Moskvadagi terakt Ukrainadagi urushni tugatib qo'yish uchun bahonami?
22 mart kuni Moskvadagi «Krokus siti xoll» majmuasining kontsert zaliga terrorchilar hujum qildi. Ular Moskva vaqti bilan soat 20:00 larda 6 mingdan ziyod tomoshabin bo'lgan zalga bostirib kirib, odamlarga qarata o'q uzgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, qurbonlar soni 133 kishiga yetgan. Kasalxonalarda 107 kishi qolmoqda, ulardan 16 nafari juda og'ir ahvolda. Qator manbalarda bu halok bo'lganlarning yakuniy soni emasligi aytilmoqda. Jumladan, vayronalar ichidan odam bo'laklari topilayotgani qurbonlarning yakuniy sonini aniqlashni qiynlashtiryapti, deyiladi xabarlarda.
Rossiyada yuz bergan bu xunrezlik Ukraina «inqirozi»ga qanday salbiy ta'sir qiladi? Bu hodisa ortida turfa kuchlar turgani taxmin qilinyapti, bu tahminlar ichida qaysi versiya haqiqatga yaqinroq? Rossiya bu hodisa ortidan o'zini g'arb oldida jabrdiyda ko'rsatishi mumkinmi?
Ishonch.uz shu va boshqa savollar yuzasidan siyosatshunos Farhod Tolipov bilan bog'landi.
Maftuna Karimova,
Quvonchbek To'raev.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0