Kulgining foydasi haqida qiziqarli 10 ta fakt
Avvaldan kulgi darg'alari kulgi o'nta tuxumni kuchini beradi, deyishadi. Aslida esa samimiy, miriqib kulgan odam bundan ham ko'proq foyda olishi mumkin ekan.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, bolalar kuniga 300-400 marta kulishadi. Kattalar esa kuniga ko'pi bilan 15-20 marta.
Kulgini o'rganadigan fan — geotologiya.
Kulgi o'pkani tozalaydi. Kulganimizda, uzoqroq va chuqurroq nafas olamiz. Bu bilan o'pkamizni mashq qildiramiz, ko'proq havo chiqaramiz. Shuningdek, o'pka qon oqimini yaxshilaymiz.
Kulgi baxt gormoni — endorfin ishlab chiqarishga yordam beradi. U nafaqat bizning kayfiyatimiz uchun javobgar, balki og'riqni ham yengillashtiradi.
Kulgi vazn yo'qotishga yordam beradi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, kuniga 15 daqiqa kulish haftasiga uch marta 30 daqiqa mashq o'rnini bosadi.
Kulgi — eng yaxshi dam olish. 5 daqiqa sog'lom kulgi 30-40 daqiqa dam olish o'rnini bosadi.
Ko'p odamlar kulishdan ajinlar paydo bo'ladi deb o'ylashadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kulgi yuz mushaklarini kuchaytiradi, terini sog'lom va yoshroq qiladi.
Ayollar erkaklarga qaraganda tez-tez kulishadi. Ayollarning tabassumi tabiatiga xosdir.
Germaniyada masxaraboz shifokorlar uyushmasi mavjud bo'lib, ular o'yinlar, kulgi va quvnoq kayfiyat tufayli og'ir kasal bolalarni davolashda yordam berishadi.
Tabassum juda “yuqumli”. O'tkinchiga tabassum qiling. U ham, sizga, albatta, kulgi bilan javob qiladi.
Kulgi haqida kulgili eslatma:
Odamlar bor kulganini birov eshitmaydi. Buni faqat, ularning yuz ifodasidan bilish mumkin. Bunday kulgini “tulki kulgisi”, deyiladi.
Yana bir xil kulgi bor, xandon otib butun tanasi bilan silkinib, atrofni larzaga solib kuladi. Bunday kulgini “sher kulgisi”, deyish mumkin.
Anvarjon Halimov tayyorladi
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0