Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 927.1736.74

  • EUR

    14 717.58-3.29

  • RUB

    155.73-0.31

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +15 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +15 C

  • 08:00

    +19 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +26 C

  • 11:00

    +28 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 26-April

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +15 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +15 C

  • 08:00

    +19 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +26 C

  • 11:00

    +28 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • Shanba, 26

    +16 +20

  • Yakshanba, 27

    +17 +20

  • Dushanba, 28

    +19 +20

  • Seshanba, 29

    +20 +20

  • Chorshanba, 30

    +15 +20

  • Payshanba, 01

    +16 +20

  • Juma, 02

    +20 +20

  • Shanba, 03

    +17 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Nefrit ko'liga sayohat

Inson hamisha go'zallikka intiladi. Сhiroyli maskanlar, muhtasham obidalar, sir-sinoatli tabiat manzaralari... Ular kishini ohanrabodek o'ziga tortadi. Ishonch.uz dam olish kunlarida borishingiz mumkin bo'lgan ajoyib maskanlar bilan tanishtiradi.
Jamiyat
1030 11:04 | 22.06.2024 11:04

Balki siz bu haqda ko'p bora eshitgan, hatto borib ko'rishga ham muyassar bo'lgandirsiz. U joy Bo'stonliq tumanidagi «Nefrit ko'li» nomi bilan mashhur bo'lgan ko'llardir. Ushbu ko'llar dengiz sathidan 1227 metr balandlikda joylashgan bo'lib, bu noyob tabiiy suv havzalarini Urung'och ko'llari, deb ham atashadi. «Urung'och» so'zi uyg'urchadan «yorqin nefrit», deya tarjima qilinarkan.


Purviqor tog'larning ajoyib manzaralarini tomosha qilgancha ko'lga olib boruvchi maxsus mashinalar joyiga yetib borganimizni sezmay qolibmiz. Soya salqin, shinam, dam olish uchun so'rilar o'rnatilgan joyda mashinalarga almashib birinchi ko'l tomon yo'l oldik. Yo'l juda xavfli, tik balandlik, toshlar. Ammo uning ham o'zgacha gashti bor! O'ynoqlab oqayotgan irmoqlar, yovvoyi butalar, turfa xil chechaklar ifori odamga zavq beradi.




Manzilga yetib borganimizda, yo'l davomidagi taassurotlarimiz taajjub va hayratga aylandi. Kichik ko'l suvi shu qadar tiniqki, tubida toshlar tovlanib, o'simliklar tebranib, osmon va tog'larning birlashgan aksi ko'rinib turibdi. Ko'lning suvi sovuq, u yerda hech bir jonzot yashamasligi shundan.




Salkam 4 soatlik yo'l charchog'i u yerning manzarasidan bahra olganimizdan so'ng bir zumda tark etdi. Kimlardir suvning taftini his qilish uchun cho'milishga shoshdi, boshqalar shunchaki go'zallikdan bahra olish uchun suv chetiga o'rnashishdi.
Biroz tin olgach, Yuqori Urung'och ko'li tomon ildamladik. Qoyalardan ko'tarilish biroz murakkab, agar sport bilan shug'ullanmagan bo'lsangiz tezda charchab qolishingiz tabiiy. Shunday bo'lsa-da, tog' manzaralari kishiga allaqanday kuch beradi. Manzilga yetib kelganingizda har bir mashaqqat ortida rohat borligini his qilasiz. Bu ko'l birinchisidan kattaligi, o'lchami bilan farq qiladi. Feruza tusda jilvalanayotgan suvga beixtiyor sho'ng'iging keladi. Bundan tiyilgan holda ko'lning u tarafiga o'tish uchun kichik balonli qayiqlarga joylashdik. Shu yerlik aholi vakillari bu xizmat orqali pul topishadi. Sohilga o'tib qaytish - 50 ming so'm.




Ko'l va unga yondosh go'zal tabiat manzaralarini tomosha qilish, zavqlanish juda yoqimli. Dam olish kunlari bo'lgani uchun sayyohlar ko'p. Ishchilarning aytishicha, chet ellik turistlar soni ham kundan kun ortib boryapti. Viqorli tog'lar bag'rida nefrit tusida jimirlayotgan ko'lga mahliyo bo'lib ancha vaqt o'tirdik. Tog'dan oqib kelayotgan kichik, lekin shoshqin irmoq yoqasida tushlik qildik, manzaralarni qalblarimizga muhrladik.


Gulruh ODAShBOEVA,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 535 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 798 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 828 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Matbuotimiz bisotidan
0 8730 12:44 | 04.10.2024
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 546 21:55 | 12.10.2024