Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 985.019.96

  • EUR

    13 284.96-188.33

  • RUB

    129.84-2.54

+6C

+6C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+6c

  • Hozir

    +6 C

  • 14:00

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 04-February

+6C

  • Hozir

    +6 C

  • 14:00

    +7 C

  • 15:00

    +7 C

  • 16:00

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 04

    +6 +20

  • Chorshanba, 05

    +8 +20

  • Payshanba, 06

    +10 +20

  • Juma, 07

    +8 +20

  • Shanba, 08

    +7 +20

  • Yakshanba, 09

    +1 +20

  • Dushanba, 10

    +3 +20

  • Seshanba, 11

    +1 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Jamiyat
341 11:27 | 30.01.2025 11:27

– Nota daftari kerak ekan, – dedi Madina birinchi mashg'ulotdan kelgach.


Sobir aka avval tumandagi, keyin viloyat markazidagi barcha kitob va kantselyariya do'konlarini aylanib chiqdi. Hech birida nota daftari yo'q.


– Xorazmdan topolmaysiz. Toshkentda tanishlaringiz bo'lsa, topib jo'natishlari mumkin, – deyishdi unga.


Sobir aka universitetda musiqadan dars beradigan og'aynisidan yordam so'radi. Tanishi unga qo'lbola nota daftari yasab berdi.


Hozir deyarli ko'pchilik shunday qilyapti. Yosh avlodga musiqiy ta'lim berish masalasiga davlat siyosati darajasida qaralayotgan bo'lsa-da, oddiy nota daftari yo'q, yetishmaydi. Axir nota to'plamisiz qanday qilib, musiqiy ta'lim berish mumkin?..


Afsuski, hozir umumta'lim maktablarida umuman nota to'plamlari yo'q.


Tasavvur qiling, farzandingizni maktabga olib bordingiz. U o'qib-­yozishni o'rganishi kerak, ammo alifbo kitobi yo'q. U o'zidan o'zi xat-savodli bo'lib qoladimi?


Bugungi kunda respublikamizning har bir tuman markazida musiqa va san'atga ixtisoslashgan maktablar bor. Ularda musiqa yo'nalishida tahsil oladigan har bir o'quvchida nota daftari bo'lishi shart. Sobir akaga qizining o'qituvchisi yaqin o'n yilda o'zbek tilida nota daftari ko'rmaganini aytibdi. Mana sizga, muammo!


Qiziq, bunday sharoitda yoshlar kuy chalishni havodan o'rganishyaptimi? Nota daftarining yo'qligi barcha musiqa maktablari faoliyati va musiqa darslarining sifatini shubha ostiga qo'ymaydimi?


Ta'bir joiz bo'lsa, bu holat yuz yillar avval yurtimizga yov bostirib kirganida, biznikilar ketmon ko'tarib chiqqanini yodga soladi. Balki, bu o'xshatish kimgadir erish tuyular, biroq umrida nota daftarini qo'liga olmagan yoshlar milliy musiqamiz va milliy san'atimizni qanday rivojlantiradi? Nota daftarisiz mashg'ulot o'tkazish qarmoqsiz baliq oviga borishdek gap-ku, axir. Bunday ko'r-ko'rona yondashuvlar qachon barham toparkin-a?


Har yili davlat byudjetidan falon milliardlab mablag' sarflanib, xalqaro musiqa festivallari o'tkaziladi, xorijlik mehmonlarga o'zbek mehmondo'stligi namoyish qilinadi. Bu yoqda esa, musiqachi bo'lish istagidagi bolalarimiz oddiygina nota daftari topolmay sarson. Bu – bolaning ko'zini bog'lab qo'yib, undan kitob o'qishni talab qilish emasmi?


«Festivallar ko'chani asfal'tlashdan muhim» deydi madaniyat vaziri. To'g'ri-da, hamma yo'lini qilib, qo'lbola nota daftari yasab olyapti, shu ham muammomi?! Maktablarda musiqa asboblari bor. Shahodatnomaga o'quvchining qaysi musiqiy asbobni chalishni bilishi yozilishi kerak. O'quvchi notani bilmasa-da, nimanidir ting'irlatsa bo'ldi, shahodatnomaga «qayd etiladi».


Qadimda musiqa komil inson o'rganishi shart bo'lgan fanlardan biri bo'lgan. Biz – bu borada yuzlab buyuklar yetishib chiqqan xalqmiz. Bu masalada dunyo bizga yetgunicha hali ancha bor. Bizdan...


Ularni sanab, faxrlanib yuraveramiz. Yangi iste'dodlar, ta'lim sifati, musiqiy bilim kimga kerak? Nota yozuvi qorin to'ydirarmidi? Nota butun dunyoda tarjimonsiz tushuniladigan yagona yozuv bo'lsa, nima bo'pti? Biznikilar notani bilishi shart emas. Hamma musiqani tushunaversa, notadan xabari yo'q, «qaroqchi» qo'shiqchilarni kim to'yga aytadi?


Biz – tomorqada yetishtirilgan mahsulotining eng sarasini bozorga chiqarib, bundayrog'ini bolasiga yediradigan qavmmiz. Biz butun umr topganimizni bitta to'yga sarflaymiz, ammo farzandlarimizga dars qilish, ta'lim olish uchun yetarli shart-sharoit qilib bermaymiz. Shunday ekan, nota daftari biz uchun masala bo'libdimi?!


Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi «Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorida 2022-2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab qo'yilgan. Jumladan, qarorga ko'ra, notalar to'plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta'minlash umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tizimiga kiritilishi ko'zda tutilgan.


Mana, oradan uch yil o'tibdiki, qaror ijrosi ta'minlanmagan va bunga hecham ajablanmasa bo'ladi. Сhunki ishga munosabat, yondashuv o'zgarmas, mayda bo'lib ko'ringan, ammo muhim masalalar yechilmas ekan, hammasi bekor!


Muhabbat TO'RABOEVA


«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

1

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Don't

17:39 | 30.01.2025

Don't do it

Maqolaga baho bering
0/5

0

1

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 2846 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat