+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

“Kartamga salkam 15 million so‘m tushdi” — Parkentda tibbiyotchilar haqini sud orqali undirib oldi

Jamiyat
112 09:53 | 11.06.2026 09:53

Parkent tumani Tibbiyot birlashmasida faoliyat yurituvchi 22 nafar tibbiyot xodimiga to‘lanmay qolgan qariyb 75 million so‘mlik ustama haq sud orqali undirib berildi.



– To‘g‘risini aytaman, bunday bo‘lishini kutmagan edim. Chunki huquqlarimiz ochiqchasiga buzilgan va murojaatlarimiz inobatga olinmayotgandi. Sud tugaganidan keyin ko‘p o‘tmay kartamga salkam 15 million so‘m pul tushdi. Kasaba uyushmalariga katta rahmat! – deydi xodimlardan biri Husan Turopov.

Gap shundaki, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida xodimlarning mehnat huquqlari buzilgani aniqlangan. Xususan, 2025 yilning yanvar–avgust oylari davomida 22 nafar xodimga jami 74 million 242 ming 807 so‘m mablag‘ kam hisoblanib, to‘lab berilmagan. Shu munosabat bilan ish beruvchiga qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan huquq inspektori ko‘rsatma xati kiritdi. Biroq mazkur ko‘rsatma belgilangan muddatda bajarilmadi.

Shundan so‘ng, sudga murojaat qilindi. Sud yakunida xodimlarning daʼvosi qanoatlantirilib, ularga tegishli mablag‘lar to‘liq undirib berildi. Natijada 22 nafar tibbiyot xodimining mehnat huquqlari tiklandi.

Muhammadjon Ro‘zmetov,
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Toshkent viloyati bo‘yicha mehnat-huquq inspektori.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6649 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat