+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

«Dolzarb 40 kunlik»: aholi daromadini oshirish choralari ko‘rilmoqda

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan so‘nggi videoselektor yig‘ilishida aholi bandligini taʼminlash, daromadlarini oshirish va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Boshqaruvi vakillari Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bo‘lib turibdi.
Jamiyat
55 17:49 | 27.07.2026 17:49

Tashrif davomida mamlakatimizda eʼlon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari doirasida hududlardagi qator mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.


Xususan, Prezidentimiz tomonidan har bir mahalla bankiriga ko‘pi bilan uchta mahalla biriktirilishi hamda ular aholi xonadonlariga bevosita kirib, mikromoliyaviy xizmatlarni yaqinlashtirishi bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Yangi tizim asosida mahalla bankirlari xonadonbay va mijozbay ishlab, har bir hududning iqtisodiy drayverlarini aniqlash, ehtiyojmand aholini tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirmoqda.


O‘rganishlar davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratildi:


  • Aholi bandligini taʼminlash – yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kichik biznes tashabbuslarini imtiyozli moliyaviy resurslar bilan qo‘llab-quvvatlash;
  • Tomorqalardan samarali foydalanish – aholi egaligidagi hamda ijaraga berilgan er maydonlaridan unumli foydalanish, ko‘chatchilik va issiqxona xo‘jaliklarini kengaytirish orqali mahsulot etishtirish hajmini oshirish;
  • «Bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili – hududlarning o‘ziga xos ixtisoslashuvidan kelib chiqib, dehqonchilik, hunarmandchilik va ishlab chiqarish yo‘nalishlarini zanjirli asosda tizimli rivojlantirish.

Tashrif yakunida Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi mahallalar aholisi daromadlarini barqaror oshirish, kichik va o‘rta biznes subʼektlariga zamonaviy va qulay bank xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha masʼullarga aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7327 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat