Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 940.44-22.54

  • EUR

    13 336.42-41.38

  • RUB

    126.853.17

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -1 C

  • 23:00

    -2 C

  • Juma, 10

    -2 +20

  • Shanba, 11

    +0 +20

  • Yakshanba, 12

    +0 +20

  • Dushanba, 13

    +0 +20

  • Seshanba, 14

    +2 +20

  • Chorshanba, 15

    +2 +20

  • Payshanba, 16

    +3 +20

  • Juma, 17

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Iqlim o'zgarishi og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin

So'nggi yillarda sayyoramiz nafas olishga qiynalmoqda. Har bir yoz yangi issiqlik rekordlarini o'rnatadi, dengiz sathi ko'tariladi, muzliklar eriydi va tabiiy ofatlar soni keskin oshadi. Bu – iqlim o'zgarishining dahshatli realligi, endigina muammo emas, balki insoniyatning kelajagiga tahdid soladigan global inqirozdir.  Iqlim o'zgarishi birgina hodisa emas, balki umumiylikda o'zaro biri-biriga bog'liq bir qator muammolar majmuasidir.
O'zgacha rakurs
545 16:44 | 20.11.2024 16:44

Global isish


Atmosferadagi issiqxona gazlari kontsentratsiyasi ortishi natijasida Yerning o'rtacha harorati ko'tariladi. Assesment Reportning statistika ma'lumotlariga ko'ra – so'nggi 150 yil ichida o'rtacha global harorat 1°C ga ko'tarilgan. Aytilishi oson bo'lgan ushbu raqamning kelajakdagi ekologik oqibatlari halokatlidir.


Dengiz sathining ko'tarilishi


Muzliklar va muz qatlamlarining erishi natijasida dengiz sathi ko'tariladi. Bu past joylarda joylashgan shaharlar va orollarni suv bosishiga, qirg'oq eroziyasiga va tuzli suvning qishloq xo'jaligiga salbiy ta'sir ko'rsatishiga olib keladi.


Ob-havo hodisalarining turfaligi


WorldMaterologicalOrganizationning kuztuvlariga ko'ra, oxirgi yillarda iqlim o'zgarishi tufayli kuchli bo'ronlar, sel toshqinlari, qurg'oqchiliklar, issiqlik to'lqinlari va o'rmon yong'inlari tez-tez va kuchliroq sodir bo'lmoqda. Qish kunlari harorat yuqori bo'lib, aksincha, yoz oylarida yog'ingarchilik holatlarini ko'rishimiz ham odatiy tusga kirmoqda. Albatta, bu insonlarning hayotiga, turmush-tarziga, iqtisodiyotga, qolaversa atrof-muhitga katta zarar yetkazadi.


Biologik xilma-xillikning yo'qolishi


Iqlim o'zgarishi hayvonlar va o'simliklarning yashash muhitini o'zgartiradi, ularning ko'payishiga va tarqalishiga ta'sir qiladi. Bu biologik xilma-xillikning kamayishiga va ba'zi turlarining yo'q bo'lib ketishiga olib kelishi achinarli holdir.



Oziq-ovqat xavfsizligi


FAOning kuzatuvlari natijasi shuni ko'rsatadiki, qurg'oqchilik, issiqlik to'lqinlari va boshqa ob-havo hodisalari qishloq xo'jaligiga salbiy ta'sir ko'rsatib, oziq-ovqat yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jiddiy muammodir.


Iqlim o'zgarishi kelajakdagi muammo emas. Uning ta'sirlari hozir ham sezilib turibdi va kelgusida yanada kuchayishi kutiladi. Agar biz chora ko'rmasak, global isishning oqibatlari halokatli bo'lishi mumkin.


Iqlim o'zgarishining asosiy sababi – inson faoliyati natijasida atmosferaga issiqxona gazlarining, ayniqsa, karbonat angidridning haddan tashqari ortib ketishidir. Bu gazlar sanoat, transport, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda yonilg'i yoqish natijasida chiqariladi. Oqibatlari esa yuqorida sanab o'tilganidek, halokatli va diqqatga molikdir.


Muqobil yechimlar va harakatlar


Iqlim o'zgarishining oldini olish uchun global hamkorlik va tezkor harakatlar talab etiladi. Masalan, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, ya'ni qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o'tish, energiya samaradorligini oshirish, transportda ekologik toza yoqilg'ilarni qo'llash va o'rmonlarni saqlash orqali bunga erishishimiz mumkin. Bundan tashqari, iqlim o'zgarishining ta'siriga moslashish uchun zarur choralarni ko'rish, masalan, suv resurslarini boshqarish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko'rish lozim. Shu bilan birga, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik juda muhimdir. Davlatlar birgalikda kelishuvlar tuzib, strategiya ishlab chiqishsa va uni amalga oshirishsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu borada har bir inson o'z hissasini qo'shishi mumkin. Energiya tejash, ekologik toza mahsulotlarni tanlash, jamoat transportidan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish ham masalaning ijobiy hal bo'lishiga ko'mak beradi. Bundan tashqari, tabiatni asrashga qaratilgan amaliy o'quv-treninglari va xalqaro konferensiyalar tashkil qilinib, muammolar o'rtaga tashlansa va muqobil yechimlar ilgari surilsa, ekologiyaning kelajagi uchun samarali bo'lar edi.


XXI asrning eng global muammolaridan biri bo'lgan iqlim o'zgarishi muammosini bartaraf etish uchun tezkor va birgalikdagi harakatlar talab etiladi. Agar biz hozir harakat qilmasak, kelajak avlodlar uchun sayyoramizni saqlab qolish qiyin bo'ladi. Bizning harakatlarimiz sayyoramizning taqdirini belgilaydi. Vaqt tugayapti, harakat qilish vaqti keldi.


Mashhura JO'RAQULOVA


Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs