Valyuta UZS
  • USD

    12 586.4154.63

  • EUR

    14 758.82220.7

  • RUB

    160.420.6

+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+22c

  • Hozir

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 29-June

+22C

  • Hozir

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • Yakshanba, 29

    +22 +20

  • Dushanba, 30

    +21 +20

  • Seshanba, 01

    +22 +20

  • Chorshanba, 02

    +24 +20

  • Payshanba, 03

    +25 +20

  • Juma, 04

    +28 +20

  • Shanba, 05

    +26 +20

  • Yakshanba, 06

    +27 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Buxoro hokimi ishdan ketishi kerak ” — Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori

Jamiyat
925 10:21 | 24.06.2025 10:21

So'nggi kunlarda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning ma'sullarga xususiy bog'chalarni sud qarorisiz buzishni, hattoki “ichidagi odamlari bilan ko'mib yuborish”ni buyurgani muhokamalarga sabab bo'ldi. Bu holatda fuqarolar tahqirlangani va ularga nisbatan tahdid qilingani inson huquqlari va axloq mezonlari nuqtai nazaridan jiddiy savollarni o'rtaga qo'ydi. Shu munosabat bilan biz Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjaeva bilan bog'landik.


Hokimning chiqishini inson huquqlari posponi sifatida siz qanday qarshi oldingiz?


Men nafaqat inson huquqlari sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassis sifatida, balki oddiy fuqaro sifatida ham vaziyatdan hayratda qoldim. Bu shunchaki shaxsiy fikr emas, balki rasmiy shaxsning, davlat hokimiyati vakilining chiqishi. Uning og'zidan chiqqan har bir so'z — jamoatchilik oldidagi bayonot sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun nutqda qanday mazmun, qanday kayfiyat bor — bu juda muhim. Achinarlisi, bugun so'kong'ich rahbarlar nafaqat erkaklar orasida, balki ayol rahbarlar ichida ham uchramoqda. Bu borada menga ham ba'zi murojaatlar yetib kelgan.


— Bu holatni inson huquqlari nuqtai nazaridan qanday baholaysiz?


— Birinchi navbatda, buni inson sha'ni va qadr-qimmatini mensimaslik deb baholash mumkin. Hokimiyat tilida shafqat bo'lishi kerak. Hokim Prezidentimiz ta'kidlaganiday, xalqqa xizmat qiluvchi, uning dardini tinglovchi, ehtiyojini tushunadigan shaxs bo'lishi kerak. Aks holda, odamlar orasida hokimiyatga nisbatan ishonch yo'qoladi. Bu esa butun tizimning zaiflashishiga olib keladi. Umuman, bu – xavotirli signal. Agar mansabdor shaxslar jamoatchilik oldida tahdid bilan gapirsa, bu ertangi kunimiz uchun juda salbiy tendentsiyaga yo'l ochadi. Undan tashqari, bu boshqa amaldorlarga ham “men ham shunday gapirsam bo'ladi”, degan xulosa kelishga sabab bo'lishi mumkin. Shu bois, bunday chiqishlar huquqiy va axloqiy jihatdan baholanishi shart.

–Agar shunday vaziyat boshqa demokratik mamlakatda sodir bo'lganda hokimga nisbatan qanday chora ko'rilgan bo'lardi?

–Menimcha, ishdan ketgan bo'lardi! Bizda ham shunday bo'lishi kerak deb hisoblayman. Inson huquqlari va demkoratiya instituti direktori, hamda shu mamlakatning bir fuqarosi o'laroq, hokim o'z xohishiga ko'ra, ishdan ketishini talab qilaman. Shu bilan birga, davlat amaldorlari uchun muloqot madaniyati, inson huquqlari bo'yicha maxsus o'quvlar tashkil etilishi kerak. Сhunki hokimiyat — faqat buyruq berish emas, balki tinglash va tushunish madaniyati hamdir.


— Nima uchun bunaqa chiqishlar jamiyatda shuncha muhokamaga sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?


— Сhunki jamiyat endi o'z qadr-qimmatini anglab bormoqda. Odamlar hokimiyatdan shafqat, adolat, ochiqlik kutyapti. Ammo hokimdan tahdid va kamsitish eshitgan odamlar o'zini himoyasiz his etadi. Bu holat ularning huquqiy ongini, davlatga bo'lgan ishonchini izdan chiqaradi. Har bir hokimiyat vakili — davlatning yuzi. Uning tili, so'zi, munosabati orqali xalq davlatni baholaydi. Agar davlat tili tahdid tiliga aylansa, xalq davlatdan uzoqlashadi. Biz insonni markazga qo'yish, uning sha'nini himoya qilish tamoyilini davlat siyosati darajasiga chiqarishimiz kerak. Yangi O'zbekistonda bugun qanchadan-qancha o'zgarishlar bo'lyapti. Yurtimizga dunyo hamjamiyatining qiziqishi ortib boryapti, ayni damda vatanimizda har qadamda nufuzli xorijiy investorlarni ko'rasiz. Buxorodagi kabi noxush xabarlar mamlakatimiz nufuzini ular nigohida tushirishi mumkin.


Maftuna Karimova suhbatlashdi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4400 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat