+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Ishonchnoma asosida xodimni ishdan bo‘shatish mumkinmi?

Savol:Xodim xorijga ketgan bo‘lsa, uning o‘rniga turmush o‘rtog‘i ishonchnoma asosida ariza yozib, mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkinmi? Savolga huquqshunos Muhammadamin Karimjonov javob beradi.
Jamiyat
2572 10:25 | 20.08.2026 10:25

Yo‘q. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida boshqa shaxsning arizasi bilan xodimni o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatish mumkin emas.


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasi 1-qismiga ko‘ra, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini o‘n to‘rt kalendar kun oldin ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. Qonunchilikda xodimning o‘z tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishi uchun boshqa ogohlantirish muddatlari ham belgilangan.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 20 noyabrdagi 26-sonli «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarori 21-bandida ham mehnat shartnomasini bekor qilishga xodimning mazkur tashkilotdagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasi asos bo‘lishi qayd etilgan.


Demak, xodim o‘z o‘rniga boshqa shaxsni, hatto advokat yoki yaqin qarindoshini ishonchnoma asosida yuborib, o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shashni amalga oshira olmaydi. Bu holatda arizani aynan xodimning o‘zi berishi lozim.


Xorijda bo‘lgan xodim nima qilishi kerak?


Mehnat kodeksining 160-moddasi 3-qismiga ko‘ra, xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani pochta jo‘natmasini topshirish haqidagi xabarnoma bilan yuborishga haqli.


Shuning uchun xorijda bo‘lgan xodim arizani shaxsan o‘zi rasmiylashtirib, belgilangan tartibda ish beruvchiga pochta orqali yuborishi mumkin.


Shu bilan birga, mazkur masalada O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ishonchnoma va vakillikka oid 10-bobi, 129–144-moddalaridagi qoidalarni ham inobatga olish lozim.


Xulosa xodimning o‘z xohishiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish huquqi uning shaxsiy xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib, bu huquqni ishonchnoma asosida boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7520 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat