Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 948.10-9.04

  • EUR

    14 696.09-6.38

  • RUB

    156.930.37

+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+31c

  • Hozir

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 29-April

+31C

  • Hozir

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +19 C

  • Seshanba, 29

    +31 +20

  • Chorshanba, 30

    +25 +20

  • Payshanba, 01

    +28 +20

  • Juma, 02

    +29 +20

  • Shanba, 03

    +33 +20

  • Yakshanba, 04

    +33 +20

  • Dushanba, 05

    +35 +20

  • Seshanba, 06

    +35 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Futbolda yana yutqazdik. O'zbekiston qaysi sport turida yetakchi bo'lishi mumkin?

An'ana buzilmadi, Qatar maydonlarida to'p surgan futbolchilarimiz ancha umidlantirishgan bo'lsa-da, baribir yutqazishdi. Shunday pallalarda savol tug'iladi – futbolni-ku eplay olmas ekanmiz, unda qaysi sport turlarida g'olib bo'lishimiz mumkin?
Sport
1181 15:18 | 06.02.2024 15:18

Bu savol bilan mushtariylarga yuzlandik va juda qiziqarli javoblar oldik. Ko'pchilik o'z fikrini hazil aralash bildirgan bo'lsada, ma'lum umumiylik ham sezilib turadi. Shu bilan birga tahliliy yondoshuvlar ham bitilgan bo'lib, bu alohida o'rganishga ham arziydi.


Jumladan, shoir Zohidjon Olov shunday fikrlar bildirgan:


– Biznikilar to qiyomatgacha yakkakurashlarda g'olib bo'ladi! Jamoaviy bahslarda esa hech narsaga erisholmaydi. Futbol shular jumlasidan. Nega? Сhunki o'zbek millatining tabiatida individualizm kuchli, xudbinlik ustivor. O'z+bek, ya'ni u o'ziga bek, o'zi uchun o'zi qayg'uradigan xilidan. Jamoaviy o'yinlarda esa uning nomi yarq etmaydi, kimgadir to'pni oshirish, uning shuhrat qozonishiga yordamlashish og'irlik qiladi. Gol bo'lsa-bo'lmasa, o'zim tepsam deyishining boisi shu.


* * *


Javohir Abdumannon:


– Birorta sport turida yetakchi bo'lolmaydi. Umuman biror sohada yetakchi bo'lish imkonsiz. Korruptsiya, nepotizm urchigan yerda biror nima unmaydi. Boks, shaxmat va shunga o'shagan bir kishining ta'siri sabab ma'lum muddat yuqorilash bu yuksalishni anglatmaydi. Xullas hammasi bekor.


* * *


Dilmurod Parpiev:


– 2003 yillarda “Xalq so'zi” gazetasida ishlaganimda, bir psixologning maqolasini tarjima qilgandim. Unda aytilishicha, mamlakat sportchilarining qaysi sport turida muvaffaqiyat qozonishi, barmoq uchidagi chiziqlar bilan bog'liq ekan. Barmoq uchidagi chiziqlar qanchalik zich bo'lsa, ommaviy sport turlari, deylik futbol, voleybol, basketbolda ko'proq zafar quchisharkan. Bunday insonlar, ya'ni barmog'i uchidagi chiziqlar zich insonlar ko'proq shimoliy yarimsharda yashovchilar ekan. Haqiqatdan ham, Yevropa davlatlari bu kabi sport turlarida doim muvaffaqiyat qozonib kelishgan. Aksi, ya'ni barmoq uchidagi chiziqlar siyrakroqlar yakkakursh sport turlarida zafar quchishi ko'proq kuzatilarkan. Bu o'sha psixolog tomonidan ko'p kuzatilib, xususan, janubiy yarim sharda yashovchi insonlar sportning boks, karate, taekvondo, kurash, dzyudo turlarida doimo g'alaba qozonishi kelishgan.


Demak, O'zbekiston sportchilari ham ko'proq yakkakurash turlarida zafar quchishiga ishonaman. Dzyudoda yaponlarga bas kelishimiz qiyin. Lekin og'ir atletika, boks turida nafaqat qit'aning, balki jahonning eng yetakchi mamlakatiga aylanishimiz mumkin.


Og'ir atletika, hozircha, asosan og'ir vaznlarda yutuqlarga erishayotgan bo'lsakda, lekin yengil vaznlarda ham umid ortib bormoqda. Aynan yoshlardan bu toifada supachaga chiquvchi sportchilarimiz borgan sari kuchayib, qit'ada tengsiz bo'lib borishmoqda.


* * *


O'ktam Qo'ldoshev:


– Belbog'li kurash, shaxmat musobaqalarida, individual bo'lgan boks, dzyudo bo'yicha yaxshi imkoniyatlarga egamiz.


* * *


Dovud Gazi Benli, Turkiya:


– O'zbek sporti boks, kurash, taekvando, badiiy gimnastika kabi yo'nalishlarda o'zini ko'rsata oladi.


* * *


Murod Nabixonov, Muzaffarxo'ja Hoshimov, Muhsin Abdumalik, Zafar Yoqubov, Akmal Botirov, Hamza Toshovlar fikricha:


– Shaxmat va boks bo'yicha peshqadammiz.


* * *


Otabek Qo'shboqov:


– Nogironlar sportining barcha turlari bo'yicha.


* * *


Dilshodjon Abduvohidov, Abdulhamid Salohiddin, Shohinur Mirzaev, Iftixor Ixtiyor o'g'li:


– Yakka kurashli sport turlarida. Misol uchun boks. Сhunki o'zbeklarda birlashish yo'q. Bu sportga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Jamoaviy sportda, misol uchun futbolda biznikilar uzoqqa bora olmaydi hali beri. Сhunki o'zim bo'lay deyish kuchli bizda.


* * *


Husan Suvonov, Elyor Jamilov, Husniddin Berdiev juda o'xshash fikrlar bildirishgan:


– Milliy yoki yakkakurash. Сhunki bizda sportning yakkalik turlari rivojlangan va bizni hududda vujudga kelgan agar yagona bo'lmasa, kam sonli sport turlaridan. Atamalari xam o'zbekcha chala, yonbosh, halol kabi.


* * *


Ayubxon Karimov:


– Agar testosteronimiz yuqoriligini hisobga olsak, kanoe va baydarkadan jahon chempioni bo'lishimiz mumkin


* * *


Shuhrat Valiev:


– Qaysi sport turiligining farqi yo'q yutib kelganda 200 ming dollar, uy, mashina berilsa, hamma sport turidan yetakchi bo'ladi. Faqat sharoit va saralashda halollik bo'lishi kerak.


* * *


Shohrux Niyozov, Azizbek Madrahimov:


– Sportchilarimiz asosan yakkakurashlarda kuchli.


* * *


Bahodir Suyarov:


– Boks bo'yicha AIBA reytingida birinchi o'rinda. Professional boksda ham ilgarilash bo'layapti, 2-3 yilda ancha reytingda bilinadi. O'zbek milliy kurashida ham birinchi. Shaxmat ham rivojlanayapti, dunyo bo'yicha O'zbekistonning o'z o'rni bor. Dzyudo, sambo, muaytay, taekvonda bo'yicha ham alohida o'rni bor. MMA bo'yicha endi ilk qadamlar boshlandi, bu sport turi bo'yicha ham yaqin kelajakda chempionlar chiqadi. Og'ir atletikada sportchilarimiz ancha yuqori o'rinda turadi.


* * *


Alisher Rahimov:


– Daraxt kesish bo'yicha.


* * *


Mahmud Qodirov:


– Osh tayyorlash va yeyish bo'yicha.


* * *


Olimjon Imomov:


– Shifokorlarni kaltaklash sportida.


* * *


Dilorom Davron Qizi:


– Yolg'on gapirishda.


* * *


Alisher Bek:


– Osh chempionatida.


* * *


Burhon Dehqonboev:


– Qarsak chalish bo'yicha.


* * *


Davronbek Hoji:


– Qaysi sport turiligini bilmaymanu, lekin radar o'rnatish va firibgarlik bo'yicha yetakchi o'ringa chiqishi aniq.


* * *


Komil Jumaev, Javlonbek Boymatov:


– Futbol bo'yicha nogironlar terma jamoamiz. Ular imkoniyati cheklangan bo'lsada, jahon chempionatida mashhur davlatlar terma jamoalarini dog'da qoldirmoqda.


* * *


Komiljon Rahimjonov:


– Futbolga yaxshiroq e'tibor berilsa, albatta chempion bo'lamiz. Xudo xohlasa!


* * *


G'ulomjon Ikromov:


– Qilichbozlik. Сhunki maktabi jahon standartida jihozlangan.


* * *


Ilhom Umarov:


– Tosh ko'tarish


* * *


Sayyora Tursunova:


– Hamma yakkakurash, o'zi uchun harakat qiladi, deb fikr bildiryapti. Jiyanim kollejni bitirayotganida yunon-rum kurashi bo'yicha maydonga chiqdi. U paytda uch davra o'ynalar edi. Ikkitasini o'z kuchi bilan yutgan, bittasi parkur qilinib durang bo'lgan va 2-1 deb e'lon qilingan. Buni o'sha yillar “Sport” kanalidan ham ko'rsatgan. Lekin keyin, buni alohida chaqirib, noto'g'ri hisoblabmiz, deb raqibini g'olib sifatida e'lon qilishgan. Сhunki u yutuq institutga to'g'ridan-to'g'ri yullanma edi. Juda ko'p tirishqoq, kuchli, haqiqatan yutuqlarga erisholadigan sportchilar shu boshlang'ich yo'llarda nohakliklar bo'lishi bilan o'ziga ishonchi yo'qoladi.


* * *


Nozima Rizaeva:


– Boks buyicha, sababi bugungi kungacha o'ndan ortiq bokschining yuqori natijasi bor. Shaxmat bo'yicha esa bor yo'g'i to'rt kishi, adashmasam.


* * *


Darmon Ibragimov:


– Yetakchi bo'lishi qiyinov, lekin yetakchilardan biri bo'lishi mumkin bo'lgan sport turlari bor. Bular – olimpiya sport turlaridan boks va dzyudo, noolimpiya sport turlaridan kikboksing.


* * *


Otabek Eshmamatov:


– Faqat kurashda. Сhunki bu sport turining vatani — O'zbekiston. Boks, dzyudo, sambo kabilarda ham yetakchi bo'lishimiz mumkin.


* * *


Najjar Vatid:


– Markaziy Osiyo nisbatan issiq va cho'lli zona bo'lgani uchun bizda ot sporti rivojlanishi mumkin. Qolaversa, ot bizlar uchun begona emas, poyga, ko'pkari o'yinlarimiz bor. Faqat muammo shundaki, o'sha o'yinlar dunyo miqyosida yuqori o'ringa chiqmagani. Faqat Markaziy Osiyo davlatlari orasida ommabop.


WNG - World Nomad Games nomi ostida o'ynatilishi bundan mustasno. Demoqchi bo'lganim, o'zimizning uloqchi-otchoparlarimizni zamonaviy ot sport turlariga o'rgatishimiz kerak.


* * *


Sherbek Shukur:


– Boks. Сhunki hech qaysi amaldor latta bolasini yoki jiyani kaltak yeyishni xohlab terma jamoaga tiqishtirmaydi. Ikkinchisi shaxmat, shaxmatni esa boyning bolasi o'ynamaydi


* * *


Maqsud Xolmatov, Fozil Farhod:


– Induvidal sport turlarining barchasida, ayniqsa boks va kurash turlarida so'zsiz g'oliblikni qo'ldan bermasligimiz mumkin. Lekin jamoaviy o'yinlarda imkonimiz yo'q.


* * *


Muhsin Sharobiddinov:


– Faqat yakkakurashda. Jamoaviy turlarda hech qachon chempion bo'la olmasak kerak. Сhunki tarqoq va qo'rqoqmiz. Mahallada pul yig'ib, biror narsa qiladigan bulsak bir ikkitasi faollik ko'rsatadi. Qolganlari qo'shilgisi kelmaydi yoki kelishib qo'yilgan ishning ham pachavasini chikaradi. Ota-onalar majlisigayam, mahalla yig'inigayam, saylovda qatnashishgayam passivmiz. Boksdan oldindaligimiz Allohdandir, menimcha.


Xulosa qilib aytish mumkinki, jamoaviy sport turlari bo'yicha natijalarga ko'pchilik umid ham qilmay qo'ygan. Shu bilan birga yakkakurashlar bo'yicha optimistik qarashlar bor. Bu borada mutasaddilar yanada chuqurroq o'rganishlar olib borib, zarur qarorlar qabul qilishsa arziydi.


Abror Zohidov




Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Sport
Kayfiyat fasli
0 1378 11:23 | 02.10.2023
Sport