+36C

+36C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Gaz kamerasi xavfiga qaramay bir o‘zbekni asragan nemis oilasi 

Jamiyat
204 16:58 | 15.05.2026 16:58

Yaqinda Gazeta.uz saytida BBC tomonidan namanganlik Boqijon Akramov haqida yozilgan maqolani o‘qidim. Unda insoniylikning eng oliy ko‘rinishi ifodalangan, desam, adashmayman. Dunyoni saqlab turgan narsa aslida urushlarga sabab bo‘layotgan erlar, tabiiy boyliklar emas, balki mehr, rahm-shavqat, o‘zaro hurmat va sevgi bo‘lsa kerak. Maqoladagi voqealardan shunday xulosa chiqardim.


Ikkinchi jahon urushi davrida nemis lagerlaridan qochgan asirlarga yordam berganlarga gaz kameralarida halok qilish kabi shavqatsiz jazolar qo‘llanilgan. Shunga qaramasdan, germaniyalik fermer Jon Le Breton va uning ayoli o‘zbek yigiti Boqijon Akramovni ikki yil davomida uylarida yashirincha saqlab keladilar. Voqea urush insonlarni shafqatsiz qilib qo‘ysa ham, ularning o‘zaro mehrini yo‘q qila olmaganini, dunyoni go‘zallik qutqaradi deganda avvalo, mehr-oqibat nazarda tutilganini ko‘rsatadi.


Davlatlar o‘rtasidagi nizolar, hududiy talashlar ko‘pincha sanoqli yirik siyosatchilarning bir-biriga g‘arazi, «Men sendan kam emasman» maʼnosidagi o‘zgalarni mensimaslik tuyg‘ulari ortidan boshlanadi. O‘zgalar ustidan hukmronlik qilish istagi esa ayrim davlat rahbarlariga siyosiy merosdek go‘yo. Hozir dunyoda bo‘layotgan notinchliklarning kelib chiqishini kuzata turib, shunday xulosaga ham boradi odam.


Shunisi aniqki, urushda yutganlar bo‘lmaydi. Ikki tomondan ham qanchadan qancha insonlar – onalarning farzandlari halok bo‘ladi. Shaharlar xonavayron bo‘ladi. Urush uni boshlaganlarning emas, oddiy odamlarning hayotiga azob beradi, kulfat keltiradi.


Maqolada yozilishicha, Le Bretonlar sharofati bilan Boqijon Akramov 12 soat tinmasdan yalang oyoq holda konda tosh qazish va qahraton qishda yupun kiyimda ishlashdek azobdan qutiladi. Nemis oilasi unga har kuni non, choy va ovqat beradi. To‘g‘rirog‘i, bu namanganlik yurtdoshimiz uchun ozuqa emas, hayot tuhfasi bo‘ladi. Keyinchalik Boqijon amaki O‘zbekistonga qaytib, hayotini davom ettira olgan. Farzandlar, hatto nabiralar ko‘rgan. Ularning nabirasi Shamsiddin Oxunboevning ko‘z yosh bilan aytgan quyidagi gaplari yaqqol misol bo‘la oladi: “Dulsi, (Jon Le Breton va Le Bretonlarning qizi) siz kabi yaxshi insonlar sharofati bilan u tirik qolgan! Biz hammamiz bu dunyoda borligimizga aynan sizning oilangiz sababchi ekanini endi bildik. Sizga rahmat, gapirishga so‘z topolmayapman”.



Ha, insoniyatni yo‘q qiluvchi urush bo‘lsa, bor qiluvchi mehrdir. Biz irqimiz, dinimiz, tilimiz va qadriyatlarimizdan farqli ravishda ana shu tuyg‘u oldida taʼzim qilamiz. Germaniya vakilining ularga qarshi kurashgan o‘zbek jangchisiga marhamat ko‘rsatishi zamirida ham ana shu mehr yotadi. Shunday ekan, yaxshiliklar, yaxshi insonlar haqida ko‘proq gapirishimiz, yozishimiz kerak. Zero, bu oz bo‘lsa-da, ularning xislatlari boshqalarga ham yuqishiga, dunyoda yaxshiliklar ko‘payishiga turtki bo‘ladi.



Gulhayo Primova,


O‘zJOKU talabasi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6479 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat