Inflyatsion kutilmalar: aholi kommunal xizmatlar qimmatlashishidan xavotirda
Kelgusi 12 oylik muddatda aholining yuqori inflyatsion kutilmalari savdo sohasi vakillari tomonidan bildirilgan.
Hisobot davrida kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko'rsatishi mumkin bo'lgan asosiy omillar sifatida kommunal xizmatlar qimmatlashishini qayd etgan respondentlar ulushi ko'paygan bo'lsa, yoqilg'i va energiya resurslari qimmatlashishi, valyuta kursi o'zgarishi, transport xarajatlarining oshishi hamda narxlarning sun'iy oshirilishini ta'kidlagan aholi respondentlari ulushi kamaygan.
Shuningdek, aholining yuqori inflyatsion kutilmalari savdo sohasi vakillari tomonidan bildirilgan bo'lsa, kelgusida narxlar shakllanishi bo'yicha nisbatan past kutilmalar qishloq xo'jaligi sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.
Aholi inflyatsion kutilmalarining yuqori ko'rsatkichi Toshkent viloyatida, nisbatan past inflyatsion kutilmalar esa Jizzax viloyatida istiqomat qilayotgan aholi tomonidan qayd etildi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0