Evropa Ittifoqida sun'iy intellektga qanday cheklovlar qo'yilmoqda?
Evropa Ittifoqining Sun'iy intellekt to'g'risidagi qonuni (AI Act) 2 fevraldan boshlab amal qila boshladi. Ushbu qonun xavf tug'diruvchi sun'iy intellekt tizimlarini taqiqlaydi. Bu xavfsizlik, salomatlik yoki asosiy huquqlarga tahdid soluvchi holatlar bilan bog'liq. Milliy xavfsizlik bilan bog'liq vaziyatlar bundan mustasno.
Evropa Ittifoqining Sun'iy intellekt to'g'risidagi qonunida (AI Act) quyidagi texnologiyalar taqiqlangan:
— Insonning ijtimoiy xulqini baholovchi sun'iy intellekt tizimlari;
— Ish joylarida yoki ta'lim muassasalarida inson his-tuyg'ularini aniqlovchi tizimlar. Faqatgina huquq-tartibot idoralari uchun ba'zi istisnolar mavjud;
— Insonning zaif tomonlaridan foydalanadigan sun'iy intellekt tizimlari. Masalan, "robot-qo'ng'iroqlar" (Robo-Calls). Bu usul orqali keksa yoshli odamlarni aldash mumkin.
Bitkom sanoat ittifoqi ushbu qonunni tanqid qildi. "Siyosatchilar kompaniyalarga qattiq talablar qo'ydi, lekin o'zlari kerakli tayyorgarlikni amalga oshirishmadi. Qaysi dasturlar taqiq ostiga tushishi aniq emas", — deya fikr bildirdi Bitkom boshqaruv kengashi a'zosi Zuzanne Demel.
Uning so'zlariga ko'ra, AQSh va Xitoy sun'iy intellektga katta mablag' tikayotgan bir paytda, Yevropada bu sohaga to'siqlar qo'yilmoqda.
"Evropa Ittifoqining raqobatbardoshligi xavf ostida ekanligini tan olamiz. Biroq Yevropada sun'iy intellekt sohasida yetakchi bo'lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud", — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0