuni qarzini eslatib SMS yozdim, hali javob bergan emas. Nahot erkak kishi 1,5 mln so'm topolmasa, unda biz yolg'iz onalarga haykal qo'yish kerak ekanda, deb o'ylab qolaman.


Xullas, u bilan boshqa muomala qilish niyatim yo'q. Bunday vaziyatga tushmaslik uchun hech qachon oldindan pul bermang ekan. Qadriga yetishmas ekan. Birovni haqi buyurmaydi, ustani qarg'amadim, ustidan shikoyat ham yozmadim. Aksincha, Allohdan rizqimizni butun qilishni so'radim. O'g'limni amal-taqal qilib maktabga ham tayyorlab oldim. Yaratgan beraridan qismasin.


O'qing, ammo so'kmang – yoshligimga bordim


Ismim Abdurahmon, 22 yoshdaman, tojikistonlik o'zbek oilasidanman. 2023 yilning oktyabr-dekabr oylari oralig'ida bo'lib o'tgan o'sha voqealarni eslasam haligacha ichim tirnaladi. Aytishgayam uyaladi odam. Eh shunchalik ham sodda, go'l bo'lamanmi?!


Rossiyada el qatori ustachilik bilan shug'ullanaman. Odatdagidek ob'ektga plitka ishini bitirish uchun bordim, men bilan yonma-yon boshqa ustalar bruschatka bosishga kelishdi. Ishboshisi Qirg'izistonning Aravon shahridan, yordamchisi qashqadaryolik ekan. Ko'rinishidan yaxshi odamlarga o'xshadi, chiqishib ketdik. Qirg'izistonlik akaning ismi Almaz, chamasi 34-35 yoshlarda.


Qashqadaryolik Mahmud aka 30 yoshlarda. Qimor bilan shug'ullangani bois melisadan qochib, Rossiyaga kelganiga 2 kun bo'lgan ekan. Qimorga rosa berilipti bechora, totalizatorga ikki marta 8 ming dollardan tikib yutqazipti. Ancha o'zini oldirib qo'ygan. Menda esa Allohga shukr hammasi joyida edi, topishim ham, ishim ham joyida, ibodatimni qilib yurardim.


Kunlarning birida Almaz aka “suruv qo'ylarim yaylovdan qaytibdi, cho'ponga haqini berishim kerak, 15 ming rubl (180 dollar) qarz berib turolmaysanmi”, deb so'rab qoldi. Men sodda 15 mingmas, 25 ming chiqarib beribman. Bir yaxshilik qilay dedim-da. Yelkama-elka ishlayversang, yaqiningday bo'lib qolarkan, akaga ishonardim. Shu ishimizni tugatsak, qarzingni beraman degandi.


Keyin yana 10 ming so'radi, berdim. Biroq ishini tugatsa ham qarzini qaytarmadi, xo'jayinlar ishni qabul qilmapti, unisigayam ishondim. Ishlarimiz tugab tarqalishdik, u boshqa, men boshqa ishga ketdik. Ancha vaqt o'tib, qo'ng'iroq bo'lib qoldi, tanish raqam! Suyunib ketdim ochig'i. Qarzimni qaytarish qayoqda, yana 25 ming rubl qarz so'radi: birovni mashinasini urvorganmish. Tezda qaytaraman dedi. Nima deb javob berdim? Qanday qilib xo'p deb yuborganimni haliyam tushunolmay halakman. Yo men yoshligimga borganman, yo u pixini yorgan. O'rtamizdagi pullar Rossiyani pulida jami 60 000 mingga yetdi. Oylar o'tdiki, puldan darak yo'q.


Va nihoyat o'tgan yil noyabrida aloqaga chiqdi.


– Uka, bankdan kredit olib qarzingni qaytaraman desam, menga bermayapti, chunki oldingisini vaqtida uzolmagandim. Ammo bir oshnam o'rtaga tushib qarz olib bermoqchi, faqat uniyam bankda 36 ming rubl qarzi bor ekan, shuni to'lab yana 150 ming kredit oladi va senga beradi, shungacha hozir 40 ming kerak.


Haligi 60 mingni undirish dardida, kartasiga aytgan pulini o'tkazvordim. Odam o'z xatosidan xulosa qilmasa, botqoqqa battar botib ketaverarkan. Ming nadomatlar bo'lsinki, aldanganimni kech tushundim. Mana, qariyb bir yil bo'ldi, hali hamon va'da berishda davom etyapti, ammo qarzini uzgani yo'q. To'g'ri, insof berdimi yo boshqa maqsadi bo'lganmi, ozrog'ini qaytardi, biroq 85 000 mingi osilib turibdi.


Xullas, yoshligimga bordim, tajribasizlik qildim. Eng qimmat saboqni oldim. Hali hech kimga buncha qarz bermaganman, to'g'ri, dunyoni puli emasdir, ammo men buni topish uchun -14-18 daraja qahratonda ishlaganman. Eng alam qilgani, so'raganidan ortig'ini berib mardlik qilganimda, nomardlik qildi. Ba'zan shularni o'ylasam ichimda g'azab bilan alam va hasrat alanga oladi.


