Xodim mehnat shartlarini o'zgartirishni talab qilishga haqlimi?
Savolga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati kengashi mehnat-huquq inspektori Alisher Rahmatov quyidagicha javob berdi:
— Mehnat qonunchiligi, boshqa huquqiy hujjatlar yoki mehnat shartnomasida belgilangan hollarda xodim ishni davom ettirayotgan bo'lsa, ish beruvchidan mehnat shartlarini o'zgartirishni talab qilishga haqli.
Xodimning yozma arizasi berilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ish beruvchi tomonidan ko'rib chiqilishi shart. Agar talab rad etilsa, ish beruvchi bu qarorni yozma ravishda asoslab berishi lozim.
Rad etish sabablari yozma tarzda bildirilmasa ham, bu holat xodimning shikoyat qilish huquqini cheklamaydi.
Masalan:
— Ish vaqti yoki ish tartibini o'zgartirish;
— boshqa ish joyiga o'tkazishni so'rash;
— maosh miqdoriga oid shartlarni qayta ko'rib chiqishni so'rash va h.k.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0