Valyuta UZS
  • USD

    12 038.6815.78

  • EUR

    14 044.3218.4

  • RUB

    146.621.87

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 08-October

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • Chorshanba, 08

    +16 +20

  • Payshanba, 09

    +17 +20

  • Juma, 10

    +16 +20

  • Shanba, 11

    +20 +20

  • Yakshanba, 12

    +18 +20

  • Dushanba, 13

    +17 +20

  • Seshanba, 14

    +18 +20

  • Chorshanba, 15

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Guvohnomasiz skuterchilarga jarima: yuz minglab kishilarni norozi qilishdan kim manfaatdor?

Mana o'lkamizga kuzning ikkinchi oyi ham kirib keldi. Yangi oyda ko'pchilik turli rejalar tuzadi, shirin tashvishlar og'ushida bo'ladi. Ammo O'zbekistonda oktyabrni minglab kishilar kayfiyatsiz va noxush kutib olishdi.
Jamiyat
282 17:53 | 03.10.2025 17:53

Сhunki, 1 oktyabrdan boshlab moped va skuter haydovchilari guvohnoma va davlat raqami olishi, buning uchun tegishli badallarni to'lashi shart qilib qo'yildi. Ushbu mo'jazgina transport vositalari ko'pchilikning uzog'ini yaqin qilayotgani, yetkazib berish sohasida ishlayotganlarga kunlik daromad keltirayotgan edi. Hujjat olishda qilinadigan xarajatlar skuterning o'zidan ham qimmatga tushishi mumkin ekan, vo ajab…


Koronavirus pandemiyasi vaqtida ko'p muassasalar yopilib, o'rniga yetkazib berish xizmatlari rivojlana boshladi. Hatto karantin qoidalari bekor qilinganda ham ular o'zining talabgirligini saqlab qoldi, balki rivojlandi ham. Bugun O'zbekiston ko'chalarida yuzlab, minglab skuterchilarga ko'zingiz tushadi. Ular kimningdir ehtiyojini qondirish va xizmat ko'rsatish harakatida. Ular ham soliq to'laydi, iqtisodiyot dvigateli sifatida harakatlanadi, eng muhimi boqimandalik qilib birovning hisobiga yashamaydi.


Ammo ayrim vallomatlarning nazdida skuter va mopedchilarning ustidan nazorat kuchaytirilishi kerak va buning uchun albatta ana'anaviy yo'ldan borish kerak: byurokratiya va katta to'lovlar. Buning ustida skuterchilarga olabo'jiga o'xshab ko'rsatish maqsadida yana bir ma'lumot e'lon qilindi. Emishki, 2025 yilning 8 oyida skuter va moped singari transport vositalari ishtirokida 300 dan ortiq YTH yuz bergan, ular oqibatida 53 kishi vafot etib, 259 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda ma'lumot bergan YHXX rasmiylari oddiygina bolalar o'limi statistikasini e'lon qilmay kelishi jamoatchilik tomonidan tanqid qilindi. Jamoatchilik va OAVga ko'ra, skuterlar masalasida tegishli idoralar manipulyatsiyaga yo'l qo'ymoqda, masalaning bir tomonini ko'rsatib, qarorni oqlab olmoqchi. Ammo…


To'g'ri, skuter va moped haydovchilaridan farishta yasamoqchi emasmiz. Ularning orasida ham yo'l qoidalarini mensimaydiganlar uchrab turadi. Ammo bu ularga katta soliq solish degani emas. Skuter arzon transport. U katta mashinalar kabi havoni ifloslamaydi, katta tirbandliklar hosil qilmaydi. Piyodalarning hayoti uchun xavf tug'dirish ehtimoli ham avtomobillarga qaraganda juda past. Undan aholining kamxarj, ehtiyojmand qatlami ham keng foydalanadi.


“Moped va skuterlar bilan bog'liq YTHlar kunning qaysi paytida, qaysi ko'chalarda, qanday sharoitlarda yuzaga kelmoqda? Birgina raqamning quruq o'zi bilan hech qanday xulosaga borib bo'lmaydi-ku axir? Keyingi savol: butun dunyoda avtohalokatlarning oldini olish uchun infratuzilma bilan bog'liq yechimlar asosiy planda turgan bir vaqtda, nima uchun O'zbekistonda rasmiylar barchani jon-jahdi bilan imtihon topshirib, guvohnoma olishga majburlamoqda? Yana bir masala: skuter va moped uchun chiqariladigan davlat raqamlarining tannarxi qanday?", deya savol qo'yadi iqtisodchi va bloger Otabek Bakirov.


Skuterlar shaharda iqtisodning bir qismiga aylangani bor gap. Hatto undan qishloqlarda, chekka hududlarda ham keng foydalanishayotgan edi. Ma'lumki, qishloqlarda infratuzilma shaharnikiday emas, muhim ob'ektlar bir-biridan ancha uzoqda, uzoq yo'l bosish mashaqqati bor. Masalan, katta bir qishloq yoki ovulning bir chetidan do'kon, bozor, maktab va boshqa muassalarga yetib borish uchun skuterlardanam foydalanishadi. Ular orasida hatto o'qituvchilar ham bor. Ular qulay transportdan foydalanib, ortib qolgan vaqtida dam olishi, o'z ustida ishlashi va boshqa ishlar shug'ullanishi mumkin edi. Lekin transport vositasidan hujjatsiz foydalanishsa bir lahzada qonunbuzarga aylanishadi.


Qashqadaryolik oddiy ishchi Farmon Orziqulov bilan suhbatlashdik. Ma'lum bo'lishicha, Farmonjon tirikchilik ilinjida turli joylarda ustachilik bilan shug'ullanar ekan. “Uyimdan 5-10 kilometr uzoqlikdagi qishloqlarga borishga to'g'ri keladi. Ba'zan tong saharda yo'lga chiqaman, kechqurun qaytaman. Qishloqchilik, taksilar bunday vaqtlarda yurishi qiyin (odatda kunduzi yurishadi). Skuterimning shu vaqtda menga katta nafi tegayotgan edi. Ba'zan u bilan shifokorga, do'konga va boshqa joylarga borib kelardim, yuk ham tashiganman. Endi minsam, qonunni buzganligim uchun menga jarima qo'llanilar ekan. Oddiygina skuterga hujjat qilish uchun bir yoki bir yarim oy mehnat qilishim va hamma pulimni sarflashim kerak”, deydi u.


Bugun qishloqlarda skuter, motoroller kabi texnikalar muhim ashyoga aylangan. Ular traktor kabi muhim transportni ham asta-sekinlik bilan chetga chiqarmoqda. Сhunki ulardan foydalanish qulay va samarali. Eng asosiysi kamxarj (edi).


Muammoni ko'targanda, ko'pchilik yechim ber deb og'izga uradi. Agar mas'ullar rostan ham xalqni o'ylayotgan va qayg'urayotgan bo'lsa. Bundan osonroq va samaraliroq yo'llar ko'p edi. Afsus, ular bu masalani jamoatchilik bilan bo'lishib ham o'tirishmadi.


Misol uchun, Telegramdagi Davletovuz kanali quyidagi taklifni ilgari surdi: “qisqa muddatda (bir haftalik, 10 kunlik) ortiqcha byurokratik talablarsiz o'qitib, skuter va moped haydovchilik guvohnomasi narxlarini cho'ntakbop qilish, zarur bo'lsa, byudjetdan kompensatsiya qilish yo'lidan borish maqsadga muvofiq. Сhunki moped va skuterga hashamatli transport vositasi emas, balki mehnat quroli sifatida qarash kerak". Jo'yali taklif. Сhunki, skuter bu qimmatbaho avtomobil va ulkan yuk mashinasi emas. Ularning barchasi birday to'lov va tartiblar belgilanishini adolatli deb bo'lmaydi.


Shuningdek, bu kabi vositalarni boshqarishni qiyinlashtirish, prezident Shavkat Mirziyoev anchadan buyon izchil olib borayotgan kambag'allikdan chiqarish siyosatiga mutlaqo zid sanaladi. Prezident har doim xalqning birini ikki qilish, ish bilan ta'minlash, daromadini oshirish haqida gapiradi. Yangi qoida esa, yuz minglab kishilarning tirikchilik manbaini so'roq ostida qoldirmoqda. O'ylanib qolasan kishi, qaror chiqarayotganlar prezidentning nutqlari va tashabbuslaridan bexabarmi?


Bir ma'lumotga ko'zim tushdi: “Kambag'al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to'g'risida” nizom tasdiqlanibdi. Unga ko'ra, kambag'al oilalarga kredit asosida skuter ham olib berilar ekan (albatta tirikchilik qilish ilinjida). Maqsad aniq: kam daromadli aholining vaziyatini yaxshilash, ularga baliq emas, qarmoq berib biri ikki bo'lishiga ko'maklashish. Xo'sh, kreditga skuter olgan kambag'al keyin falon so'mga uni haydash uchun o'qib chiqadimi? U guvohnoma va raqam xarajatlarini qaerdan topadi, axir bu kam ta'minlangan kishining holatini battar og'irlashtirish emasmi?


Maqolani yozish asnosida boshqa bir ma'lumotga ko'zim tushdi: “prava”siz yurgan skuterchilarni ushlab, jarima yozish boshlanibdi. Balki, qanchadir kishi allaqachon skuterini bir chetga uloqtirib, uzoq shimoliy o'lkalarga ishlash uchun ketishni mo'ljallayotgandir. Bu, albatta biz uchun foyda emas, kattagina zarar bo'ladi. Shu o'rinda imtihonlar haqida bir istehzoli gap: yaqinda piyodalarga ham yo'llarda to'g'ri yurish qoidalari bo'yicha imtihon topshirtirishmasa va to'lov joriy etishmasa go'rga edi...


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 5085 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat