Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 965.34-14.82

  • EUR

    14 525.07-81.5

  • RUB

    161.34-0.29

+20C Toshkent Shahri

+20C Toshkent Shahri

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • 06:00

    +20 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +27 C

  • 09:00

    +31 C

  • 10:00

    +34 C

  • 11:00

    +35 C

  • 12:00

    +37 C

  • 13:00

    +37 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +38 C

  • 16:00

    +38 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +34 C

  • 20:00

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 16-May

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • 06:00

    +20 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +27 C

  • 09:00

    +31 C

  • 10:00

    +34 C

  • 11:00

    +35 C

  • 12:00

    +37 C

  • 13:00

    +37 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +38 C

  • 16:00

    +38 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +34 C

  • 20:00

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Juma, 16

    +20 +20

  • Shanba, 17

    +19 +20

  • Yakshanba, 18

    +19 +20

  • Dushanba, 19

    +16 +20

  • Seshanba, 20

    +12 +20

  • Chorshanba, 21

    +15 +20

  • Payshanba, 22

    +18 +20

  • Juma, 23

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Kayfiyat fasli

Fasllar almashayotgan kezlarda inson umrining naqadar o'tkinchi ekanligi haqida o'ylaysan kishi beixtiyor. Shu ma'noda, sentyabr' kuzning boshqa oylaridan farqli o'laroq, juda ko'p jihatlari bilan har tomonlama farqlanib turishi e'tiborlidir.
Sport
1427 11:23 | 02.10.2023 11:23

Ayrimlar sentyabrni keksalik tomon qo'yilgan ilk qadamga qiyoslashadi. Yo'ldagi tasodifiy hamrohim maktabga borishni istamay, zo'rg'a qadam tashlayotgan jajji bolakayning qo'lidan tutib, sudrab ketayotgan mehribon opaga o'xshatganda nimalarni his qilgani yolg'iz o'ziga ayon.


Bir do'stimning «Sentyabrga huzun yarashadi. Huzunimizga esa duo munosib», degani yodimga tushadi.


Sentyabr' har kimning tasavvurida o'ziga xos iz qoldirgani uchun ham yanada jozibalidir balki...


Bahorni yomg'irsiz tasavvur qila olmaymiz. Bahor yomg'irlarida hatto soyabonsiz ham quvnab, yayrash mumkin. Lekin nimaga sentyabr' yomg'irining kishiga ta'siri undan-da kuchli? Axir sentyabrda yomg'ir yog'ayotganda hech kim raqsga tushmaydi-ku. Yoki quvonch va qayg'u haqida uzundan-uzoq hikoyalar aytadimi bizga sentyabr' yomg'irlari?


Qiya ochilgan derazadan tashqariga qarab yomg'irli kunda ko'rganingiz – onda-sonda ona daraxtni noiloj tark etayotgan yashil barglar, yuzlaringizga iznsiz urilayotgan tomchilar, qo'shni ayolning pushtirang ko'ylakda yo'lakka chopib chiqqancha qaytib, qalinroq kiyinib ko'rinish bergani – hamma-hammasi sirli voqealar singari kayfiyatingizga ta'sir qiladi...


Sentyabr' yomg'irlari haqida fikrini so'raganimda bundan yigirma yillar oldin uni yolg'onchi oshiqqa o'xshatgan eng yaqin insonlarimdan biri «Mehr so'zlanmaydi», degandi menga qat'iy... Bu javob menga juda manzur bo'lgan bo'lsa-da, qandaydir, balki faqatgina men uchun hamon mavhum va sirliday tuyulaveradi...


Shundan buyon sentyabr' kayfiyat fasli ekanligiga har doim ishonib kelaman. Bu ishonch shu darajadaki, hatto sokin xiyobonlardagi (mening tasavvurimda) mahzunlik ham menga quvonchdan unsiz hikoyalar so'zlayotgandek tuyulaveradi.


Nihoyat, xiyobon bo'ylab yolg'iz va piyoda sayr qilarkanman, telefonimdan har doim eshitib yuradiganim, «Nahotki yana kuz?!», deya boshlanadigan she'r sehridan yana mutaassir bo'laman. Butun taassurot va tuyg'ularim kuzning diydoriga mahliyo bo'lib, jozibali ovozi bilan bu faslni mukammal tavsiflashga erishgan shoira qizning hayratlariga qo'shilib ketadi...


Sherzod ABDUSAMADOV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Sport