Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 965.34-14.82

  • EUR

    14 525.07-81.5

  • RUB

    161.34-0.29

+34C

+34C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+34c

  • Hozir

    +34 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 16-May

+34C

  • Hozir

    +34 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Juma, 16

    +34 +20

  • Shanba, 17

    +32 +20

  • Yakshanba, 18

    +24 +20

  • Dushanba, 19

    +24 +20

  • Seshanba, 20

    +27 +20

  • Chorshanba, 21

    +30 +20

  • Payshanba, 22

    +33 +20

  • Juma, 23

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Iqtisodiyot yo'lidagi to'siqlar bartaraf etilyaptimi?

Mutaxassis bilan suhbat
Iqtisod
493 17:12 | 03.02.2025 17:12

Makroiqtisodiy va mintaqaviy jarayonlar bo'yicha chora-tadbirlar va takliflarni asoslash, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotining dolzarb muammolari bo'yicha prognoz parametrlarini o'rganish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalaridandir. Shuningdek, u Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlari va asosiy tarmoqlarini rivojlantirish kontseptsiyalari va strategiyalarini tayyorlashda ham ishtirok etadi.


Biz ushbu institut bo'lim boshlig'i, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustam HASANOV bilan mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy jarayonlar xususida suhbatlashdik.


2017-2023 yillarda O'zbekistonning tashqi qarzi 3 barobarga ko'payib, 2024 yilning 1 iyul' holatiga ko'ra, 37 milliard dollardan oshdi. Davlat qarzining 30,9 mlrd. dollari – tashqi, 6,1 mlrd. dollari esa ichki qarzni tashkil etadi. Ayting-chi, tashqi qarzlarning o'sib borishi mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta'sir ko'rsatishi mumkin?


Hozir aksariyat mamlakatlar o'z iqtisodiyotini tashqi va ichki qarz hisobiga rivojlantirish yo'lidan bormoqda. Qarz jalb qilayotgan davlatlar uni boshqarish, ya'ni to'lov qobiliyatini shakllantirish bo'yicha o'z strategiyalarini ishlab chiqqan. Bu mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini rag'batlantirish va ijtimoiy barqarorlikni saqlashning muhim vositalaridan sanaladi.


Qarz, ya'ni qo'shimcha mablag' jalb qilishdan maqsad – yurtimizda iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotning o'zak tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, zamonaviy mahsulot va xizmatlar turini yaratish evaziga tashqi va ichki bozorda mamlakat mavqeini mustahkamlashdan iborat.


Mamlakatimizda qisqa muddatga jalb qilinadigan, sotib olish va sotish o'rtasidagi farqdan foyda ko'riladigan spekulyativ kreditdan voz kechilib, chet elning uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkali investitsiyalari jalb etilmoqda. Сhunki spekulyativ kredit inflyatsiyani oshiradi va real ishlab chiqarishning rivojlanishiga yordam bermaydi.


Tashqi donorlar biror mamlakatga mablag' ajratishdan oldin, uning iqtisodiy siyosati, rivojlanish sur'atlari, to'lov qobiliyati, iqtisodiyotning liberallashuv darajasi, biznes muhiti va boshqa ko'plab omillarni atroflicha o'rganib chiqadi. Ijobiy xulosaga kelgandan keyingina mablag' ajratadi.


Tashqi qarz jalb qilish dinamikasi yillar kesimida farqlanadi. Investitsiya ehtiyojlaridan kelib chiqib, ayrim yillarda hajmi yuqori bo'lishi, boshqa davrlarda kamayishi mumkin. Ya'ni, qarz olish hajmi ichki iqtisodiyotning talab va takliflariga qarab o'zgarib turadi.


O'zbekistonga tashqi qarz hisobidan jalb qilinayotgan mablag'lar iste'molni qondirish bilan birga, mamlakatimizda yangi qo'shilgan qiymatni yaratish (qo'shimcha va yangi mahsulot hamda xizmatlar yaratish orqali daromad qo'rish), ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va tadbirkorlik uchun qulay biznes muhitini yaratishga yo'naltirilmoqda. Ayni paytda, byudjet kamomadini qoplash uchun resurslar jalb qilish amaliyoti tatbiq etilgan.


Xalqaro moliyaviy tashkilotlar ekspertlarining fikricha, mamlakatimizning tashqi qarzi miqdori va uning o'sish dinamikasi xalqaro me'yorlarga mos, mo''tadil darajada.


– Davlat qarzining xavflilik darajasi YaIM nisbatan o'lchanadi. Agar qarz mamlakat YaIMining 60-70 foizidan oshsa, iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsata boshlaydi. Yurtimizda 2030 yilgacha belgilagan taraqqiyot strategiyasida davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 50 foizdan oshmasligi uchun o'rta muddatga mo'ljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasi ko'zda tutilgan. Bu borada qanday zarur chora-tadbirlar ko'rilmoqda?


Darhaqiqat, xalqaro me'yorlarga ko'ra, tashqi qarz mamlakat YaIMning 60 foizidan oshmasligi kerak. Bizda ham bu me'yorga amal qilinadi. “O'zbekiston – 2030” strategiyasida qarz jalb qilish hajmi va yo'nalishlari hisobga olingan bo'lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatini 50 foizdan ko'tarmaslik nazarda tutilgan.


O'zbekistonning davlat qarzi, shu jumladan, tashqi qarzning o'sishi so'nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan islohotlarga yangicha tus berilgani, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, valyuta operatsiyalarini erkin amalga oshirish imkoni yaratilgani, tashqi savdoda eksport-import jarayoni shartlari yengillashtirilgani va iqtisodiyot liberallashtirilgani bilan bog'liq.


Tashqi qarz miqdorining oshib borishi aslo xavotir uyg'otmasligi kerak. Masalaning muhim tomoni shundaki, jalb qilingan mablag'larni maqsadli ishlatish, ayniqsa, qo'shilgan qiymat yaratishga yo'naltirish, ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirish talab etiladi.


Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonning yalpi tashqi qarzi 2016 yil oxiridan 2024 yilning birinchi choragi yakunigacha 15,5 mlrd. AQSh dollaridan 61,1 mlrd. AQSh dollariga yetgan yoki qariyb 4 karra oshgan. Albatta, bu holat rivojlanayotgan, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan mamlakatimiz uchun tabiiy hol.


Shuningdek, O'zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2024 yil 1 dekabr' holatiga 41,47 mlrd. dollarni tashkil etgan. Agar tashqi qarz miqdori va rasmiy zaxira (rasmiy zaxira - kelajakda foydalanish uchun saqlab, g'amlab qo'yilgan moddiy (oltin) va pul (xalqaro valyuta) shaklidagi mablag'lar)ni hisobga olsak, mavjud holat mo''tadil darajani tashkil etadi.


Xullas, hozir O'zbekiston iqtisodiyoti barqaror o'sish tendentsiyasiga ega. 2023 yilning 9 oyida iqtisodiyotning 6,6 foiz o'sishi kuzatilgan. Xalqaro tashkilotlar ham mamlakatimiz iqtisodiyotining ijobiy rivojlanishini prognoz qilgan. Jumladan, Xalqaro valyuta fondi 5,6, Jahon banki hamda Osiyo taraqqiyot banki 6 foizli o'sishni kutgandi.


Сhunki biz dunyo mamlakatlari uchun ochiq iqtisodiyot asoslarini yaratdik. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni tarmoqlar kesimida diversifikatsiyalash jarayoni o'z samarasini beryapti. Ya'ni, ishlab chiqarilayotgan mahsulot hamda xizmatlar turlarini o'zgartirish va kengaytirish, savdo bozorlarini qayta yo'naltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy foyda ko'rish, bankrotlikning oldini olish maqsadida yangi ishlab chiqarish turlari o'zlashtirilmoqda. Shuningdek, yangi logistika yo'laklari tashkil qilindi. Bu boradagi ishlar davom etyapti. Imkoniyatlar esa, olingan tashqi qarzni yopish uchun yetarli.


– Davlatimiz rahbari o'tgan yil 16 yanvarda Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash bo'yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilishda yashirin iqtisodiyotning zararlari va u halol ishlayotgan tadbirkorlar faoliyatiga to'siq bo'layotgani haqida gapirdi. 2024 yil boshidagi ma'lumotlarga ko'ra, yashirin iqtisodiyotdan davlat byudjetiga 30 trln. so'm, yalpi ichki mahsulotga 135 trln. so'm zarar yetkazilgan. Bugungi kunda turli xizmatlar, qurilish, sanoat sohalarida katta miqdordagi aylanma “soya”da qolmoqda. Bu illatning oldini olish yuzasidan qanday chora-tadbirlar ishlab chiqilgan?


– Afsuski, mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Shu bois so'nggi yillarda biznesga qo'shimcha qulayliklar yaratish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish choralari ko'rilmoqda. Xususan, valyuta bozori erkinlashtirildi, yangi soliq tizimi joriy etildi, 100 ga yaqin ruxsat berish va litsenziyalash qoidalari qisqartirildi. Natijada oxirgi 5 yilda sanoatdagi norasmiy sektor ulushi 20 foizdan 6 foizga tushdi.


Ammo hozirgi davrda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash ishlari yetarli darajada emas. Uning oldini olish uchun yetakchi mutaxassislar hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari hamkorligida strategiya ishlab chiqish belgilangan.


Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ehtiyotkorlik zarur. Bunda iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qo'ymaslik uchun davlat organlari, biznes sohasi yetakchilari va jamoatchilik hamjihatlikda ishlashi muhim. Bu borada soliq islohotlarini izchil davom ettirib, yashirin iqtisodiyotga yo'l qo'ymaydigan tizim joriy etish, “Insofli soliq to'lovchi” tizimini shakllantirish talab etiladi.


Ayniqsa, davlat xaridlari va investitsiya loyihalaridagi korruptsiyaga chek qo'yish – dolzarb masala. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu borada shaffoflikni ta'minlash, jamoat nazorati va raqobatni kuchaytirish uchun turli elektron platformalarni yaratayotgani quvonarlidir.


Endilikda har bir investitsiya loyihasi korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkaziladi. Har yili ushbu tizim markazlashgan mablag'lar hisobiga amalga oshiriladigan barcha loyihalarga tatbiq etib borilmoqda.


Davlat organlarida ham yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi muvofiqlik tizimi joriy etilmoqda. Bu tizim qurilish, sog'liqni saqlash, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklarida, “O'zbekneftgaz” va “O'zkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyatlarida ishlayapti. Yil yakunigacha yana 14 ta tashkilotda va davlat ulushiga ega 10 ta bankda ushbu tizim joriy etildi.


Sohalar va yo'nalishlar kesimida korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha “yo'l xaritalari”ni ishlab chiqish hamda ijrosini muhokama qilib borish yuzasidan topshiriqlar berilgan.


Shuningdek, davlat organlari, korxonalar va hududlarda korruptsiya va yashirin iqtisodiyot reyting metodikasi ishlab chiqilishi belgilandi. Endilikda ushbu reyting natijalari e'lon qilib boriladi. Bu, bir tomondan, rahbarlarning reyting baholanishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularning o'z vazifasiga mas'uliyatini oshiradi.


Umida XUDOYBERGANOVA


suhbatlashdi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 1271 11:15 | 26.10.2023