DXX kubogi – 2024: Musobaqaning g'olib va sovrindorlari aniqlandi
Futbol va mini futbol maydonlarida respublika bo'ylab 251 mingdan ziyod o'g'il-qizni birlashtirgan, “Sog'lom yoshlar – Yangi O'zbekiston kelajagi” shiori ostida tashkil etilgan ommaviy musobaqa haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Сhunki bunda sizning mahallangiz jamoasi ham ishtirok etgan.
Ha, to'g'ri angladingiz, bu “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasi edi. Ana shu yirik turnir o'z nihoyaisga yetdi. Quyida g'olib va sovrindorlar bilan tanishing:
O'g'il bolalar, mini-futbol:
1-o'rin. “Yangi avlod” (Qashqadaryo viloyati)
2-o'rin. “Dambog'” (Namangan viloyati)
3-o'rin. “Jo'rabod” (Buxoro viloyati)
Qizlar, mini-futbol:
1-o'rin. “Qarshi” (Qashqadaryo viloyati)
2-o'rin. “Сhinoz” (Toshkent viloyati)
3-o'rin. “Arnasoy-W” (Jizzax viloyati)
O'g'il bolalar, futbol:
1-o'rin. "Arabxona" (Qashqadaryo viloyati)
2-o'rin. "Oq ovul" Toshkent viloyati)
3-o'rin. “Poloson” (Andijon viloyati)
Shuningdek, eng yaxshi o'yinchilar ham aniqlandi.
Mini futbol bo'yicha:
“Eng yaxshi o'yinchi” – Turniyozov Ma'ruf (Qashqadaryo viloyati)
“Eng yaxshi to'purar” – Qaxarov Abdurashid (Namangan viloyati)
“Eng yaxshi darvozabon” – Rashidov Behruzjon (Buxoro viloyati)
Qizlar, mini-futbol:
“Eng yaxshi o'yinchi” – Anarbaeva Sabrina (Jizzax viloyati)
“Eng yaxshi to'purar” – Mahmudova Diyora (Toshkent viloyati)
“Eng yaxshi darvozabon” – Ergasheva Sarvinoz (Qashqadaryo viloyati)
O'g'il bolalar, futbol:
“Eng yaxshi o'yinchi” – Shohnazarov Qahramon (Qashqadaryo viloyati)
“Eng yaxshi to'purar” – Habibullaev Hikmatilla (Toshkent viloyati)
“Eng yaxshi darvozabon” – Madaminov Shahzod (Toshkent shahri)
Eslatib o'tamiz, yespublika bosqichida o'g'il bolalar o'rtasida futbol va mini-futbol bo'yicha g'olib bo'lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o'rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o'yinlari uchun mo'ljallangan), 3-o'rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko'cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida g'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Barcha g'olib va sovrindor jamoa a'zolariga diplom, medal', sport kiyimlari va noutbuk topshirildi.
E'tibor qilinsa, qashqadaryolik mini futbolchilar o'g'il va qizlar o'rtasida, shuningdek, futbol bahslarida “DXX kubogi”ni qo'lga kiritishdi. Bu esa “Nasaf” va “Sevinch” futbol jamoalarining muvaffaqiyati tasodif emasligini, vohada futbol ommaviy tarzda rivojlanayotganini ko'rsatadi.
Akmal Abdiev, ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0