Millatchilikni yomon ko'raman, jirkanch illat! Ammo bitta nomard qalbimga shu jirkanch urug'ni sochgandek go'yo. Bitta qilgan yaxshi ishim uning haqida ma'lumot olganim bo'ldi. Qirg'izistondagi uyi qaerdaligini, pasport ma'lumotlarini bilaman. Balki yo'lim tushib qolsa, ustidan tegishli joylarga murojaat qilarman. Rossiyada bu ish ilojsiz, chunki o'zimning hujjatlarim joyida emas. Aytadiganim, chet elga chiqarkansiz, aslo mendek xato qilmang. Duch kelgan odamning so'ziga ishonmang, ayniqsa, gap pul haqida ketayotgan bo'lsa.


Ishonchim yo'qolib, qarz bermay qo'ydim


Kimligim sir bo'la qolsin. Yoshim 32 da. Erkak kishiman. Shukrki, Yaratgan topish-tutishdan qismagan, ro'zg'orim but. Pulim ko'pmasdir, ammo bir paytlar qarz so'rab turuvchi tanish-bilishlarga yo'q deyolmasdim.


Juda ko'p tanishlarimga har-xil miqdorda qarz berganman. 2015-2017 yillarda. Masalan, bir sinfdoshimga 7 yil avval 2000 dollar berganman. Hali olganim yo'q. Juda ko'pchiligi qaytarmagan. Kamiga nimaga qaytarishmayotgani sababini ham nasiya qilishgan. Oxiri qarz bergan odamlarimdan pulimni olishdan umidimni uzganman.


Qarzini qaytarmaganlar bilan munosabatlarimni o'zgartirmaganman, lekin ichimda ko'nglim qolgan. Hozir ko'pchilikka ishonchim qolmagani uchun qarz deyarli bermay qo'ydim.


Qarz bermoqchi bo'lganlarga aytadiganim: yostig'ingizda zaxira qilib qo'ygan pulingiz bo'lsa, bering. Zarur narsaga mo'ljallagan pulingizni aslo qarzga bermang, qaytmasligi ehtimoli bor. Qarz olayotganlarning hammasi ham abgor emas, sizga-menga o'xshaganlardan olgan pullariga ishlari yurishib ketayotganlar ko'p. Ammo qarzini qaytarishga imkoni bo'lsa ham qaytarmayotganlar topiladi. Ko'pchilik birovning haqidan qo'rqmay qo'ydi.


Qarz bergan – aybdor


To'rt yil avval amakimni o'g'liga 1000 dollar qarz bergandim. Qon-qarindoshlik haqqi, so'rashga istihola qilib, o'zidan sado chiqishini kutib yuruvdim. Yana sinfdoshmiz. O'tgan oy xotiniga mashina olib berdi. O'ziga kelib olibdida deb o'ylab, qarzini eslatdim. O'zimni ayblab qo'ydi – “topganiningda berasan degansan”.


“Topibsanu, mashina olding”, desam, “biz ham mashina minsak minibmizda”, dedi.


Men unga “oshinganingda ber”, degan edim. Mashina olsa oshingan bo'lmaydimi?


Berib kuyganlardan biri – menman!


2008 yil qo'shni qishloqda yashovchi tanishim 1 mln so'm qarz berib turing, 1 oyda qaytaraman, dedi. Markazdagi do'koniga olgan tovardan qarzini uzishi kerakligini aytdi. Muammosi hal bo'lsin, deb pulni berdim. Oradan oylar o'tdi, puldan darak yo'q. Xonadoniga borib, o'g'li va xotini ishtirokida pulimni berishni so'radim. “Beraman, sal shoshirmang” dedi.


Oradan 1,5-2 yil o'tib, qarz olgan akaxon to'satdan vafot etdi. O'sha yillari 1 mln so'mga 2 ta qoramol sotib olsa bo'lardi. Men shuncha puldan kecholmasligimni aytib, marhumning xotini va o'g'illariga bir necha bor uchrashdim. Beramiz, deyishdan nariga o'tmasdi. Bir kuni marhumning xotiniga: “Qarzdor marhumni oxiratiniyam o'ylang, opa” desam, “Eskichani sizdan yaxshi bilaman” deydi.


Oradan 15 yil o'tdi hamki, puldan darak yo'q. Marhumning bir o'g'li poytaxtda katta idorada ishlaydi. Bir o'g'li yangi-yangi mashinalar olib, imoratlar qurish bilan band. Na xotini, na o'g'illari otasining qarzini to'lashni o'ylamaydi.


Dadam rahmatli “Zoriqqan odamga qarz berish - katta savob” deyar edilar. Dadam vafot etgandan so'ng bir nechta qo'shni va tanishlar dadangizdan qarz olgandim, deb pul obchiqib berishgan. Dadamning o'gitimi yoki ko'nglim bo'shligidanmi, kim so'rasa, pulim bo'lsa qarz beraveraman. Ularning aksariyati o'z vaqtida qaytarishadi. Ammo yuqoridagi qabi muammoli holatlar ham bor.


Buni o'qiganlar meni rosa puli ko'p odam ekanda, deb o'ylasa, adashadi. O'zim oshib-toshib ketmaganman, hatto shaxsiy transportim ham yo'q bo'lsa-da pulim bo'lsa, qarz berib turishni yaxshi ko'raman.


Ko'rinadiki, bu masala chindan og'riqli. Eng ta'sirlisi – o'zaro ishonch susaygan. Yurtdosh, qarzingizni qaytaring!


Abror Zohidov,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Fayzulla

11:33 | 18.09.2024

Zoʻr yozilibdi

Maqolaga baho bering
5/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1118 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 756 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 1028 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 1036 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 10255 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 765 21:55 | 12.10.2024