+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Nogironligi bor yoshlar robototexnikadan qandolatchilikkacha bellashdi

Jamiyat
321 11:59 | 14.05.2026 11:59

Joriy yilning 12-13 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da “Inson uchun 2026” III festivali o‘tkazildi. Tadbir ilk bor 2024 yilda ko‘rgazma sifatida tashkil qilinib, 2026 yilga kelib keng ko‘lamli festival darajasiga etdi. Uning doirasida ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, tadbirkorlik subʼektlari bilan hamkorlik loyihalari hamda inklyuziv mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar keng taqdim qilindi. Shu bilan birga, aholining ehtiyojmand qatlamlari, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari namoyish etildi.


Ko‘rgazmada faoliyati boshqalarga o‘rnak bo‘lgan tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi. Shundaylardan biri “Nurli Qalblar” MChJ bo‘lib, korxonada 6 nafar imkoniyati cheklangan yurtdoshimiz ish bilan taʼminlangan.



— Nashriyotimizda turli xil kitoblar ishlab chiqariladi. Bu jarayonda maxsus ehtiyoji bor insonlar ham faol qatnashadi. Ular kitob yig‘ish, stiker qo‘yish, stepler qilish, muqovalash ishlarini birma-bir qo‘ldan o‘tkazishadi. Bu tizimda ularning xizmati juda katta. Biz imkon qadar sog‘lom insonlar qatorida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizni ham qo‘llab-quvvatlashni burchimiz deb bilamiz, — deydi biz bilan suhbatda bo‘lgan …




Ko‘rgazmada nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi, kasbiy ko‘nikmalar tanlovi hamda 100 ga yaqin ijtimoiy loyihalar namoyish etildi. Bu esa festivalning nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy va amaliy ahamiyatini ham oshirdi. Bunga misol qilib Toshkent shahridagi “Mehrli Qo‘llar” imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazini aytishimiz mumkin. Markaz vakili Muyassar Zikrillaeva o‘zi faoliyat yuritayotgan maskan haqida shunday deydi:



— Tashkilotimizda bolalar besh xil yo‘nalishda hunar o‘rganib kelishmoqda. Bular sovunli buketli gullar yasash, oddiy metallardan taqinchoqlar yasash, hushbo‘y shamlar qilish, gipsdan dekorativ buyumlar yasash. Hozirgi kunda ularga qo‘shilib onalari ham shu hunarni birgalikda o‘rganishmoqda. Ular keyinchalik hunar ortidan uyda o‘tirib daromad topishi mumkin. Shuningdek, har bir bolaga maʼlum bir tashxis qo‘yilgan. Biz ana shu tashxislarni eʼtiborga olgan holda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlovchi mahorat darslari ham o‘tamiz.



Ko‘rgazmada bunday markazlar va u erdagi imkoniyatlar bilan mehmonlar yaqindan tanishtirildi.


Festival Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ilm-fan va taʼlim tarbiyani rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan. Tadbirning ahamiyati haqida Ilm-fan va taʼlim tarbiyani rivojlantirish jamg‘armasi direktor maslahatchisi Sirojiddin Bozorov quyidagilarni aytdi:



— “Eng katta loyihamiz— «Imkoniyatlar olimpiadasi» bo‘ldi. Unda respublika bo‘yicha saralab olingan 180 nafar iqtidorli yosh 13 ta yo‘nalishda, jumladan, robototexnika, AKT, qandolatchilik va g‘isht terish bo‘yicha bellashdilar. Bizning asosiy g‘oyamiz — jamiyatga nogironligi bor shaxslarning imkoniyatlari cheklanmaganini, aksincha, ular bizdan-da kengroq salohiyatga ega ekanini ko‘rsatish edi. Saralash jarayonlari ochiq va shaffof o‘tdi. Hakamlar hayʼati sifatida o‘z sohasining etakchilari — “Sofiya” qandolatchilik uyi, “NRG BI” qurilish kompaniyasi, “Toshkent gullari” kabi brendlarring etuk mutaxassislari jalb etildi. Eng munosib deb topilgan yoshlar noutbuk, planshet va zamonaviy smartfonlar bilan taqdirlandilar. Eng muhimi, joriy yilgi g‘oliblar kelasi yili Finlyandiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro “ABILIMPKS” olimpiadasida O‘zbekiston sharafini jahon miqyosida himoya qilishadi.



Xulosa qilib aytganda, 2024 yilda oddiy ko‘rgazma sifatida boshlangan loyiha bugun ulkan festivalga aylangani mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi sifat jihatidan yangi bosqichga chiqqanini ko‘rsatadi.



Rushana Zarpullaeva,


O‘zJOKU talabasi




Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6513 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat