Endi sobiq davlat xizmatchilarini ishga olish oson bo‘lmaydi
Sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilish tartibi yanada qatʼiylashdi. Endi ayrim holatlarda ularni ishga olishdan avval korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasining xulosasi majburiy bo‘ladi. Salbiy xulosa chiqsa, nomzodni ishga qabul qilish qonunan taqiqlanadi.
Adliya vazirligi sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishda korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasining xulosasini olish tartibini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Yangi tartibga ko‘ra, davlat organida ishlagan shaxs ishdan bo‘shaganidan keyin 2 yil ichida o‘zi nazorat qilgan tashkilotga ishga kirmoqchi bo‘lsa, avvalgi ish joyining korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan xulosa olinishi shart.
Ichki nazorat bo‘linmasi uch xil xulosa beradi:
- ijobiy — ishga qabul qilish mumkin;
- cheklovli ijobiy — muayyan cheklovlar bilan ishga qabul qilinadi;
- salbiy — ishga qabul qilish rad etiladi.
Xulosa umuman olinmagan yoki salbiy bo‘lgan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish mumkin emas. Cheklovli ijobiy xulosa berilsa, xodim 3 oy davomida avval nazorat qilgan tashkilotga oid qarorlar qabul qilishda ishtirok etmaydi, uning ayrim vazifalari qayta taqsimlanadi va faoliyati ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan monitoring qilinadi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0