Valyuta UZS
  • USD

    12 198.28-30.3

  • EUR

    14 241.49-41.49

  • RUB

    156.570.61

+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +22 C

  • 15:00

    +22 C

  • 16:00

    +22 C

  • 17:00

    +22 C

  • 18:00

    +21 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-April

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +22 C

  • 15:00

    +22 C

  • 16:00

    +22 C

  • 17:00

    +22 C

  • 18:00

    +21 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • Juma, 10

    +20 +20

  • Shanba, 11

    +20 +20

  • Yakshanba, 12

    +22 +20

  • Dushanba, 13

    +23 +20

  • Seshanba, 14

    +21 +20

  • Chorshanba, 15

    +22 +20

  • Payshanba, 16

    +17 +20

  • Juma, 17

    +15 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Jamiyat
335 14:16 | 26.03.2026 14:16

O'zbek adabiyoti o'tgan yillarda eng suyukli farzandlarini yo'qotgan bo'lsa-da, ularning qoldirgan merosi xalqimiz qalbida mangu yashaydi. O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri, davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov ana shunday o'lmas siymolardan biridir. Adib tavalludining 85 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi «Do'rmon» qo'rg'onida Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning uy muzeyi tashkil etildi. Bu barcha adabiyot va she'riyat muxlislari uchun chinakam tuhfa bo'ldi.



Abdulla Oripov nafaqat shoir, balki o'zbek millatining dardi va quvonchini, hurlik va istiqlol sog'inchini satrlarga muhrlagan, ulug'lay olgan adib edi. Uning "Birinchi muhabbatim ", "Munojot", "Ranjkom" kabi o'nlab doston va she'rlari bugun har bir xonadonga kirib borgan. Shu bois, shoir yashab ijod qilgan xonadonning muzeyga aylantirilishi nafaqat ehtirom ramzi, balki kelajak avlod uchun katta tarbiya maktabi hamda ibrat bo'la oladi. Tashkil etilgan uy muzeyiga qadam qo'ygan har bir ziyoratchi adibning hayot yo'li va ijodiy faoliyati qanday kechgani bilan tanishish imkoniga ega bo'ldi.



Muzeydan shoirning shaxsiy buyumlari, uzoq yillar foydalangan ish stoli, qo'lyozmalari hamda turli yillarda nashr etilgan nodir kitoblar to'plamlari ham o'rin oldi. Shuningdek, shoirga turli davlatlar va nufuzli tashkilotlar tomonidan berilgan mukofotlar, esdalik sovg'alari ham namoyish etilmoqda. Ayniqsa, muzeydagi shoirning ish xonasi o'z holicha saqlab qolingani e'tiborga molik. Bu yerda hukmron bo'lgan sokinlik va ijodiy muhit go'yoki shoir hozirgina yangi misralarni qog'ozga tushirib, biroz dam olayotgandek tasavvur uyg'otadi.



Abdulla Oripov o'z asarlari birida shunday yozgan edi:
"Men yashab o'tdimmi shunchaki bekor, yo qoldimmi kimningdir yodida?"


Bugun bu savolga butun millat bir ovozdan javob bermoqda: siz nafaqat yodimizdasiz, balki ijodingiz bilan xalqimiz ma'naviyatining ajralmas qismiga aylangansiz. Mazkur uy muzeyi buning amaldagi isbotidir. Maskan barcha ziyoratchilar uchun ochiq bo'lib, u yerda shoirning hayot yo'li orqali o'zbek she'riyatining butun bir davrini his etish mumkin.


Shahrizoda Hamroqulova,
O'zJOKU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6231 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat