“ASIAN CUP-2024” da uch nafar o'zbekistonlik bolalar g'olib bo'ldi
Navoiy shahrida 3-4 fevral kunlari mental arifmetika bo'yicha “ASIAN CUP-2024” xalqaro olimpiadasi o'tkazildi. Unda Saudiya Arabistoni, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston kabi davlatlardan ishtirokchilar o'zaro bellashishdi.
Olimpiadada Toshkent viloyatidan ham 14 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi. Natijalarga ko'ra, Toshkent viloyati, Quyi Сhirchiq tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabining uch nafar to'garak a'zolari: Sevinch Qahramonova, Madina Akbaralieva hamda Shohruzbek Mirzabekov mutlaq chempionlikni qo'lga kiritishdi. Shuningdek, yana 11 nafar o'quvchilar faxrli o'rinlarni egallashgan.
G'olib bo'lgan vatandoshlarimiz kubok va diplomlar bilan birga, 2024 yilning mart oyida Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi musobaqada ishtirok etish uchun 50 foizlik chegirmani ham qo'lga kiritishdi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0