+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Baxtiyor Mahmadaliev: Yoshlarning mehnat huquqlarini himoya qilish – bugungi kunning muhim vazifasi

Bugun Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar mehnat munosabatlari sohasida ham yangi bosqichni boshlab berdi.
Jamiyat
491 14:32 | 08.07.2026 14:32

Mamlakatimizda xususiy sektorning kengayishi, investitsiya muhitining yaxshilanishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishi mehnat huquqlarini xalqaro standartlar asosida taʼminlashni dolzarb vazifaga aylantirmoqda.


Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Mahmadaliev Toshkentda o‘tayotgan IndustriALL Global Union va Xalqaro mehnat tashkilotining ACTRAV byurosi hamkorligidagi submintaqaviy konferentsiya doirasida maʼlum qildi.


Uning taʼkidlashicha, bugun kasaba uyushmalari nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro maydonda ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, global kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur konferentsiyaning asosiy maqsadi mehnatkashlarni, ayniqsa yoshlarni kasaba uyushmalariga keng jalb etish, munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash va xalqaro tajribani ommalashtirishdan iborat.


— Bugun dunyodagi geosiyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mehnat bozoriga ham taʼsir ko‘rsatmoqda. Shu sharoitda xodimlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, yoshlarni kasaba uyushmalari harakatiga jalb etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi, — dedi Baxtiyor Mahmadaliev.


Uning qayd etishicha, yaqinda Xalqaro mehnat tashkilotining 114-sessiyasida qabul qilingan 193-konventsiya platforma bandligida mehnat qilayotgan xodimlarning mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan muhim xalqaro hujjat hisoblanadi.


«Markaziy Osiyoda aholining katta qismi yoshlardan iborat. Platforma iqtisodiyotida ham asosan yoshlar mehnat qilmoqda. Shu bois mazkur konventsiya ular uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi», — dedi u.


Baxtiyor Mahmadalievning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur konventsiyani ratifikatsiya qilish va uning normalarini milliy qonunchilikka bosqichma-bosqich joriy etishni maqsad qilgan. Bu jarayon ijtimoiy sheriklar — davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari hamkorligida amalga oshiriladi.


Shuningdek, konferentsiya Xalqaro mehnat tashkiloti va ACTRAV bilan hamkorlikda tasdiqlangan yillik tadbirlar rejasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etmoqda.


Tadbir doirasida ishtirokchilar Xalqaro mehnat tashkiloti, IndustriALL Global Union hamda qo‘shni davlatlar tajribasini o‘rganib, mintaqada munosib mehnat tamoyillarini yanada keng qaror toptirish yuzasidan o‘zaro tajriba almashmoqdalar.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7327 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat