Valyuta UZS
  • USD

    12 178.8549.84

  • EUR

    14 053.1884.2

  • RUB

    146.54-1.45

+8C

+8C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+8c

  • Hozir

    +8 C

  • 03:00

    +7 C

  • 04:00

    +7 C

  • 05:00

    +7 C

  • 06:00

    +6 C

  • 07:00

    +6 C

  • 08:00

    +8 C

  • 09:00

    +11 C

  • 10:00

    +14 C

  • 11:00

    +17 C

  • 12:00

    +18 C

  • 13:00

    +20 C

  • 14:00

    +20 C

  • 15:00

    +21 C

  • 16:00

    +21 C

  • 17:00

    +20 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +15 C

  • 23:00

    +14 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 21-March

+8C

  • Hozir

    +8 C

  • 03:00

    +7 C

  • 04:00

    +7 C

  • 05:00

    +7 C

  • 06:00

    +6 C

  • 07:00

    +6 C

  • 08:00

    +8 C

  • 09:00

    +11 C

  • 10:00

    +14 C

  • 11:00

    +17 C

  • 12:00

    +18 C

  • 13:00

    +20 C

  • 14:00

    +20 C

  • 15:00

    +21 C

  • 16:00

    +21 C

  • 17:00

    +20 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +15 C

  • 22:00

    +15 C

  • 23:00

    +14 C

  • Shanba, 21

    +8 +20

  • Yakshanba, 22

    +12 +20

  • Dushanba, 23

    +13 +20

  • Seshanba, 24

    +11 +20

  • Chorshanba, 25

    +10 +20

  • Payshanba, 26

    +11 +20

  • Juma, 27

    +13 +20

  • Shanba, 28

    +11 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Muqaddas safar pok niyat bilan boshlanadi

Yaqin tanishim bilan suhbatimiz ro'za, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami haqida ketib, gap oqavasi Haj amaliga burildi. Shunda u bir mahalladoshining boshidan o'tganlarini hikoya qilib berdi:
Jamiyat
326 23:26 | 17.03.2026 23:26

«Bunga ham ikki-uch qovun pishig'i o'tdi. Ko'chada u bilan tasodifan uchrashdik. Odatda chehrasi ochiq, tili burro, ko'zlari kulib turardi. Ammo o'sha kuni nimadir o'zgargan – nigohi xira, yuzida tashvish soyasi. Salom-alikdan so'ng hazillashib: «Nima gap, ishlaringiz joyidami?» deb so'radim. U chuqur xo'rsindi.


– Hajga navbatim kelishiga yana ikki-uch yil o'tarkan, – dedi u. – Tezlashtirib bo'lmaydi deyishdi.


Bu gapni aytayotganda ovozida bolalarcha armon bor edi. Yillar davomida niyat qilib yurgan orzusiga yetishiga hali vaqt ko'p edi. «Sabr qiling, navbat ham bir sinov», deb tasalli berdim. Ammo ich-ichimdan uning dardini his qildim. Haj – oddiy safar emas, u – umrlik orzu.


Oradan hafta o'tar-o'tmas, yana uchrashib qoldik. Bu gal yuzida shodlik hukmron edi.


– Ketayapman! – dedi hayajon bilan. – Hajga!


Hayratimni yashira olmadim.


– Axir navbat?!


– Xususiy sayyohlik firmasi orqali, – dedi u shivirlab. – Tezroq, alohida yo'l bilan.


Negadir ko'nglim g'ash tortdi. Lekin uning quvonchini ko'rib, ortiqcha savol bermadim. «Yaxshi-ku, niyatingiz amalga oshayotgan bo'lsa, xursandman», dedim. U safarga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Qo'ni-qo'shnilar yig'ilib duo qilishdi. «Bizni ham duo qilib qo'ying», degan iltimoslar yangradi. U esa baxtiyor, ko'zlari yoshlanib: «Inshaalloh», derdi.


Safarga ketdi.


Bir necha hafta o'tib, qaytib keldi.


Yana ko'rishdik. Bu safar chehrasidagi ifoda butunlay boshqa edi. Unda na avvalgi quvonch, na ziyoratdan qaytgan odamga xos sokin nur bor edi. Ko'zlarida charchoq va iztirob aralash iz qolgandi.


– Qanday o'tdi safar? – dedim ehtiyotkorlik bilan.


U javob berishga shoshilmadi. Go'yo ichidagi og'ir yukni qaerdan boshlab to'kishni bilmayotgandek jim turdi.


– Aytma... – dedi nihoyat. – Odamning yig'lagisi keladi.


Shu yerda uning hikoyasi boshlandi.


Saudiya Arabistoniga yetib borishgan. Avvaliga hammasi yaxshi tuyulgan. Lekin ko'p o'tmay muammolar boshlangan. Firma vakillari hujjatlar masalasi «Hal bo'ladi», deb tinchlantirishgan. Ammo aslida ular ziyorat uchun zarur ruxsatnomalarsiz olib borilgan ekan.


– Haj amallarini to'liq bajara olmadik, – dedi titrab. – Ba'zi joylarga umuman kiritishmadi. Haftalab bir binoda saqlashdi. «Shiqmang­lar, tekshiruv bor», deyishardi.


Odam muqaddas zamin sari pok niyat bilan otlanadi. Ammo ular begona yurtda haj vizasi yo'qligi sabab bir joyga qamalgandek qolishadi. Tashqarida millionlab ziyoratchilar ibodat qilayotgan paytda devor ortida kutishadi.


– Eng og'iri shuni bilish edi, – dedi u . – Yonimizdagilar amallarni bajarayotganini eshitardik. Biz esa kutardik. «Ertaga chiqaramiz», «Indiniga ruxsat bo'ladi», deyishardi.


Ovozi bo'g'ildi.


– Hajga borganimga ishonmay qaytdim, – dedi past ovozda. – Go'yo yarim yo'lda qolgan tushdek.


U yerda, va'da qilingandek, na sharoit, na xizmat bo'lgan. Mehmonxona tor, oziq-ovqat yetishmovchiligi, doimiy xavotir. Eng yomoni, ibodatni to'liq ado etolmaslik...


– Aslida meni aldashgan ekan, – dedi u.


Shu payt ichimni bir savol tilib o'tdi: nega u shoshildi? Nega ikki-uch yil sabr qilish o'rniga shubhali yo'lni tanladi?


Javob oddiy edi – orzu.


Haj shunchaki safar emas, umr davomida yig'ilgan niyatning cho'qqisi. Inson «Yana ikki yil kuting», degan gapni eshitganda, sabri chidamaydi. Bundan foydalanadiganlar esa bor.


«Biz tezlashtiramiz», «Maxsus kvotamiz bor», «Navbatsiz olib chiqamiz». Shu so'zlar ortida qancha armon yashirin ekanini o'sha kuni tanishimning ko'zida ko'rdim.


Qaytgach, anchagacha o'ziga kelolmadi. Mahallada odamlar: «Qanday o'tdi?» deb so'rashardi. U qisqa javob berardi: «Xudo qabul qilsin». Lekin yolg'iz qolganida ko'zlari namlanardi.


– Eng alam qilgani, – dedi u bir kuni, – ota-onamni ham olib boraman deb niyat qilgandim. Endi qo'rqaman.


Bu qo'rquv – shunchaki bir safarning muvaffaqiyatsizligi emas. Bu ishonchning sinishi edi.


Noqonuniy yo'llar bilan tashkil etilgan safarlar odamni nafaqat moddiy, balki ma'naviy talafotga ham uchratadi. Pul yo'qotish og'riqli, ammo ibodatni to'liq ado eta olmaslik undan ham og'irroq.


O'sha voqeadan keyin har gal «Tez Haj», «Maxsus taklif», «Arzon paket» degan reklamalarga ko'zim tushsa, tanishimning iztirobli nigohi yodimga tushadi. Muqaddas amallarni shoshqaloqlik va shubhali yo'llar bilan ado etib bo'lmaydi. Haj – sabr bilan keladigan baxt.


Bugun u yana navbatga yozilgan, faqat rasmiy yo'l bilan. «Kutganimda bu yil navbatim kelgan bo'lardi. Mayli, shu sinov ham bosh­­da bor ekan. Boshqalardan mening xatoimni takrorlamaslikni so'rab qolaman. Endi yana kutsam ham sabr qilaman. – Faqat ko'nglim tinch bo'lsin».


Tanishimning hikoyasini ting­lar ekanman ko'nglimdan shunday o'y o'tdi: ba'zan ikki-uch yil sabr qilish – bir umr armon bilan yashashdan ko'ra yengilroq ekan.


Muqaddas safar pok niyat bilan boshlanadi. Ammo u halol va qonuniy yo'l bilan ado etilgandagina qalbga taskin beradi. Aks holda, xotirada og'ir armon bo'lib qoladi.


Salim ABDURAHMONOv
«ISHONCH»



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6089 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat