Kattalar va bolalar uchun qiziqarli bo'lgan bahor haqidagi eng kutilmagan faktlar
Erning Shimoliy yarimsharida mart bahorning birinchi oyi. Janubiy yarimsharda esa kuzning birinchi oyi hisoblanishi haqida bilarmidingiz?!.
Nima deb o'ylaysiz, nimaga odamlar bahorni juda sevadilar va intiqlik bilan kutadilar? Balki sovuq havo susayib, tabiat gullab-yashnagani uchundir. Yangi orzu-umidlar baxsh etgani uchundir?!. Bahorning kelishi iymon uyg'otadi yoki yangi boshlanishlarga ilhom baxsh etadi... Bahorga bo'lgan iliq tuyg'ularingizning sababi nimada bo'lishidan qat'i nazar, yilning ushbu fasli haqida qiziqarli faktlarni tanlab taqdim etgimiz keldi.
Bahor va yozda bolalar tezroq o'sadi. Britaniyalik olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, mart oyidan boshlab, avgust oyigacha bolalar kuz-qish davriga qaraganda uch barobar ko'proq bo'yi cho'ziladi va vazn yig'adi.
Faol o'sishga quyidagilar yordam beradi:
- quyosh, uning ta'sirida D vitamini ishlab chiqariladi va metabolizm tezlashadi;
- issiq havoda tana o'z kuchini isinishga sarflamaydi va u o'sishga kuch beradi;
- toza havoda ko'proq vaqtini o'tkazish, yangi meva va sabzavotlardan iste'mol qilish bolalarning tez o'sishiga yordam beradi.
Bahorda odamlar boshqa fasllarga qaraganda tez-tez nafas oladilar. Sababi, bahorda uyg'onadigan o'simliklar tufayli havo ko'proq kislorod bilan to'ldiriladi. Qish oylarida kislorod ochligidan so'ng nafas olish tezligini uch barobar oshirish bilan birga, inson tanasi tiklana boshlaydi.
Bahorning harakat tezligi bor. Alohida o'simliklarning gulzorlarini kuzatishdan foydalanib, olimlar bahor harakat tezligini aniqladilar. Buni sutkasiga 50 km. deb belgiladilar.
Sakura bahorda gullaydigan birinchi daraxtlardan hisoblanadi. Qizig'i shundaki, daraxtning vatani Yaponiyada “Xanami” bayrami uchun eng yaxshi joylar ro'yxati bilan kataloglar nashr etilgan. Bu bayramning o'ziga xos jihati – olcha gullariga qoyil qolishda.
Shveytsariyaning Jeneva shahrida bahorning rasmiy kelishi kanton hukumati derazalari ostida o'sadigan kashtan daraxtining gullashi bilan belgilanadi. Qoida bo'yicha kashtan daraxtidagi birinchi barg mart oyida paydo bo'ladi. Ammo istisnolar ham mavjud. 2002 yilda kashtan birinchi bargini dekabr' oyining oxirida ochgan. 2006 yilda esa ikki martta – mart va oktyabr' oyida gullagan.
Tabiiy ofatlar (er qimirlashi, tornado, suv toshqini...) ko'proq bahorda sodir bo'ladi. Bahorda qayd etilgan atmosfera girdoblari soni besh barobar ortadi. Olimlar buni sayyoramiz biologik soatining qishdan yozgi vaqtgacha qayta tuzilgani bilan bog'lashadi.
Bahorgi tengkunlik Navro'z – uyg'onish fasli deb ataladi. Bu kun bahorning astronomik kelishi, kun va tunning uzunligi teng bo'lgan vaqt hisoblanadi. Bundan tashqari, turli xil belgilar mavjud, masalan, agar bu kunda havo sovuq bo'lsa, keyingi 40 kun sovuq bo'ladi. Ammo bulutlar osmon bo'ylab tez va baland suzsa, yoz va kuz issiq kelishidan dalolatdir.
Yana bir gapni aniq aytishimiz mumkinki, bahorda qushlar qo'shiq aytishni o'rganishlarini bilmasdingiz. Albatta, qushlar tug'ilishdan qo'shiq aytishni biladi. Ammo ularning turlariga xos bo'lgan qo'shiqni o'zlashtirish uchun qushlarga vaqt kerak. Natijada, qushlar taxminan 300 kundan keyin, ya'ni tug'ilgandan keyingi bahorda qo'shiq aytishni mukammal o'zlashtira boshlaydilar.
Dilorom Xudoyberganova
tayyorladi
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0