Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 890.4311.47

  • EUR

    14 720.87-80.92

  • RUB

    156.04-2.35

+10C

+10C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+10c

  • Hozir

    +10 C

  • 06:00

    +10 C

  • 07:00

    +11 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +19 C

  • 10:00

    +21 C

  • 11:00

    +23 C

  • 12:00

    +24 C

  • 13:00

    +25 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +26 C

  • 16:00

    +26 C

  • 17:00

    +25 C

  • 18:00

    +24 C

  • 19:00

    +23 C

  • 20:00

    +21 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +14 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 24-April

+10C

  • Hozir

    +10 C

  • 06:00

    +10 C

  • 07:00

    +11 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +19 C

  • 10:00

    +21 C

  • 11:00

    +23 C

  • 12:00

    +24 C

  • 13:00

    +25 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +26 C

  • 16:00

    +26 C

  • 17:00

    +25 C

  • 18:00

    +24 C

  • 19:00

    +23 C

  • 20:00

    +21 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +14 C

  • Payshanba, 24

    +10 +20

  • Juma, 25

    +11 +20

  • Shanba, 26

    +15 +20

  • Yakshanba, 27

    +16 +20

  • Dushanba, 28

    +17 +20

  • Seshanba, 29

    +19 +20

  • Chorshanba, 30

    +14 +20

  • Payshanba, 01

    +15 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Istanbulda har qadamda o'zbek qizlari! Senlar qayoqqa qarayapsanlar?!

Maqola boshidanoq alohida ta'kid – bu gaplar Turkiya sari safarga chiqqan mutlaq ko'pchilik opa–singillarimizga tegishli emas. Ular sayohat, tijorat ishlari, o'sha yerda halol kasblari uchun risoladagidek borib kelmoqdalar, o'z or–nomusiga va millat nomiga dog' tushiradigan holatlardan nari yuradilar.
Jamiyat
977 17:51 | 22.08.2024 17:51

Ammo... yana o'sha gap, guruchdagi kurmaklar ko'payib ketayotgandek. Bu og'riqli mavzu yuzasidan juda ko'p maqolalar yozildi va yozilmoqda. Lekin bunday yo'lga kirayotgan o'zbek ayollari kamaymadi, aslida bitta bo'lsa ham ko'p.


Bir necha yil oldin Turkiya hukumatining taklifiga ko'ra, dunyoning turli davlatlarida faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari qatorida biz ham bu muazzam diyorga yo'l oldik. Mehmonnavozlik ko'ngildagidek, tadbirlar tartib bilan tashkillashtirilgan, mezbonlar imkon qadar har bir kun mazmunli o'tishini ta'minlovchi dastur tuzishgan. Taklif bahona sayohat, ziyoratlarga ham ulgurdik. Hammaning ko'ngli shod bo'ldi.


Mehmonlar taklif qilgan restoranlardan biriga kirganimizda kapalaknusxa galstuk taqib olib, xizmat ko'rsatayotgan chaqqon yigitlarning ko'zlari yonib ketdi. Ularning olti nafari hamyurtlarimiz ekan. Rosa girgitton bo'lishdi, birga o'tirishga ruxsat yo'q shekilli, tik turib bo'lsa–da, ancha diydorlashdik. Oramizda sohaning yoshi ulug' vakili bo'lgan akamiz bilan qandaydir umumiy tanish topildi. Oqshomga shu akamizni yigitlar alohida mehmondorchilikka taklif qildilar. Ancha kech qaytgan hamkasbimiz nuqul bosh chayqardi:


— Bir restoranga olib borishdi. O'rtada harir ko'ylakda raqs tushganam o'zbek, qorindor mijozlarning vaqtini xushlab chilim tortayotgan ham o'zbek, chorlovga labbay deb javob berib mashinalarga minib ketayotgan ham o'zbek juvonlari... Yer yorilmadi–yu... E, padariga la'nat bunaqa sharmandalikning!


* * *


Ertasiga shahar aylanish uchun taksiga chiqdik. Xushmuomala haydovchi bizni suhbatga tortdi:


— Qaerdansizlar?


— O'zbekistondan, — javob berdik g'urur bilan.


U mo'ylovini burab qo'ydi va g'alati qaradi.


— Yurtlaringda birorta ayol qolganmi yoki hammasi Istanbulga kelib olishganmi?


— Tushunmadim?


— Tushunmaysan–a tushunmaysan! Istanbuldagi xohlagan tungi klubingga bor, «obod» qilayotgan o'zbek qizlarini ko'rasan. Yana har qadamda turganlari-chi! Senlar qayoqqa qarayapsanlar?!


Bir qarashda oddiy savol, lekin javobi bormi?! Nahot shu darajaga yetgan bo'lsak?!


Rasmiy xabarlarga e'tibor qaratsak, vaziyat o'ta jiddiy: Turkiyada «Fahsh baronessasi» qo'lga olindi. O'zbekiston fuqarosi bo'lgan Nilufar Mirxonova qo'shmachilikda ayblanib, hibsga olindi. 40 yoshli o'zbekistonlik Turkiyada o'tkazilgan «Qafas–28» operatsiyasi doirasida Сhanoqqal'a viloyatida ushlangan. Mirxonova Turkiyaga Rossiya, Belarus, Qirg'iziston, Turkmaniston va O'zbekistondan fohishalar olib kelib, ularni fohishaxonalarga sotish bilan shug'ullanganlikda gumonlanmoqda. Turk nashrlariga ko'ra, u bu faoliyati orqali oyiga 1 mln liradan olib turgan bo'lishi mumkin. Turk matbuoti uni «Fahsh baronessasi» va «Madam Klod» deb atayapti.


* * *


Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 22-43 yosh orasidagi to'rt nafar ayolni fohishalik bilan shug'ullantirish uchun Turkiyaga jo'natmoqchi bo'lgan. U ayollarga daromadli ish topib berishni va'da qilgan va Toshkent–Istanbul aviareysi orqali Turkiyaga yuborayotganida ushlangan.


* * *


Toshkent viloyati O'rta Сhirchiq tumanida yashovchi, 1999 yilda tug'ilgan ayol hamda Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi, 2000 yilda tug'ilgan ayol o'zaro til biriktirib, qizlarni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug'ullanish uchun yuborgan.


* * *


«Newsturk» nashri xabarlariga ko'ra, Turkiyaning Antaliya kurort hududlarida o'tkazilgan reydlar chog'ida 100 nafardan ortiq yengiltabiat ayollar qo'lga olingan. Ularning ko'pchiligi o'zbekistonliklardir...


Bular ayni mavzuda tarqalayotgan yuzlab xabarlarning ayrimlari, xolos. Har birida millat nomi qora harflarda yozilgan, har biri nomusli odamning qaddini bukadi, yerga qarashga majbur qiladi. Afsuski bunday holat faqat Turkiyada emas. Yengiltabiatlarimizning yengil oyoqlari BAA, Tailand, Malayziya va hatto bu borada raqobat qilish qiyin bo'lgan Hindistongacha yetib borganiga nima deyish mumkin?!


Albatta, bundaylar har bir millatda bor. Ammo chetga chiqib shunday yo'l tutayotganlar bizda ko'proqday... Balki ozdir, lekin bittasi ham ko'p!


Abror Zohidov



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3862 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat