+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Navro'z va Ramazon hayiti arafasida Toshkentdan hududlarga qo'shimcha avtobuslar yo'lga chiqadi

Navro'z bayrami hamda Ramazon hayiti oldidan Toshkent shahridan respublika hududlariga qo'shimcha avtobus qatnovlari yo'lga qo'yiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma'lum qildi.
Jamiyat
470 14:49 | 19.03.2026 14:49

Qayd etilishicha, Toshkent avtovokzalidan mavjud reyslarga qo'shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo'nalishlarda 70 dan ortiq qo'shimcha avtobuslar harakatlanadi.


Ushbu qatnovlar Zomin, Samarqand, Jarqo'rg'on, Buxoro, Qorako'l, Mirbozor, Navoiy, Jo'sh, Nurota, Zarmitan, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, G'uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva, Gurlan, To'rtko'l va Nukus yo'nalishlari bo'ylab amalga oshiriladi.


Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali tanishish mumkin. Shuningdek, chiptalarni avtovokzal kassalarida yoki “UzBus” mobil' ilovasi orqali onlayn xarid qilish imkoniyati mavjud.


Bayram kunlari munosabati bilan e'lon qilingan qo'shimcha dam olish kunlarida aholining hududlararo harakatlanishiga bo'lgan talabni to'liq qondirish maqsadida yo'lovchilar oqimiga qarab qo'shimcha reyslar uzluksiz ravishda tashkil etiladi.


Shu bilan birga, jarayonlarni samarali nazorat qilish uchun Transport vaziri topshirig'i asosida vazirning birinchi o'rinbosari rahbarligida Toshkent avtovokzalida tezkor shtab faoliyat yuritmoqda.


Eslatib o'tamiz, Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkentda jamoat transporti harakati ertalab soat 04:00 dan boshlanishi avval xabar qilingan edi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6549 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat