+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Dori reklamasidagi yolg‘onlar: Raqobat qo‘mitasi ogohlantiradi!

Raqobat qo‘mitasi reklamalarda "noyob", "eng samarali", "eng xavfsiz", "kafolatlangan natija", "eng ishonchli vosita", “tez davolaydi”, “nojo‘ya taʼsirlari mavjud emas”, “samarasi isbotlangan” kabi iboralar qo‘llanilayotganligidan xavotir bildirdi.
Jamiyat
433 13:04 | 24.06.2026 13:04

Zero bu iboralar isteʼmolchilarni chalg‘itishi, dori samarasi xususida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi, shifokor maslahatisiz, o‘zboshimchalik bilan davolanishga undashi bilan xavf tug‘dirishi mumkin.
Zotan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasiga ko‘ra, dori vositalari reklamasida:


  • shifokor maslahatisiz mustaqil davolanish mumkinligi haqida taassurot uyg‘otish;
  • olimlar, tibbiyot xodimlari yoki mashhur shaxslarning tavsiyalaridan foydalanish;
  • alohida shaxslarning minnatdorlik izhorlari va muvaffaqiyatli davolanish holatlarini keltirish;
  • dori vositasini eng samarali, eng xavfsiz yoki noyob vosita sifatida taqdim etish;
  • taʼsiri kafolatlanganligi haqida tasdiq berish;
  • boshqa dori vositalari bilan noto‘g‘ri taqqoslashlarga yo‘l qo‘yish taqiqlanadi.

    Qolaversa, retseptsiz beriladigan dori vositalari reklamasi qo‘llash bo‘yicha qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi hamda mutaxassis maslahatini olish zarurligi haqidagi ogohlantirish bilan birga berilishi shart.

    Shu maʼnoda Raqobat qo‘mitasi reklama beruvchilar va reklama tarqatuvchilarni qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishga, fuqarolarni esa dori vositalarini tanlash va qabul qilishda shifokor tavsiyasiga tayanishga chaqirgan.
Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7043 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat