Valyuta UZS
  • USD

    12 098.1213.17

  • EUR

    14 353.21170.31

  • RUB

    158.64-0.67

+5C

+5C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+5c

  • Hozir

    +5 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +5 C

  • 20:00

    +5 C

  • 21:00

    +5 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 27-January

+5C

  • Hozir

    +5 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +5 C

  • 20:00

    +5 C

  • 21:00

    +5 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • Seshanba, 27

    +5 +20

  • Chorshanba, 28

    +1 +20

  • Payshanba, 29

    +5 +20

  • Juma, 30

    +3 +20

  • Shanba, 31

    +9 +20

  • Yakshanba, 01

    +14 +20

  • Dushanba, 02

    +14 +20

  • Seshanba, 03

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Latviyada 3 tonna o'zbek ukropi yo'q qilindi

Latviyada O'zbekiston Respublikasidan import qilingan 3 tonnadan ortiq ukrop mahsuloti yo'q qilindi. Bunga sabab sifatida mahsulot tarkibida Yevropa Ittifoqi hududida taqiqlangan kimyoviy modda — propikonazol aniqlangani ko'rsatildi.
Siyosat
183 13:24 | 27.01.2026 13:24

Bu haqda Latviyaning Oziq-ovqat va veterinariya xizmati rasmiy ma'lum qildi.


Ma'lum qilinishicha, chegara nazorati vaqtida o'tkazilgan laboratoriya tahlillari natijasida ukrop namunalarida propikonazol moddasi 0,36 milligramm/kilogramm miqdorda aniqlangan. Shu bilan birga, tahlilning ehtimoliy xatolik chegarasi ±0,18 mg/kg etib belgilangan.


Mazkur ko'rsatkich Yevropa Ittifoqida belgilangan maksimal ruxsat etilgan me'yordan yuqori hisoblanadi. Amaldagi qoidalarga ko'ra, propikonazol moddasi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida umuman bo'lmasligi lozim.


Propikonazol — qishloq xo'jaligida o'simliklarni zamburug' kasalliklaridan himoya qilish maqsadida qo'llaniladigan fungitsid hisoblanadi. Biroq uning inson salomatligiga salbiy ta'siri mavjudligi sababli Yevropa Ittifoqi hududida ushbu moddadan foydalanish qat'iyan taqiqlangan.


Latviya nazorat idoralari xulosasiga ko'ra, mazkur kimyoviy moddaning aniqlanishi mahsulotni iste'mol uchun yaroqsiz deb topishga asos bo'lgan. Natijada mamlakat hududiga olib kirilgan 3 tonnadan ortiq o'zbek ukropi belgilangan tartibda yo'q qilingan.


Shuningdek, tekshiruv jarayonida ushbu partiyaga tegishli yana 7 tonnaga yaqin ukrop mahsuloti avvalroq Estoniya va Pol'sha davlatlariga yetkazib berilgani ma'lum bo'lgan.


Mazkur holat yuzasidan Latviyaning vakolatli organlari tomonidan Estoniya va Pol'sha nazorat xizmatlari zudlik bilan xabardor qilingan. Ayni paytda ushbu mamlakatlarda ham mahsulot bo'yicha qo'shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Rasmiylar ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha talablariga muvofiq, import qilinadigan barcha mahsulotlar qat'iy laboratoriya nazoratidan o'tkaziladi. Belgilangan standartlar buzilgan taqdirda esa bunday mahsulotlarni bozorga chiqarishga yo'l qo'yilmaydi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat